Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot


 Ma’lumotlarni qayta tiklash usullari



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/203
Sana14.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#363640
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   203
Bog'liq
fayl 1714 20210831

5.3. Ma’lumotlarni qayta tiklash usullari 
Ma’lumotni yo’qolishi ixtiyoriy tashkilot uchun jiddiy muammo hisoblanib
buni oldini olish uchun ma’lumotni qayta tiklash usullaridan foydalanish talab 
etiladi. Ushbu jarayon ma’lumot qanday yo’qolgani, ma’lumotni qayta tiklash 
dasturiy vositasi va ma’lumotni tiklash manziliga bog’liq bo’ladi.  
Ma’lumotni saqlash vositalari, USB  xotira, qattiq disk, DVD  va boshqa 
saqlovchilardan ma’lumotlarni qayta tiklash mumkin. Qayta tiklash jarayonining 
muvaffaqqiyatli amalga oshirilishi saqlovchiga ma’lumotni qayta yozilmaganligi va 
foydalanuvchining malakasiga bog’liq bo’ladi. Ma’lumotni qayta tiklash jarayonida 
to’g’ri bilim va to’g’ri tanlangan vosita muhim hisoblanadi. 
Ma’lumotni qayta tiklash har doim ham muvaffaqqiyatli bo’lmasligi mumkin. 
Agar saqlash tizimiga xatolik mavjud bo’lsa yoki ko’p zarar yetgan bo’lsa, 
ma’lumotni tiklashning imkoni bo’lmasligi mumkin. Ma’lumotni qayta tiklanish 
ehtimoli uni o’chirilganlik sababiga bog’liq bo’ladi. Ma’lumotni yo’qolishiga sabab 
bo’luvchi holatlar quyidagilar: 


191 
 
Faylni o’chirish: 
agar fayl o’chirilsa, ushbu soha qaytadan yozilgunga qadar 
saqlagichda mavjud bo’ladi. Bu holat OT  disk  sohasidan qayta foydalanganda 
yuzaga keladi. Ma’lumot saqlangan sohadagi kichik xotirada ma’lumotni yozilishi 
butun ma’lumotni tiklanmasligiga sababchi bo’lishi mumkin. Windows OTda NTFS 
fayl tizimida ma’lumotni o’chirish algoritmi mavjud va ma’lumotni tiklash ham 
ushbu algoritm asosida amalga oshiriladi. 
Faylni zararlanishi: 
agar operasion tizim zararlansa, ma’lumotni diskning 
razdellar jadvali yordamida tiklash mumkin. Agar diskning razdellar jadvali ham 
zararlangan bo’lsa, u holda qayta tiklash vositalaridan foydalanish talab etiladi. 
Qattiq diskni fizik zararlanishi: 
qattiq diskka fizik ta’sir bo’lishi unga faylni 
zararlanishiga qaraganda katta yo’qotishni olib kelishi mumkin. Bu esa ma’lumotni 
qayta tiklashning maxsus sathidan foydalanishni talab etadi. Zararlangan fizik 
diskdan ma’lumotni tiklash vaqtida, tiklash jarayonining muhiti turli 
ifloslanishlardan xoli bo’lishi zarur. Ya’ni, bu jarayon toza xonada amalga oshirili 
shart. Chang bo’lgan sohalardan ma’lumotni qayta tiklanishi qiyin bo’ladi. Ushbu 
holatda ma’lumotni tiklash juda ham qiyin bo’lib, zararlanish turiga bog’liq bo’ladi. 
Ma’lumotlarni qayta tiklashda quyidagilarni esda saqlash zarur: 
-
 
ma’lumot yo’q bo’lgan qattiq diskda qayta tiklangan ma’lumotni yozmaslik
-
 
turli zaxira nusxalarni amalga oshirish kerak va ularni turli manzillarda 
saqlash zarur; 
-
 
ma’lumotni qayta tiklash har doim ham 100% samara bermaydi; 
-
 
tashqi qurilmani tizimga ulashga yehtiyot bo’lish zarur, bu holda disk 
zararlangan bo’lsa, tizim yoki fayllarni zararlanishiga olib kelishi mumkin. 
Windows  OTda  ma’lumotni  qayta  tiklash  vositalari. 
Amalda turli 
saqlagichlardan yo’qolgan ma’lumotlarni tiklashda qator dasturiy vositalardan 
foydalaniladi. Quyida ulardan ayrimlarining xususiyatlari keltirilgan.
  
Recovery My Files. 
Ushbu dasturiy vosita Korzinkadan, qattiq diskdan 
o’chirilgan fayllarni va zararli dasturiy vositalar yordamida o’chirilgan fayl va 
ma’lumotlarni tiklash imkoniyatiga ega. Bunda, ma’lumotni tiklanishi fayl 


192 
 
kontentiga bog’liq bo’ladi. Ushbu dasturiy vosita quyidagi ikki mexanizmdan 
foydalanadi: 
Yo’qolgan fayl: 
ushbu mexanizm o’chirilgan fayllarni qidiradi va bunda 
notanish turlar inobatga olinmaydi.  
Yo’qolgan diskni tiklash: 
ushbu mexanizm eski disklarda saqlangan 
ma’lumotlarni tiklashda yordam beradi. 
EASEUS Data Recovery Wizard. 
Ushbu ma’lumotni qayta tiklash dasturiy 
vositasi  iOS, Android, USB xotiralar va qattiq disklardan kutilmagan xatolik yuz 
bergan holatlarda yo’qolgan ma’lumotni tiklash uchun foydalaniladi. 
Ushbu dasturiy vosita quyidagi xususiyatlarga ega: 
-
 
o’chirilgan, formatlangan va foydalanishga yaroqsiz ma’lumotni qaytarish; 
-
 
barcha o’chirilgan fayllar, rasmlar, hujjatlar, videolar va boshqa fayllarni 
qaytarish; 
-
 
shaxsiy kompyuter, noutbuk, qattiy disq va boshqa qurilmalardan ma’lumotni 
tiklash; 
-
 
o’chirilgan, yo’qotilgan va yashiringan razdellardan ma’lumotni tiklash; 
-
 
mijozlarga texnik yordamchi vazifasini amalga oshiradi. 
Bulardan tashqari, Windows OTda  Advanced Disk Recovery, Handy 
Recovery, R-Studio, Data Recovery Pro, Recuva, Total Recall, Pandora Recovery 
kabi dasturiy vositalardan foydalanib ma’lumotlarni qayta tiklash mumkin. 

Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish