3. Diskret tizimlarga misollar
Diskret tizimlarning turli-tuman ko‘rinishlari mavjud. Ular bir-biridan, avvalo, teskari aloqa (TA) zanjiridagi signallarni taqqoslash blokining strukturasi bilan farq qiladi. Bu blok zanjirga ta’sir impulslarini berib turadi (7.4-rasm).
(t) +
x(t)
7.4-rasm. Taqqoslash bloki.
O‘z navbatida, blokning strukturasi teskari aloqa zanjiridagi datchiklarga bog‘liq. Datchiklar esa, ijrochi qurilma, o‘zgartiruvchi va korrektlovchi elementlarning turiga bog‘liq. Bularga misol sifatida qadamli va elektrogidravlik dvigatellarda qo‘llaniladigan raqamli yuritmaga ega bolgan tizimni keltirish mumkin.
- rasm. Raqamli yuritmaga ega bo‘lgan diskret tizimning strukturali sxemasi:
DKQ – diskret korreksiyalovchi qurilma; DYu – diskret yuritma; MM – mashina mexanizmi; HD – holat datchigi (raqamli); HQ – hisoblovchi qurilma.
Bunday tizimlarning afzalligi shundan iboratki, boshqarish signallarini kodlardan chiqarish zarurati qolmaydi. Agar tizimda oddiy yuritma bo‘lsa, diskret tizim quyidagicha ko‘rinish oladi:
(t)
y(t)
7.6- rasm. Analog tizimli diskret tizimning strukturaviy sxemasi:
KKO‘ – “kuchlanish – kod” o‘zgartiruvchsi; KQ – korrektlovchi qurilma (analog); AYu – analogli yuritma; HDK – holat datchigining kodlovchisi.
Zamonaviy tizimlarning teskari aloqa zanjirida impuls datchiklaridan keng foydalaniladi. Ular mashina mexanizmining holatiga qarab impulslar ketma-ketligini shakllantiradi. Agar bunday tizimlarning parametrlarini korreksiyalash uchun hisoblash vositalaridan foydalanilsa, bunday ketma-ketlik kodga aylantiriladi.
Impuls yuritmali diskret tizim 7.7 - rasmda keltirilgan. Uning o‘ziga xos xususiyati IDM va TKG dan iborat IE bo‘lib, u uzluksiz signalni ishorasi o‘zgaruvchan yuqori chastotali impulslarga aylantirib beradi.
kir U *
- rasm. Impuls yuritmali diskret tizim:
UQ1 – uzluksiz qism, o‘lchagich – o‘zgartirgich, dastlabki kuchaytirgich,
y
korreksiyalovchi zvenodan iborat bo‘lib, boshqarish signali U ni shakllantiradi; IDM
y
– impuls uzunligi modulyatori, chiqish joyida boshqarish signali impulsi U *
shakllanadi; TKG – tayanch kuchlanish generatori; UQ2 – uzluksiz qism, kuch kanali (quvvat kuchaytirgichi, dvigatel, mexanik uzatma) xususiyatlarini aks ettiradi.
Impulsli tizimlar turli-tuman bo‘lishiga qaramay, ularning strukturaviy sxemalarini ikki turga keltirish mumkin (7.8 - rasm):
а
UQ
IE
(t) +
-
x(t)
x* (t)
y(t)
b
- rasm. IABS ning umumlashgan strukturaviy sxemasi:
a – uzluksiz qismi ajratilmagan tizim, b – uzluksiz qismi ajratilgan tizim. Nihoyat, raqamli tizim quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi (7.9 - rasm).
kir +
chiq
- rasm. Raqamli tizimning strukturaviy sxemasi:
ARO‘ – analog-raqamli o‘zgartirgich; RAO‘ – raqam-analogli o‘zgartirgich.
Bunday tasavvur diskret tizimlarning tahlili bilan bog‘liq qator qiyinchiliklarni chetlab o‘tish imkonini beradi, chunki teskari aloqa uzluksiz bo‘ladi.
Yuqorida keltirilgan turli diskret tizimlarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, diskret tizim uzluksiz tizimdan IE, RAO‘, ARO‘larning mavjudligi bilan farq qilar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |