Algebraik ko‘phad ildizlarini topishning Lobachevskiy usuli. Bu usulning eng qulay tomoni shundaki, u ildizlarning taqribiy yaqinlashishi qiymatini talab qilmaydi. Bu usul ko‘phad har xil haqiqiy ildizlarga ega bo‘lgan holda qo‘llaniladi. U
ikki bosqichda qo‘llaniladi. Agar ko‘phadning ildizlari ushbu
x1
x21
... xn
tengsizlikni qanoatlantirsa, u holda a0xn+a1 xn-1 + . . . + an-1x+an ko‘phad ildizlarin- ing taqribiy qiymatlari uning koeffisiyentlari orqali Viyetning quyidagi umumlashgan teoremasi formulalari bilan ifodalanadi:
x1+ x2+…+ xn= -a1/a0 ,
x1x2+ x1x3+…+ xn-1xn= a2/a0 ,
x1x2x3+ x2x3x4+…+ xn-2xn-1xn= -a3/a0 ,
. . . . . . . . . . . . . . . . . .
x1x2 … xn = (-1)n an/a0.
Bu yerda ketma-ket quyidagilarni topamiz:
x2 x3 xn a1 a1
x1 1 x
... x x
a
x1 a ;
1 1
x2 x3
1 0 0
xn1 xn a2 a2
x1 x2 1
x1 x2
...
a
x1 x2 0
x2
; ... ;
a
0
xi
ai ,
ai1
xi ,
i 1,2,...n.
Ko‘phad kompleks ildizlarini izlashning sonli usullari. Argument x ning fa- qat butun darajalari yig‘indisini o‘z ichiga olgan chiziqli bo‘lmagan tenglama chiziqli bo‘lmagan algebraik tenglama deb ataladi va u
Pn( x) = xn+ an-1 xn-1 + . . . + a1x+ a0 = 0 (2.11) kabi yoziladi. Chiziqli bo‘lmagan algebraik tenglamaning yechimi ko‘phadning ildizi deb ham ataladi. Bu n-darajali ko‘phadning ildizlarini izlashda ularning soni n ta ekanligini (ularning karralilarini ham hisobga olganda) va ular ham haqiqiy va ham kompleks bo‘lishi mumkinligini e’tiborga olish lozim. Agar ko‘phadning ai koeffisiyentlari haqiqiy desak, u holda kompleks ildizlar kompleks-qo‘shma juftlikni hosil qiladi. Ildizlar soni haqidagi ma’lumot muhim ahamiyatga ega.
Yuqorida chiziqli bo‘lmagan tenglamalarni yechishning umumiy algoritmlaridan ko‘phadlar ildizlarini topishga ham foydalanish mumkin. Bunda faqat algoritmlarning amaliy tadbiqini kompleks sonlar arifmetikasi doirasida o‘tkazish lozim bo‘ladi. Shunga qaramasdan, ko‘phadlarning hamma ildizlarini (haqiqiy va kompleks ildizla- rini) izlashning maxsus usullari mavjud. Ana shu usullardan ba’zilari bilan quyida tanishaylik.
Ko‘pgina usullar dastlabki ko‘phaddan kvadratik ko‘pytuvchini chiqarish prosedurasiga asoslangan, ya’ni
Pn( x) = ( x2+ px+ q)( xn-2+ bn-3 xn-3 + . . . + b1x+ b0). (2.12) Bizga ma’lumki, x2+ px+ q =0 kvadrat ko‘phadning ildizlarini analitik yo‘l bilan topish mumkin, demak dastlabki (2.11) tenglama tartibi ikkiga kamayadi va masala
ushu
xn-2+ bn-3 xn-3 + . . . + b1x+ b0 = 0
99
tenglamani yechishga keladi. Bu tenglamaning o‘ng tarafidan yana bir bor kvadratik ko‘pytuvchini chiqarish mumkin, va hokazo. Ana shunday qilib ko‘paytuvchilarni chiqarish jarayoni ushbu x2+ b1x+b0 = 0 kvadratik yoki x+b0 = 0 chiziqli tenglama qolguncha davom ettiriladi.
Kvadrat ko‘paytuvchilarni ajratish, ya’ni n ta p, q, bn-1, bn-2, ..., b1, b0
koeffisiyentlarni izlash haqidagi bu masalasi quyidagicha yechiladi.
Dastlabki Pn(x) ko‘phadning ikki xil (2.11) va (2.12) shakllaridagi bir xil darajali hadlari koeffisiyentlarini o‘zaro tenglashtirib, quyidagi ikkita tengliklar sistemasini hosil qilamiz:
bn-3 + p = an-1,
bn-4 + pbn-3 + q = an-2,
bn-5 + pbn-4 + qbn-3 = an-3, (2.13)
………………………..
b1 + pb2 + qb3 = a3, b0 + pb1 + qb2 = a2
va
q = a0/b0 , p = (a1-qb1)/b0 . (2.14) Agar p va q koeffisiyentlarga ixtiyoriy qiymatlar berilsa, u holda (2.13)
sistemadan noma’lum bn-1, bn-2, ..., b2 keffisiyentlarni ketma-ket yo‘qotib, b1 va b0 larning qiymatlarini hisoblab olish mumkin, ya’ni (2.13) sistema quyidagi ikki argumentli ikki funksiyani topish imkonini beradi:
b0 = b0(p,q) va b1 = b1(p,q). (2.15) Endi (2.15) funksiyalardan (2.14) tengliklarning o‘ng taraflarida foydalanish mumkin, natijada qiyidagi ikkita chiziqli bo‘lmagan tenglamalar sistemasiga kelinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |