Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Bank tomonidan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar hisobi



Download 4,77 Mb.
bet55/124
Sana19.11.2022
Hajmi4,77 Mb.
#868350
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   124
Bog'liq
Banklarda buxgalteriya hisobi [iqtisodchi kutubxonasi]

2 Bank tomonidan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar hisobi.


Tijorat banklari tomonidan tijorat maqsadida davlat xazina veksellari, davlat obligatsiyalari, Markaziy bankning obligatsiyalari, davlat korxonalari qimmatli qog‘ozlari, yevroobligatsiyalar, xususiy korxonalar qimmatli qog‘ozlari va boshqa qimmatli qog‘ozlar sotib olinishi mumkin. Tijorat banklari tomonidan tijorat maqsadida sotib olingan qimmatli qog‘ozlar hisobini yuritish uchun hisobvaraqlar
rejasining “Aktivlar” bo‘limida 10700 “Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlari” asosiy hisobvarag‘i ajratilgan.
Bu hisobvaraq o‘z ichiga quyidagi hisobvaraqlarni oladi:

Ushbu hisobvaraqlarning debetida sotib olingan qimmatli qog‘ozlar qiymati,
shuningdek, qayta tasniflangan va ushbu hisobvaraqqa investitsiyalar hisobvarag‘idan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar, hisobvaraqlarning kreditida sotilgan qimmatli qog‘ozlarning qiymati, shuningdek, qayta tasniflangan qimmatli qog‘ozlar summasi aks ettiriladi.
Tijorat maqsadida sotib olingan qimmatli qog‘ozlar bozor narxining xarid narxidan kamayishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zararni qoplash uchun ishlatiladigan mablag‘lar hisobi 10799 “Qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi hisobvaraqlari bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlar zaxirasi” hisobvarag‘ida olib boriladi. Hisobvaraqning kreditida tashkil qilingan zaxira summasi yoki uning ortishi, debetida zaxiraning bekor qilinishi yoki ishlatilishi aks ettiriladi. Analitik hisob qimmatli qog‘ozning turi, muddati va emitenti bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Ehtimoliy yo‘qotishlarni baholash 56806 “Qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi hisobvaraqlari» hisobvarag‘ida olib boriladi. Hisobvaraqning debetida ehtimoliy yo‘qotishlarni baholash summasi yoki uning ortishi, kreditida baholash summasining kamayishi, noto‘g‘ri hisoblangan baholashning qaytarilishi, shuningdek, yil yakunida moliyaviy natija sifatida yopilib, 31206 hisobvarag‘iga olib boriladigan summa aks ettiriladi.
Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha tijorat operatsiyalaridan olingan daromad 45600 “Tijorat operatsiyalaridan olingan foyda” hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Hisobvaraqning kreditida olingan foyda summasi, debetida noto‘g‘ri olingan foydaning qaytarilishi hamda yil yakunida moliyaviy natija sifatida yopilib, 31206 hisobvarag‘iga olib boriladigan summa yoziladi. Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha tijorat operatsiyalaridan ko‘rilgan zarar 55600 “Tijorat operatsiyalaridan ko‘rilgan zarar” hisobvarag‘ida olib boriladi. Hisobvaraqning debetida ko‘rilgan zarar summasi, kreditida noto‘g‘ri ko‘rilgan zararning qaytarilishi, shuningdek, yil yakunida moliyaviy natija sifatida yopilib, 31206 hisobvarag‘iga olib boriladigan summa aks ettiriladi. Bank tomonidan qimmatli qog‘oz xarid qilinganda quyidagi o‘tkazma beriladi:
Debet 10700 “Oldi-sotdi qimmatli qog‘ozlari”
Kredit 10101, 10301, 20200
Balans hisoboti tuzilayotgan sanaga qimmatli qog‘ozlarniig xarid narxini bozor narxiga solishtirish yo‘li bilan qayta baholash amalga oshiriladi. Agarda bozor narxi xarid narxidan past bo‘lsa, bankning xarajati hisobidan ehtimoliy yo‘qotishlar zaxirasi tashkil qilinadi:
Debet 56806 Qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi hisobvaraqlari
Kredit 10799 Qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi hisobvaraqlari bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlar zaxirasi
Agarda bozor narxi xarid narxidan yuqori bo‘lsa, tashkil qilingan zaxira yuqoridagi provodkaning teskarisi berilib bekor qilinadi.



    1. Download 4,77 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish