Protsessor va kiritish/chiqarish qurilmalarini parallel ravishda ishlashi Kiritish/chiqarish qurilmalari va protsessorni parallel ravishda
ishlashi mazkur qurilmaga tegishli kontroller va drayverni o‘zaro
harakatda bo‘lish yo‘li bilan tashkil etiladi. Kontroller muntazam
ravishda drayverdan qurilmaga chiqariladigan ma’lumotlar, hamda, bu
ma’lumotlarga nisbatan qanday amallar bajarilish kerakligini
bildiruvchi (masalan, ekranning ma’lum qismiga matn ko‘rinishda
ma’lumotni chiqarish yoki diskning aniq sektoriga yozish) boshqaruv
ko‘rsatmalarni qabul qiladi. Kontroller boshqaruvi os tida qurilma o‘z
amallarini ma’lum bir vaqt davrida mustaqil tarzda, markaziy
protsessor va OT tomonidan e’tibor talab qilmagan holda, bajarishi
mumkin. Bu vaqt ko‘p omillarga bog‘liq – chiqarilayotgan
ma’lumotlarning hajmi, qurilmaning ishlash tezligi va hokazo. Xatto
eng oddiy, sodda funksiyalarni bajaradigan kontroller odatda
protsessor tomonidan navbatdagi ko‘rsatmani olganidan keyin mazkur
funksiyani bajarish uchun bir muncha k o‘p vaqt sarflaydi. Bunday
xulosa murakkab kontrollerlarga nisbatan ham o‘rinli, chunki barcha
kiritish/chiqarish qurilmaning, hatto eng katta tezlik bilan ishlaydigan,
ishlash tezligi odatda protsessorning tezligidan sezilarli darajada past.
Demak protsessor tomonidan buyruqlar berilishi o‘rtasidagi davrlarda
kontrollerlar o‘z amallarini OT ga bog‘lanmagan holda bajaradi. OT
ning kiritish/chiqarish kichik tizimidan “faqat” tegishli
kontrollerlardan har bir drayverning unga keluvchi t o‘xtatish
signallarga javob berishning ma’qul vaqtini ta’minlagan holda,
kompyuter tarkibiga kiritilgan barcha kiritish/chiqarish qurilmalarning
drayverlarini ishga tushurish va vaqtinchalik to‘xtatish talab etiladi.
Bunda protsessorning kiritish/chiqarishni ta’minlashga sarflaydigan
vaqti foydalanuvchilar jarayonlari foydasiga minimallashtirilgan
bo‘lishi lozim. Mazkur vazifa real vaqtda ishlaydigan tizimlarda
jarayonlarni rejalashtirish/dispetcherlashtirishning klassik topshiri g‘i
deb hisoblanadi va odatda to‘xtatish bo‘yicha ko‘p darajali ustuvorlik
sxema asosida hal etiladi. Javob berishning ma’qul darajasini
ta’minlash uchun barcha drayverlar (yoki drayverlarning bir qismi)
mazkur qurilmaga ruxsat berilgan javob berish vaqti va tegishli
drayverni bajarish uchun jarayon sarflaydigan vaqtga ko‘ra bir nechta
ustuvor darajalar bo‘yicha taqsimlanadi. Ustuvorlik sxemasini amalga
oshirish uchun, odatda OT ning to‘xtatishlar dispetcheri ishlatiladi.