Республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги давлат солиқ ҚЎмитаси солиқ академияси



Download 1,36 Mb.
bet72/142
Sana26.06.2022
Hajmi1,36 Mb.
#705344
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   142
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги дав

O’QITUVCHILIK VIJDONI
Vijdon kishining o’z xatti-harakati, qilmish, yurish-turishi uchun odamlar, jamoatchilik oldidagi mas‘uliyat tuyg’usidir. U diyonat, insof, halollik, sofdillik degan ma‘nolarni ham bildiradi. Abdulla Avloniy: “Vijdon deb ruhimizga, fikrimizga ta‘sir qiladurgan hissiyot, ya‘ni sezuv-tuymakdan iborat ma‘naviy quvvatni aytiladur” deb ta‘rif bergan edi (Turkiy guliston yoxud axloq. Toshkent, “O’qituvchi”, 1992 yil, 27-bet). Uning fikricha vijdon kishining fe‘l-atvori va harakatlarining yaxshi va yomonligini, foydali yoki zararligini ko’rsatadi. Vijdon inson aqli va fikrining haqiqiy mezonidir. Uning yordamida har bir kishi o’z kamchiliklarini va boshqalarning fe‘l-atvorini o’lchaydi, baholaydi. “Agar ishlagan ishi shariat, aql va himaktga muvofiq bo’lsa, muhabbat qilur, qabohat va yomon ishlarni qilsa, nafrat qilur” (O’sha asar, 27-bet). Vijdon yaxshi xulqlarning manbai bo’lgani uchun ham vijdonli kishilar har bir ishni beg’araz va xolis niyat bilan bajaradilar va bundaylar boshqalar nazarida maqbul va suyukli kishilar hisoblanadi. Vijdonsiz kishilar esa o’z qilgan amallari oqibatida hasrat va nadomat chekib, vijdon azobiga giriftor bo’ladilar. Vijdoni salomat kishilar iymonli va e‘tiqodli bo’ladilar. Shod va xurramlikda umr kechiradilar.
Pedagogik faoliyatda o’qituvchining vijdoni ta‘lim-tarbiya jarayonida axloqiy yo’l-yo’riqlarni va kasbiy burchni qanday bajaryotganini, nazorat qiluvchi ma‘naviy kuchdir. O’qituvchi faoliyatida, axloqida, xulqida vijdon o’z-o’zini nazorat qilish vositasidir. O’qituvchilik boshqa kasblardan o’zining shu jihati bilan keskin ajralib turadi. O’qituvchilik vijdoni muallimni o’z bilmi, tajribasi va qobiliyatini to’la ishga solib, boshqalarni o’qitish, tarbiyalash va ma‘rifatli qilishga da‘vat etadi. Vijdonli o’qituvchi ta‘lim-tarbiya ishlarini yuksak darajada amalga oshirish uchun qo’lidan kelgan barcha ishlarni qiladi.
Agar kishida o’qituvchilik qilishga qobiliyat, pedagogik faoliyatga qiziqish, iste‘dod bo’lmasa, jamiyat talab qiladigan darajada bolalarni o’qita olmasa, agar u kun o’tkazish uchungina muallimlik qilayotgan bo’lsa, bu-o’qituvchilik vijdonining yo’qligini ko’rsatadi. Vijdonli o’qituvchi kechirimli bo’ladi. Agar u ta‘lim berayotgan bolalarning bilimi past, xulqida qusurlar, kamchiliklar uchrayotgan bo’lsa, bundan o’qituvchi vijdonan qiynaladi. O’qituvchining vijdonini faqat uning o’zigina nazorat qilishi mumkin. Muallim nazoratchilar ishtirok etayotganda o’quvchilar bilan oldindan tayyorlab mashq qilib qo’ygan darsni qayta o’tishi, kuzatuvchilar buni sezmasligi yoki aniqlay olmasligi, payqamasligi ham mumkin. Shuning uchun ham o’qituvchining halolligi, insofliligi pedagoglik vijdonining mezoni hisoblanadi.
O’qituvchilik vijdoni muallimni bolalar bilan muomala-munosabatda oqilona tavakkal qilishga undaydi, pedagoglikka to’g’ri kelmaydigan xatti-harakatlardan tiyadi, bola o’qishni bo’shashtirib yuborsa yoki xulqida biror salbiy o’zgarish ro’y bersa, beorom qilib qo’yadi; zarur bo’lib qolsa, uy-ro’zg’or ishlarini ham yig’ishtirib qo’yib, darsdan tashqari vaqtlarda ham maktabga borib sinfdan tashqari ishlar bilan shug’ullanishga da‘vat etadi. Pedagoglik vijdoni o’qituvchining sezgirligi, xushyorligini oshiradi. Pedagog uchun o’z xato, kamchiliklarini aql ko’zi bilan ham, qalb ko’zi bilan ham seza olish xislati juda muhimdir.
Ta‘lim-tarbiya ishlarining samaradorligi faqat o’qituvchining o’zigagina emas, balki ota-onalar, kasbdoshlari bilan hamkorlikka ham bog’liqdir. O’qituvchilik vijdoni muallimni axloq qoidalariga o’zi amal qilish bilan birga boshqalardan ham axloq normalarini bajarishni talab qilishga undaydi. Vijdonli muallim o’zi yoki kasbdoshlari xato qilib qo’yganidan hijolat tortadi, or-nomus qiladi. O’qituvchi odobida bu to’yg’u ayniqsa ko’zga yaqqol tashlanadi. Haqiqiy pedagog kasbdoshi yoki o’quvchisi sodir etgan qo’pollikdan ham afsuslanadi, hijolat chekadi. Bunday emotsional holat bolaga kuchli tarbiyaviy ta‘sir etadi. Or-nomus vijdonlilikning mezonidir.
O’qituvchilik vijdoni axloqiy madaniyatlilikning ifodasidir. U faol ta‘sir o’tkazish xususiyatiga ega bo’lib, bolalarda vijdon sha‘n, qadr-qimmat haqidagi tasavvurlarni hosil qiladi. Shuning uchun ham o’qituvchining vijdoni doimo pok bo’lmog’i kerak. Muallim hamma vaqt o’z-o’zini, o’z xatti-harakatlarini o’quvchilar va ota-onalar ko’zi bilan nazorat qilib borishi kerak. Muallim bolaning ko’z oldida kelajakning timsoli sifatida namoyon bo’lmog’i lozim. Chunki bugun undan saboq olayotgan o’quvchilar o’n besh-yigirma yildan so’ng jamiyat hayotida, ijtimoiy mehnatda faol qatnashadi. Muallim bugun qanday yashab, qanday ishlab, o’quvchilarni qanday o’qitgan bo’lsa, uning timsoli o’quvchilari uchun ularning hayot yo’lini yorituvchi axloqiy nur bo’lib xizmat qiladi. Muallimning o’z vijdoniga xilof qilgan har bir ishi, nafaqat bugun uning atrofidagi kishilar uchun, balki jamiyatning kelajagi uchun ham zararlidir. Pedagoglik vijdoni o’qituvchidan faqat bugunni emas, balki o’z o’quvchilarining kelajagini ham o’ylab qadam bosishni talab etadi.

Download 1,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish