TERMINLAR LUG'ATI Ajratilgan xonaning akustik himoyasi – ovozning to’siq konstruktsiya
orqali to’g’ridan – to’g’ri o’tishi yo’li bilan nutqiy maxfiy yoki konfidentsial
axborotni ajratilgan xona tashqarisiga sirqib chiqishini oldini olish bo’yicha
rejalashtirilgan tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish jarayoni.
Akkreditatsiya (sertifikatsiya organining akkreditatsiyasi) - tashkilotning
ma’lum (so’ralgan) sohada sertifikatsiya buyicha muayyan ishlarni bajarishga
kompetentligini (qodirligini) vakolatli (nufuzli) organ tomonidan rasman tan olinishi.