2
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………. 3
I O’QUV MATERIALLARI ………………………....……………… 6
Ma’ruza bo’yicha o’quv materiallari………………………………… 6
Amaliy mashg’ulotlar bo’yicha o’quv materiallari………………...….
II PORTFOLIO ………………………………………………….…….
III MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI
IV GLOSSARIY…………………………………….…….…………..
V ILOVALAR…………………………………………….………….
Fan dasturi
Ishchi dastur
Tarqatma materiallar
Testlar
KIRISH
“Banklarda buxgalteriya hisobi” fanini o’qitishning maqsadi – kelgusida respublikamizda yuqori malakali iqtisodchi –mutaxassislar bo’lib etishadigan talabalar uchun banklarda buxgalteriya hisobini tashkil etishning nazariy, huquqiy, tashkiliy asoslari haqida bilim berish, ularda banklarda buxgalteriya hisobini yuritishda qo’llaniladigan hisobvaraqlar rejasi, bank balansi, bank hisobotlari bo’yicha ko’nikma va malakalar shakllantirishdir.
Fanning vazifasi – talabalarga bank buxgalteriyasini tashkil etishning nazariy, xuquqiy, tashkiliy asoslari haqida bilimlari berish, tijorat banklarida buxgalteriya xisobini yuritish halqaro standartlari asosida yuritishni tashkil qilish, naqd pulsiz hisob-kitob operatsiyalarini rasmiylashtirilishi va hisobini o’rganishdan iborat.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturu”ning asosiy maqsadi ham zarur bilimlarni o‘zlashtirish bilan birga talabalarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, ularda mustaqil tanlash va qaror qabul qilish ko‘nikmasini hosil qilishdir1.
Fanni o’zlashtirgan talabaning malakaviy darajasi:
banklarda buxgalteriya hisobini tashkil etish asoslari, hujjatlashtirish, xujjatlar aylanishi va bank nazorati, Bosh va yordamchi kitob kitoblar bo’yicha sintetik va analitik hisob, naqd pulsiz hisob-kitoblarning rasmiylashtirilishi va hisobi, qimmatli qog’ozlar bo’yicha operatsiyalarning rasmiylashtirilishi va hisobi, banklararo hisob-kitoblarning hisobi va rasmiylashtirilish, qisqa muddatli kredit operatsiyalarining rasmiylashtirilishi va hisobini;
talaba kassa operatsiyalarini rasmiylashtirish va hisobga olish, bank ichki operatsiyalari, daromadlar va xarajatlarning rasmiylashtirilishi va hisobi, tijorat banklarining moliyaviy hisobotlari to’g’risida;
talaba tijorat banklarining yangi hisobvaraqlar rejasi bo’yicha hisob va buxgalteriya o’kazmalarini jahon andozalari asosida bajarilishini, tijorat banklarining buxgalteriya hisobini amalga oshirishda qo’llaniladigan hujjatlarning rasmiylashtirilishi va hujjatlarning aylanishi, tijorat banklarining moliyaviy hisobotlari bo’yicha tasavvur va malakaga ega bo’ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilish borasida olib borilayotgan ishlarning ham mantiqiy davomi, ham uni yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.2
Qarorning eng muhim jihatlaridan biri, unda oliy malakali mutaxassislar tayyorlashda xalqaro standartlar mezoniga rioya qilish, uning darajasida shart- sharoit yaratish, ruhi va talabiga mos zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega
1 O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida” Qonun. Oliy ta’lim. Me’yoriy hujjatlar to‘plami.T.: “Sharq”, 20014 y. 23 b.
2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev. 20.04.2017 yildagi Qarori bilan “2017-2021 yillarda Oliy
ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish” dasturidan - “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroridan.
kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilgan.
Mazkur fanni o’rganish uchun bakalavr-iqtisodchi talabalar Davlat ta’lim standartlarida ko’zda tutilgan gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bilan bevosita aloqada bo’ladi.
“Banklarda buxgalteriya hisobi” fanini o’qitishda pedagogik texnologiyalarni qo’llagan holda dars o’tish ko’zda tutilgan. Bulardan: muammoli vaziyatlarni echish, masala-mashqlar, bahs-munozara usullari, testlar va h.k.
Seminar mashg’ulotlarida olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash va ularni amaliyotga joriy etish kabi masalalar sinovdan o’tkaziladi. Xususan, har bir dars yakunida talabadan ma’lum ko’nikma va malakalar hosil qilinishi nazarda tutilgan. Seminar darslari ham pedagogik texnologiya usullarini qo’llagan holda o’tkaziladi. Shuningdek, fanni o’zlashtirish jarayonida kompyuter texnikasidan foydalangan holda tijorat banklarda qo’llaniladigan yangi hisobvaraqlar rejasi, xo’jalik subyektlari o’rtasida hisob-kitoblarni olib borish bilan bog’liq kompyuter dasturlari bilan tanishadilar.
Mustaqil ta’lim shaklida banklarda buxgalteriya hisobi bo’yicha bilimlar kengaytiriladi va bu fanlarning asoslari chuqurroq bilib olinadi. Buning uchun muayyan mavzular tanlanib, talabalar e’tiboriga taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |