Bunda xodimlar faoliyatining nazorati uch xil ko’rinishda amalga oshadi: dastlabki, joriy va so’nggi.
Dastlabki nazoratda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish jarayoni nazoratga olinadi. Ichki nazorat xizmati bankda xodimlar bazasiga nisbatan o’rnatilgan mezonlarga amal qilinishini nazorat qiladi. Ushbu mezonlar xizmat yo’riqnomasida to’la aks ettiriladi. Bunda xodimning klassifikatsiyasi (ma’lumoti, ish tajribasi) va individual xususiyatlariga katta etibor beriladi.
Joriy nazoratda ichki nazorat xizmati bank xodimlari tomonidan operatsiyalar bajarishda qabul qilingan meyorlarga amal qilinishini doimiy monitoring qiladi. Shuningdek, xodimlarning o’z xizmat majburiyatlariga to’laqonli amal qilishi ham nazorat ostiga olinadi.
9www.allbest.ru materiallari.
So’nggi nazoratda bankda mavjud ma’lumotlardan xodimlarning foydalanish imkoniyati, ya’ni xodimning ma’lumotlar bazasiga kirish yoki kirmasligi to’la nazorat qilinadi. Shu o’rinda aytib o’tish kerakki, hozirgi vaqtda tijorat banklarida xodimlarning bank amaliyotlarini mavjud meyoriy asoslarga tayanib bajarishiga ichki nazorat tizimida katta e’tibor berilmoqda. Xodimlarning bank operatsiyalarini to’g’ri bajarishi keyingi nazorat tomonidan muntazam kuzatib boriladi. Bugungi kunda bank operatsiyalarining murakkablashib borayotganini inobatga olib xodimlarni murakkab amaliyotlar bo’yicha muntazam malakasini oshirib borish eng asosiy vazifalardan biridir.
O’zbekiston Respublikasidagi mavjud qonunchilikka asosan moliyaviy nazorat tizimida buxgalteriya operatsiyalarining dastlabki nazorati front ofis xodimlari yoki mas’ul ijrochi buxgalter tomonidan operatsiyalar samaradorligi, ularning bank ichki siyosatiga hamda amaldagi qonunchilikka mosligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Agar operatsiyalar xalqaro shartnomalar asosida xorijiy valutada amalga oshirilayotgan bo’lsa, shartnoma shartlariga rioya qilinishi ta’minlanadi. Mijozlardan pul hisob-kitob hujjatlari qabul qilinayotganda quyidagi jihatlarga kata e’tibor qaratilishi kerak:
Ularning O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankning normativ-huquqiy hujjatlarida belgilangan shakldagi blankda yozilib to’g’ri rasmiylashtirilganligi;
Barcha rekvizitlar to’liq va to’g’ri to’ldirilganligi;
Ushbu pul hisob-kitob hujjatlarida bo’yash, chizish va tuzatishga yo’l qo’yilmaganligi;
Hisobvaraqni tasarruf etuvchilarning imzolari va muhr izi taqdim etilgan namunalarga mosligi va boshqalar.
Dastlabki nazoratni amalga oshirgan xodim quyidagi hollarda pul hisob-kitob hujjatini ijro uchun qabul qilmaydi:
Hujjatda summa, mijozlar nomi va ularning hisobvaraqlari raqami o’zgartirilgan bo’lsa ;
Hujjat mijozlar tomonidan o’zaro kelishilgan tartibda o’zgartirish kirtilgan bo’lsa;
To’lov talabnomalari sanasi bank qabul qilgan sanaga mos tushadigan reestri mavjud bo’lmagan holda;
Mijozning talab qilib olinguncha deposit hisobvarag’ida to’lov uchun yetarli mablag’lar mavjud bo’lmaganda (budjetga va budjetdan tashqari jamg’armalarga to’lovlar bo’yicha taqdim qilingan to’lov topshiriqnomalari mijozning hisobvarag’ida to’lov uchun yetarli mablag’lar mavjud bo’lmaganda 2-son kartatekaga qabul qilinadi);
To’lov topshiriqnomalari va naqd pulni qo’yish uchun foydalaniladigan e’lonlarning sanasi uni bankka taqdim etilgan sana bilan bir xil bo’lmasa.
Joriy nazorat bek ofis xodimi yoki nazoratchi buxgalter tomonidan pul hisob- kitob hujjatlarining asl va elektron nushalarini qabul qilgandan so’ng amalga oshiriladi. Joriy nazoratda xodim quyidagi nazorat tadbirlarini amalga oshiradi;
Dastlabki nazoratdan o’tkazilgan to’lov hujjatlarining to’g’ri rasmiylashtirilganligi va ularning electron nushalarining to’g’ri rasmiylashtirilganligini qaytadan tekshiradi;
To’lov hujjatlarinig asl nushasida front ofis xodimi yoki mas’ul ijrochi buxgalterning imzolari va shtampi borligini tekshiradi;
Bankning ichki moliya-xo’jalik operatsiyalari bo’yicha kelib tushgan to’lov hujjatlarining asl va elektron nushalari hamda ushbu operatsiyalarni amalga oshirish uchun asos bo’lgan bank tegishli bo’linmalari Xizmat farmoyishlarining nushalari to’g’ri rasmiylashtirilganligi, xato va kamchiliklar yo’qligi tekshiriladi.
Yakuniy nazorat banklarda amaliyot kuni tugaganidan so’ng, kunlik operatsiyalar uchun asos bo’lgan hujjatlar o’rnatilgan tartibda tikilib va rasmiylashtirilib bo’lingandan keyin amalga oshiriladi. Bunda yakuniy nazorat xodimlari bankning electron ma’lumotlar bazasiga kirib hujjatlarning asl va elektron nushalarini nazoratdan o’tkazadi. Yakuniy nazorat xodimi bank operatsiyalarini bajarish uchun asos bo’lgan barcha hujjatlarni talab qilishga va ular asosida operatsiyalar qanchalik darajada to’g’ri va maqsadga muvofiq bajarilganligi bo’yicha bank rahbariyatiga xulosa berishi mumkin.
Bank ichki nazorati quyidagilarni tashkil etish maqsadida tuzilgan tashkilot rejasi va barcha muvofiqlashtirilgan uslub va choralardan iborat bo’lishi kerak:
o’z aktivlari butligini ta'minlash;
hisob yuritish siyosatiga rioya etilishiga yordamlashish.
Maskur qo’yilgan vazifalarni to’laqonli amalga oshirishda tijorat bankining har bir tarkibiy tuzilmasi o’zi amalga oshirayotgan operatsiyalar ustidan ichki nazoratni olib borishi shart bo’lib, bunday nazorat mas’ul ijrochilardan tortib tuzilma boshlig’igacha barcha xodimlarning lavozim majburiyatlariga kirishi lozim. Aksiyadorlar ham Bank kengashi va Taftish komissiyasi orqali o’z ichki nazoratini amalga oshiradilar. Ichki nazoratga nisbatan bunday kompleks yondashuv banklar faoliyatida uchraydigan barcha risklarni aniqlash, tahlil qilish va oldini olish, shuningdek operatsiyalar samaradorligini baholashda operativlikni taminlaydi. OATB “Hamkorbankda” Bank Kengashi, Bank boshqaruvi, ichki va tashqi auditorlar ichki nazoratni tashkil qilish va uning samarali faoliyat yuritishida ma’lum vazifalarni bajaradi:
rasm. Bankda ichki nazorat doirasida Bank Kengashi, Boshqaruv va Auditorlar (ichki va tashqi) o’rtasidagi o’zaro ish tashkil qilish strukturasi10
Ichki nazorat tizimini shakllantirish
Ichki nazorat tizimi ishini ko’zatib borish
Ichki nazorat tizimi ish faoliyatini tashkil qilish 4- Ichki nazorat tizimining ishini nazorat qilish
Ichki nazorat tizimi ishini tekshirib turish 6- Ichki nazorat tizimi ishini baholash
Bank kengashi bankning ishonchliligi va samaradorligini ta’minlashga yo’naltirilgan chora-tadbirlar to’plami, shuningdek boshqaruvning tashkiliy
10 OATB Hamkorbank rasmiy ma’lumotlari
strukturasi sifatida ichki nazorat tizimini tashkil qiladi va tasdiqlaydi. Ichki nazorat tizimida audit xizmati, Taftish komissiyasi va Tashqi auditdan operativ ma’lumotlar olinadi. Kengash ichki audit xizmati faoliyatini boshqaradi va bank menejmenti faoliyati ustidan nazorat o’rnatadi.
IAX auditorlik tekshiruvlari orqali ichki nazorat tizimining samaradorligini baholaydi. Ichki nazorat tizimini optimallashtirish va faoliyatini yaxshilash bo’yicha rekomendatsiya ishlab chiqadi.
Bank menejmenti ichki nazorat tizimining tegishli shaklda va to’laqonli faoliyat yuritishini ta’minlaydi. Boshqaruv ichki audit xizmatidan olingan malumotlarga tayanadi, o’z navbatida tashqi audit IAX faoliyatini yaxshilashga qaratilgan adekvat qarorlar qabul qiladi.
Ichki nazorat xizmati ichki nazorat tizimi ishini muttasil ko’zatib boradi, biznes jarayonlarda boshqaruv samaradorligini tekshiradi. Bank boshqaruviga ichki nazorat xizmati faoliyatini yaxshilash yo’zasidan tavsiyalar beradi. IAX bilan o’zaro ma’lumot almashib boradi.
Taftish komissiyasi o’zi o’tkazgan tekshiruvlar natijalari asosida biznes-jarayonlarning alohida olingan nuqtalarida ichki nazorat tizimini baholaydi va Bank kengashi va Boshqaruvni zarur ma’lumotlar bilan ta’minlaydi.
Tashqi audit bankda ichki nazoratni amalga oshirish jarayonida Boshqaruv va IAX faoliyatini tekshiruvdan o’tkazish maqsadida ish olib boradi. Bunda ichki auditorlik tekshiruvlari materiallaridan foydalanadi. Tashqi audit ichki nazorat tizimining faoliyatiga oid mustaqil ekspert baholarini boshqaruvga taqdim etadi.
Ichki nazorat tizimi ustidan muntazam nazoratni olib borish va uni takomillashtirish raxbarlar majburiyatidir. Nazorat tartiblari uchun javobgar xodimlar bevosita raxbariyatga hisobot berishlari lozim.
Tijorat banklarida ichki nazoratning samarali faoliyat yuritayotganligini uning kamchiliklarni qisqa vaqt ichida aniqlashi bilan o’lchanadi. Buning uchun banklar noqonuniy operatsiyalarni avtomatik aniqlay oladigan dasturiy taminotga va yuqori malakali xodimlarga ega bo’lishi kerak. Bugungi kunda ko’plab banklar ushbu jihatlarga katta e’tibor qaratmoqda va bu yo’nalishda ko’plab yutuqlarga erishildi.
rasm. Ichki nazorat tizimi va boshqaruv o’rtasidagi o’zaro tashkiliy tuzilma11