Urchishi va rivojlanishi. O'rgimchaklar ayrim jinsli, urg'ochisi erkagidan kattaroq bo'ladi. Erkagi oyoq paypaslagichlarining uchi to'g'nag'ichsimon — yumaloq shaklda, urg'ochilarida esa ipsimon bo'ladi. O'rgimchaklar yozning oxirida juftlashadi. Urug'langan urg'ochi o'rgimchaklar kuz kirishi bilan pilla ichiga tuxum qo'ya boshlaydi. Bahorda shu tuxumlardan yosh o'rgimchaklar chiqadi. Bir qancha vaqt o'tgandan keyin ular o'rgimchak iplarida shamol yordamida tevarak — atrofga tarqaladi va mustaqil hayot kechira boshlaydi.
Qoraqurt (Latrodectus tredecimguttatus) zaharining odam va hayvonlar uchun xavfliligi jihatdan boshqa o'rgimchaklardan farq qiladi. U issiq va birmuncha quruq iqlimli cho'l mintaqalarida keng tarqalgan.
Kanalar (Acari) turkumi. Kanalar asosan quruqlikda, ayrim vakillari suvda yashaydi. Ular orasida odam va hayvonlar tanasida parazitlik qilib hayot kechiradigan turlari ham ko'p bo'ladi. Kanalaming tanasi yaxlit bo'lib, bo'g'imlarga bo'linmagan. Yurish oyoqlari 4 juft, og'iz organlari sanchib so'rishga moslashgan bo'ladi. Kanalar to'liq o'zgarish bilan rivojlanadi. Ulaming lichinkasida 3 juft oyoqlari bo'ladi, bir marta
68
www.ziyouz.com kutubxonasi
po'st tashlagandan keyin oraliq bosqich nimfaga aylanadi. Nimfaning oyoqlari 4 juft, u tullab, voyaga yetgan kanaga aylanadi. O'rgimchakkana mamlakatimizning janubiy viloyatlaridagi dala ekinlariga, shimoliy viloyatlarida esa issiqxonalardagi bodring va boshqa o'simliklarga zarar yetkazadi. O'zbekistonda o'rgimchakkana g'o'za yoki boshqa ekinlar bargining orqa tomonida to'da bo'lib yashab, uning shirasini so'rib oziqlanadi. Natijada barglar quriy boshlaydi. Zararlangan g'o'za barglari uzoqdan qizarib ko'rinadi.
O'rgimchakkananing urg'ochisi 2 —3 hafta davomida 100 dan ortiq tuxum qo'yadi va undan chiqqan lichinkalar ham 2 — 3 hafta ichida voyaga yetadi. Bir mavsum davomida kanalaming bir necha avlodi rivojlanadi. Urug'langan urg'ochilari qishlab qoladi. Qishga tayyorgarlik yozning ikkinchi yarmidan boshlanadi. Bu vaqtda urg'ochilari oziqlanmaydi, tanasi qizg'ish rangli bo'ladi va o'simlikdan tuproqqa tushib, o'simliklar qoldig'i orasida qishlaydi. O'rgimchakkana respublikamizda g'o'zaga katta zarar yetkazib, uning hosilini 30 — 50 foizga kamaytirib yuborishi mumkin. Unga qarshi zaharli kimyoviy moddalar ishlatiladi. O'rgimchakkanalar zaharlangan barglarni so'rganidan keyin albatta nobud bo'ladi.
Odamlar va turli hayvonlarning qonini so'rib, parazit hayot kechiradigan kanalarga yaylov kanalari (Hyalomma), tayga kanasi (Ixodes) va qo'tir kanalami misol qilib keltirish mumkin. Yaylov kanalari nisbatan yirikroq bo'ladi. Qon so'rishdan oldin 2—3 mm, qon so'rganidan keyin esa bir necha sm kattalikda bo'ladi. Og'iz organlari qon so'rishga moslashgan xartumga o'xshaydi. Uning yordamida kanalar xo'jayinni terisini teshib, tanasiga mahkam yopishib oladi. Shuning uchun ham ularni qon so'rayotgan vaqtda tortib uzib olmaslik kerak, aks holda xartumchasi terida uzilib qoladi va tañada yara hosil qilishi mumkin. Yaylov kanalari qoramollarda piroplazmoz kasalligini tarqatadi. Kasallangan mollaming siydigi qizil rangda, o'zi esa juda ozg'in bo'ladi. Bu kanalarga qarshi kurashda yaylovdagi mollar kanalar bo'lmagan joylarga o'tkazilishi kerak. Agar mollar tanasida kanalar juda ko'p bo'lsa, ulami margimush eritmasida cho'miltirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |