Almashinuv tezliklarini muvofiqlashtirish va ma’lumotlarni keshlash Ma’lumotlar almashinuvida doimo tezliklarni muvofiqlashtirish
masalasi paydo bo‘ladi. Masalan, agar bir foydalanuvchi jarayon
ayrim ma’lumotlarni ishlab chiqib, ularni operativ xotira orqali boshqa
foydalanuvchi jarayonga uzatayotgan b o‘lsa, bu vaziyatga umuman
olganda ma’lumotlarni generatsiya qilish va ularni o‘qish tezligi birbiriga mos kelmaydi. Amaliy jarayonlar o‘rtasida ma’lumotlar
almashinuvi paytida tezlikni muvofiqlashtirish odatda operativ
xotiradagi ma’lumotlarni buferlash va jarayonlarni buferdan
foydalanishini sinxronlash hisobiga erishiladi.
Shunga o‘xshash yo‘l bilan kiritish/chiqarish kichik tizimda
almashinuv tezliklarini muvofiqlashtirish muammosi hal etiladi.
Bunda operativ xotirada ma’lumotlarni bufferlash usulidan keng
foydalaniladi. Kiritish/chiqarishni yuqori tezligini ta’minlash birinchi
navbatdagi vazifa deb hisoblangan ixtisoslashgan operatsion
tizimlarda (real vaqtda boshqarish, tarmoq fayl xizmatlari va hokazo)
operativ xotiraning asosiy qismi amaliy dasturlar kodlariga emas,
balki ma’lumotlar buferlariga ajratiladi. Lekin faqat kiritish/chiqarish
kichik tizimning operativ xotirasi asosida bufferlash yetarli emas,
chunki jarayonlar ishlov talab etiladigan ma’lumotlarni
joylashtiradigan operativ xotira bilan almashinuvning tezligi va tashqi
qurilmaning ishlash tezligi o‘rtasidagi tafovut operativ xotirani
vaqtinchalik bufer sifatida foydalanish uchun k o‘pincha xaddan
tashqari juda katta b o‘ladi; uning hajmi shunchaki (oddiygina)
yetmasligi mumkin. Katta hajmdagi ma’lumotlar almashinuvi
zaruratida kiritish/chiqarish tizimlarda spulingdan foydalaniladi;
bunda ma’lumotlar diskning alohidagi, diskli fayl yoki spul-fayl deb
nomlanuvchi, qismida bufferlanadi. Spul-fayl qo‘llanishining yaqqol
misoli deb ma’lumotlarni printerga chiqarishni tashkil etish
hisoblanadi. Chop etiladigan hujjatlarning bir nechta o‘n megabayt
hajmda bo‘lishi tez-tez uchraydigan hol, shuning uchun ularni
vaqtinchalik saqlash uchun (har bir hujjatni chop etish bir necha
daqiqadan boshlab o‘n daqiqalargacha vaqt talab etadi) operativ
xotiraning hajmi shubhasiz yetarli emas. Bu muammoning boshqa
yechimi – bu tashqi qurilmalar kontrollerlarida katta hajmli bufer
xotirasidan foydalanish. Bunday yondashuv ma’lumotlarni diskka
joylashtirish almashinuvni haddan tashqari sekinlashtirgan (yoki
ma’lumotlar diskning o‘ziga chiqarilgan) hollarda ayniqsa foydali.
Masalan, grafik displeylarning kontrollerlarida hajmi operativ xotira
bilan taqqoslanadigan bufer xotira qo‘llaniladi, va bu grafik shakllarni
ekranga chiqarishni sezilarli darajada tezlashtiradi.
Kiritish/chiqarishda ma’lumotlarni buferlash nafaqat protsessor va
tashqi qurilmaning ishlash tezliklarini muvofilashtiradi, balki boshqa
masalani hal etadi, ya’ni ma’lumotlarni keshlash hisobiga
kiritish/chiqarish real amallari sonini qisqartiradi. Diskli kesh deyarli
barcha operatsion tizimlarni kiritish/chiqarish kichik tizimlarining
ajralmas qismi bo‘lib, saqlanayotgan ma’lumotlardan foydalanish
vaqtini sezilarli darajada qisqartiradi.