rasm. Ichki nazora t shakllari15 B
ank ichki nazorat
ini tashkil qilish quyidagi yo’nalishlarda amalga oshadi:
Kredit tashkiloti faoliyatini tashkil etuvchi boshqaruv organlari tomonidan olib boriladigan nazorat.
Bank risklarini baholash va ularni boshqarish tizimining ish faoliyatini tekshirish.
Bank operatsiyalarini amalga oshirishda vakolatlar taqsimotini nazorat qilish.
Ma’lumotlar oqimi va ularning xavfsizligini nazorat qilish.
Yuqori boshqaruv organlari tomonidan olib boriladigan nazorat ichki nazorat siyosatini amalga oshirishning bir qismi sifatida bank Kengashi, shuningdek bank ijroiya organlari tomonidan o’tkaziladigan chora-tadbirlar yig’indisini o’zida qamrab oladi. Direktorlar Kengashi (Nazorat kengashi) ish faoliyatida bank faoliyatiga tegishli quyidagi masalalarni ko’rib o’tishi tavsiya qilinadi:16
Samarali ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish;
O’z majlislarida ichki nazorat samaradorligini doimiy muhokama qilish va bank ijroiya organlari bilan ichki nazoratni tashkil etish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari yuzasidan muloqotlar o’tkazish;
Ichki nazoratni tashkil qilish bo’yicha bankning ichki ijro organlari, ichki nazorat xizmati, shuningdek ichki nazorat organiga taalluqli boshqa xodimlar tomonidan tayyorlangan hujjatlarni joriy nazoratini o’tkazish;
Ichki nazorat xizmati tomonidan bildirilgan takliflar va e’tirozlarni tijorat banki ijro organlari tomonidan tezkorlik bilan ko’rib chiqish uchun zarur bo’lgan chora-tadbirlarni ta’minlash;
Ichki nazoratning bank faoliyati ko’lami, xarakteriga muofiqligini o’z vaqtida tekshirib borish.
Bank ijro organi o’z ish-faoliyatida quyidagi masalalarni ko’rib borishi zarur:
15 Nazariy ma’lumotlar asosida muallif tomonidan yaratilgan.
16 Максютов А.А. “ Банковский менеджмент ”, М., Альфа - Пресс, 2008 y.
Bank kengashi qarorlari yuzasidan javobgarlikni belgilash, bank ichki nazoratini tashkil etish va amalga oshirishda tijorat banki siyosati va strategiyasini amalga tadbiq etish;
Ichki nazorat doirasida qoida va tartiblarni ishlab chiqish jarayonida vakolatlar taqsimotini belgilash (bank tashkiliy strukturasiga muofiq);
Tijorat banki faoliyatining ichki hujjatlar, shuningdek ichki nazoratni amalga oshirishda belgilangan tartibga muofiqligini nazorat qilish;
Ichki nazoratning aniq yo’nalishlari uchun javobgarlikni va majburiyatlar taqsimotini belgilash;
Ma’lumotlarning samarali uzatilish tizimini ishlab chiqish;
Ichki nazorat xizmati tomonidan aniqlangan qonun buzilishlar va kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha nazorat mexanizmini tashkil etish;
Tijorat banki manfaatlar to’qnashuvi yuzaga kelishi sharoitida mavjud bo’ladigan ziddiyatlarni oldini olish maqsadida xodimlarning xizmat vazifalari taqsimotini amalga oshiradi. Bank manfaatlarning potensial to’qnashuvini aniqlash va nazorat qilish bo’yicha aniq tartib o’rnatishi kerak.
Ma’lumotlar oqimi boshqaruvini nazorat qilish va ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash jarayoni bank faoliyatining barcha yo’nalishlarini qamrab olishi zarur. Bank faoliyatining biror yo’nalishi bo’yicha ma’lumot ishonchli, to’liq, to’g’ri shakllantirilgan va o’z vaqtida taqdim etilgan bo’lishi kerak. Avtomatlashgan ma’lumotlar tizimi va texnik vositalarning ichki nazorati umumiy nazorat va dasturiy nazoratdan iborat bo’ladi. Umumiy nazorat uzluksiz ishni tashkil qilish maqsadida komputer tizimini nazorat qilishni nazarda tutadi. Dasturiy nazorat amaliy dasturda avtomatlashgan tartiblar bilan amalga oshiriladi.
Ichki nazorat tizimini nazorat qilish boshqaruv va turli bo’linmalar xodimlari tomonidan doimiy amalga oshirilishi shart. Bank moliyaviy faoliyatga ta’sir ko’rsatuvchi ichki va tashqi omillarni o’rganib ichki nazorat tizimining samarali faoliyat yuritishi uchun zarur bo’lgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.17 Tijorat banklarida ichki nazorat xizmati quyidagi muhim tamoyillar asosida shakllantiriladi:
Nazorat tadbirlarini o’tkazish uchun bankning barcha bo’linmalari va tashkiliy tuzilmalarning ochiqligi;
Bank faoliyatidagi risklarning doimiy nazoratini amalga oshirish;
Operatsiyalarning maqsadli bajarilishiga yagona shaxs javobgar bo’lmasligi uchun xodimlarning lavozim majburiyatlari taqsimoti;
Har bir lavozimdagi shaxsni boshqa shaxsdan avval bajarilgan operatsiyalarga bog’liq bo’lmagan holda nazorat qilish;
Bank aktivlariga va hujjatlariga bo’lgan jismoniy ruxsatni doimiy nazorat qilish.
Bank ichki nazorat tizimi uni joriy qilish bilan bog’liq hujjatlarga muofiq ravishda boshqaruv organlari tomonidan tashkil etiladi. Ichki nazorat tizimining faoliyat yuritishi, muammolarni aniqlash va tahlil qilish jarayonini domiy nazorat
17 Маковникова Г. А., Кантор В. Э. “ Финансовый менеджмент ” М., ЮРАИТ, 2011 y.
qilish uchun bankda ichki nazorat xizmati joriy qilinadi. U Markaziy bank talablariga javob berishi va o’z faoliyatini bank Ustavi hamda ichki nazorat to’g’risidagi Kengash tomonidan tasdiqlangan ichki tartibga asosan amalga oshirishi kerak. Ichki nazorat xizmatining xodimlar tarkibi bankning ko’lami, u bajaradigan operatsiyalar murakkablik darajasiga bog’liq holda boshqaruv tomonidan belgilanadi.
Bugungi kunda bank faoliyatida risk nazorati xizmatini tashkil qilishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bank ishidagi risklar likvidlilikning tushib ketishi, katta moliyaviy yo’qotishlar va zararlarga olib kelishi mumkin. Ichki nazoratda ushbu yo’nalishni tashkil qilishdan asosiy maqsad kredit tashkiloti tomonidan qonunchilik hamda markaziy bank va boshqa tegishli organlar tomonidan qabul qilingan normativ hujjatlarga amal qilinishini nazorat qilish yo’li bilan mavjud risklarni cheklashdan iborat.
Amerikaning aksionerlik va davlat korxonalari uchun buxgalteriya hisobi bo’yicha mutaxasislarni tayyorlovchi Institut olimlari ichki nazoratni quyidagicha talqin etadi (Bauen va Uolker, 1978 )18:“Ichki nazorat tashkilot rejasi va shu tashkilot (ma’lum biznes sohasi) tomonidan quyidagilarni ta’minlash maqsadida qabul qilingan chora-tadbirlarni o’z ichiga oladi: (1) o’z aktivlarini saqlash; (2) hisobotlardagi ma’lumotlarning ishonchliligi va aniqligini tekshirish; (3) operatsiyalar samaradorligini oshirishga ko’maklashish; (4) tasdiqlangan boshqaruv siyosatiga rioya qilinishini rag’batlantirish.
Ma’lumki, nazariy jihatdan ichki audit va ichki nazoratni taqqoslash zaruriyati paydo bo’ladi va bu taqqoslash bizga ikkala tizimning mohiyatini to’laroq ochib berishga imkon yaratadi. Ichki audit bo’limi ichki nazorat tizimini kuzatish va ichki nazoratning qanday shaklda amal qilayotganini aniqlash uchun javobgar. Ichki audit shuningdek, operatsiyalarni amalga oshirish uchun ishlab chiqilgan tartiblarni ta’minlaydi. Bundan tashqari ichki audit bo’limi bankda profilaktik funksiyani ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Quyida nazorat tizimining ikki bo’g’ini ko’rsatib o’tilgan.
18Iqtisodiy taraqqiyot bankining (Jahon banki ) texnik materiallari. 1-tom Vashington , D. S. 1994.
8-rasm. Ichki nazorat19
Bank ichki nazorati tizimining samaradorligi bir qancha tashqi va ichki omillarga bog’liq. Tashqi omillar jumlasiga, birinchi navbatda, ichki nazorat tizimini tashkil qilishning meyoriy-huquqiy bazasi mavjudligi kiritiladi. Agar mamlakatda bank tizimi va uning faoliyat yuritishi, bajarilgan operatsiyalarning bosqichli nazorat qilinishiga oid to’laqonli huquqiy baza yaratilgan bo’lsa har bir bank xodimi o’z vazifasidan kelib chiqib faoliyat yuritishi va bajarayotgan operatsiyalarining qonun doirasidaligi va samaradorlini to’la nazorat qilishga erishadi. Ichki faktorlar jumlasiga bankda paydo bo’ladigan har qanday vaziyatlarni sifatli va operativ baholay oladigan va bank faoliyatidagi risklarni kamaytirish bo’yicha turli yo’nalishlarni ko’rsatib beradigan qobiliyatli mutaxasislarning mavjudligini kiritish mumkin. Ichki nazoratni amalga oshirish uchun bankda alohida maxsus bo’linma tashkil qilingan bo’lishi kerak. Va nihoyat, sifatli ichki nazoratni amalga oshirishning dastlabki shart-sharoiti shu bank va boshqa raqobatchi banklar faoliyati to’g’risida to’liq va ishonchli malumotlarning mavjudligidir.