1.3. Kasbga xos psixologik jarayonlar va ularni o'rganishga bo'lgan ehtiyojlar.
Har bir inson hayotida kasbiy faoliyat muhim ahamiyatga ega. Ota-onalar farzandlarning ilk qadamlaridanoq uning kelajagi to'g'risida o'ylab qolishadi. Farzandlarning qiziqish va qobiliyatlarini kuzatish orqali ularning kasbiy kelajagini aniqlashga harakat qiladilar. Ayniqsa, maktabda beriladigan ta'lim-tarbiya o'quvchining turli fanlarga bo'lgan tanlovli munosabatini keltirib chiqaradi, ayrim bolalarda esa qaysidir fanlarga bo'lgan qiziqish tez seziladi, ya'ni tasviriy, musiqaviy va hokazolar.
O`quvchilarni ongli kasb tanlashga tayyorlash umumiy ta'lim maktabining, litsеy, kasb-hunar kollеjlari hisoblanadi. Bu tayyorgarlik ikki faktor (omil)ni o`z ichiga oladi: Jamiyatning kadrlarga bo`lgan ehtiyojini; yoshlarning shaxsiy qobiliyatini hisobga olib amalga oshirishga e'tibor bеrish va uchinchi shaxsning kasbiy jihatdan o`z-o`zini anglashi bilan bog`liqdir.
Kasbga yo`naltirishning dastlabki bosqichida targ`ibotchilik ishiga o`quvchilarning o`zini faol jalb etish zarur. Bu shubhasiz ularning ishlab chiqarish va undagi kasblar bilan batafsil tanishishlari uchun zamin yaratadi. Maktabda kasblarni targ`ib qilish vositalari sifatida, kasb tanlashga bag`ishlangan ma'ruzalar, suhbatlar, anjumanlar, bahslar, tanlovlar, munozaralar, radio va televidenia orqali maxsus eshittirishlar uyushtirish, devoriy gazetalar chiqarish, maxsus ko`rgazmalar, bezashlardan foydalaniladi. Kasblar tanlashdagi mehnat faoliyati turli axborot manbaiga qarab kasbga yo`naltirish shakl va usullarini uch guruhga ya'ni og`zaki, ko`rgazmali va amaliy usullarga bo`lish mumkin.
Kasbiy shakllanish jarayonining dastlabki va ayni damda o'ta muhim bosqichi bo'lajak kasbni tanlash, ya'ni aniq bir kasbiy qarorga kelishigacha bo'lgan davrini o'z ichiga oladi. Yoshlarning kasb tanlashga tayyorgarlik darajasi, faqatgina yosh xususiyatlariga bog'liq emas, u ma'lum yoshga kelib o'z-o'zidan shakllanib qolmaydi. Yoshlarning kasb tanlashga pedagogik-psixologik bilim, ko'nikma, malakalar, shuningdek, jamiyatning ta'siri orqali tayyorlash va tarbiyalash lozim.
Ko'pgina maktab bitiruvchilari kelajakda kim bo'lsam ekan yoki qaysi sohani mutaxassisi bo'lsam ekan? – degan savolni o'z oldilariga qo'yib, kasb tanlash muammosiga duch kelishadi. Natijada o'quvchilar tomonidan mutaxassisliklar tasodifan tanlanadi. Hech qanday maxsus tayyorlikka ega bo'lmasdan yoki kasbiy kelajagini tushunib yetmasdan maktab bitiruvchilarining bir qismi darhol ishga joylashadi. Kasb-hunar kollejiga kirgan yoshlar uchun kasb tanlash muammosi to'liq yechilmagan bo'ladi. Ularning bir qismi tanlovning to'g'riligiga o'qishning birinchi yilidayoq ikkilanib qolishadi, boshqalari – mustaqil kasbiy faoliyatning boshida, ayrimlari kasb bo'yicha 3-4 yil ishlagandan keyin, yoshlarning ayrimlari kasb maktabini bitirib, egallagan kasbi bo'yicha ish topa olmaydilar va ishsizlar qatoriga qo'shilib qoladi. Demak, ular uchun kasb tanlash muammosi yana dolzarb bo'lib qolaveradi. Psixologik toliqish, xavotirlanish, kelajakka nisbatan ishonchsizlik bilan qarash mehnat olamida o'zini topishida ma'lum qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi.
Har bir kishining hayotida kasbiy rivojlanish bo'yicha o'zgartiruvchi normativ vaqtlar mavjud bo'ladi. Masalan: kasb-hunar kollejiga kirish, uni tugatish, ishga kirish, mehnatga bo'lgan layoqatini yo'qotish, majburiy ishdan bo'shash va boshqalar. Bunday voqealarning paydo bo'lishi bexosdan yoki qandaydir sharoitlar tufayli, gohida esa mutaxassislik sababi natijasida bo'ladi. Ko'p hollarda normativ bo'lmagan voqealar kasbiy istalmagan noxush voqealar, hisoblanadi.
O'z kasbini ustasi bo'lishga erishish variantlari ko'p bo'lib, bu borada talaygina muammolar paydo bo'ladi. Shaxsning kasbiy rivojlanishi turli xilda namoyon bo'lishini tushunish mumkin, ya'ni ayrim kishilar hayoti davomida ma'lum bir kasbga sodiq qolsa, boshqasi esa yillar davomida mehnat turlarini o'zgartirib turadi. Kasbni o'zgartirish sabablari va kasbdan qoniqish, mutaxassislarning kasbiy rivojlanishi turli omillarga bog'liq bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |