Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/203
Sana05.01.2022
Hajmi4,35 Mb.
#317892
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   203
Bog'liq
Kiber

13-modda. Shaxsning axborot borasidagi xavfsizligi 
Shaxsning axborot borasidagi xavfsizligi uning axborotdan erkin foydalanishi 
zarur sharoitlari va kafolatlarini yaratish, shaxsiy hayotiga taalluqli sirlarini saqlash, 
axborot vositasida qonunga xilof ravishda ruhiy ta’sir ko’rsatilishidan himoya qilish 
yo’li bilan ta’minlanadi. 
Jismoniy  shaxslarga  taalluqli  shaxsiy  ma’lumotlar  maxfiy  axborot  toifasiga 
kiradi. 
Jismoniy  shaxsning  roziligisiz  uning  shaxsiy  hayotiga  taalluqli  axborotni, 
xuddi  shuningdek  shaxsiy  hayotiga  taalluqli  sirini,  yozishmalar,  telefondagi 
so’zlashuvlar,  pochta,  telegraf  va  boshqa  muloqot  sirlarini  buzuvchi  axborotni 
to’plashga,  saqlashga,  qayta  ishlashga,  tarqatishga  va  undan  foydalanishga  yo’l 
qo’yilmaydi, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno. 
 Jismoniy shaxslar to’g’risidagi axborotdan ularga moddiy zarar va ma’naviy 
ziyon yetkazish, shuningdek ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari 
ro’yobga chiqarilishiga to’sqinlik qilish maqsadida foydalanish taqiqlanadi. 
Fuqarolar  to’g’risida  axborot  oluvchi,  bunday  axborotga  egalik  qiluvchi 
hamda undan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar bu axborotdan foydalanish 
tartibini buzganlik uchun qonunda nazarda tutilgan tarzda javobgar bo’ladilar. 
Ommaviy  axborot  vositalari  axborot  manbaini  yoki  taxallusini  qo’ygan 
muallifni  ularning  roziligisiz  oshkor  etishga  haqli  emas.  Axborot  manbai  yoki 
muallif nomi faqat sud qarori bilan oshkor etilishi mumkin. 
14-modda. Jamiyatning axborot borasidagi xavfsizligi 
Jamiyatning axborot borasidagi xavfsizligiga quyidagi yo’llar bilan erishiladi: 
demokratik  fuqarolik  jamiyati  asoslari  rivojlantirilishini,  ommaviy  axborot 
erkinligini ta’minlash; 


268 
 
qonunga  xilof  ravishda  ijtimoiy  ongga  axborot  vositasida  ruhiy  ta’sir 
ko’rsatishga, uni chalg’itishga yo’l qo’ymaslik; 
jamiyatning ma’naviy, madaniy va tarixiy boyliklarini, mamlakatning ilmiy 
va ilmiy-texnikaviy salohiyatini asrash hamda rivojlantirish; 
milliy  o’zlikni  anglashni  izdan  chiqarishga,  jamiyatni  tarixiy  va  milliy 
an’analar  hamda  urf-odatlardan  uzoqlashtirishga,  ijtimoiy-siyosiy  vaziyatni 
beqarorlashtirishga, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni buzishga qaratilgan 
axborot ekspansiyasiga qarshi harakat tizimini barpo etish. 
15-modda. Davlatning axborot borasidagi xavfsizligi 
Davlatning axborot borasidagi xavfsizligi quyidagi yo’llar bilan ta’minlanadi: 
axborot  sohasidagi  xavfsizlikka  tahdidlarga  qarshi  harakatlar  yuzasidan 
iqtisodiy, siyosiy, tashkiliy va boshqa tusdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish; 
davlat sirlarini saqlash va davlat axborot resurslarini ulardan ruxsatsiz tarzda 
foydalanilishidan muhofaza qilish; 
O’zbekiston  Respublikasining  jahon  axborot  makoniga  va  zamonaviy 
telekommunikasiyalar tizimlariga integrasiyalashuvi; 
O’zbekiston  Respublikasining  konstitusiyaviy  tuzumini  zo’rlik  bilan 
o’zgartirishga,  hududiy  yaxlitligini,  suverenitetini  buzishga,  hokimiyatni  bosib 
olishga  yoki  qonuniy  ravishda  saylab  qo’yilgan  yoxud  tayinlangan  hokimiyat 
vakillarini hokimiyatdan chetlatishga va davlat tuzumiga qarshi boshqacha tajovuz 
qilishga  ochiqdan-ochiq  da’vat  etishni  o’z  ichiga  olgan  axborot  tarqatilishidan 
himoya qilish; 
urushni va zo’ravonlikni, shafqatsizlikni targ’ib qilishni, ijtimoiy, milliy, irqiy 
va  diniy  adovat  uyg’otishga  qaratilgan  terrorizm  va  diniy  ekstremizm  g’oyalarini 
yoyishni o’z ichiga olgan axborot tarqatilishiga qarshi harakatlar qilish. 
16-modda.  Axborot  erkinligi  prinsiplari  va  kafolatlari  to’g’risidagi  qonun 
hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik 
Axborot  erkinligi  prinsiplari  va  kafolatlari  to’g’risidagi  qonun  hujjatlarini 
buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar. 


269 
 
O’zbekiston  Respublikasida  kiberjinoyatlarga  qarshi  javobgarliklar  quyida 
keltirilgan.  
O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks: 
155-modda. Axborotdan foydalanish qoidalarini buzish 
-
 
Axborot tizimidan foydalanish maqsadida unga ruxsatsiz kirib olishda 
ifodalangan axborot va axborot tizimlaridan foydalanish qoidalarini buzish — 
o
 
fuqarolarga  eng  kam  ish  haqining  uchdan  bir  qismidan  bir 
baravarigacha,  mansabdor  shaxslarga  esa  —  bir  baravaridan  uch 
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi. 
-
 
Axborot  tizimlarining  ishini  buzishga  olib  kelgan  xuddi  shunday 
huquqbuzarlik,  xuddi  shuningdek  kirish  cheklangan  axborot  tizimlarini  axborot-
hisoblash tarmoqlariga ulash chog’ida tegishli himoya choralarini ko’rmaganlik — 
o
 
fuqarolarga  eng  kam  ish  haqining  bir  baravaridan  uch 
baravarigacha,  mansabdor  shaxslarga  esa  —  uch  baravaridan  besh 
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi. 
-
 
Yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  axborot  tizimlarini  xalqaro  axborot 
tarmoqlariga  qonunga  xilof  ravishda  ulash,  bu  tarmoqlarga  tegishli  himoya 
choralarini ko’rmasdan ulanish, xuddi shuningdek ulardan ma’lumotlarni qonunga 
xilof ravishda olish — 
o
 
fuqarolarga  eng  kam  ish  haqining  ikki  baravaridan  besh 
baravarigacha,  mansabdor  shaxslarga  esa  —  besh  baravaridan  yetti 
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi. 
-
 
O’zganing elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturi yoki 
ma’lumotlar bazasini  o’z  nomidan  chiqarish  yoxud  qonunga xilof ravishda undan 
nusxa olish yoki bunday asarlarni tarqatish — 
o
 
fuqarolarga  eng  kam  ish  haqining  bir  baravaridan  uch 
baravarigacha,  mansabdor  shaxslarga  esa  —  uch  baravaridan  besh 
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi. 
218-modda.  Ommaviy  axborot  vositalari  mahsulotlarini  qonunga  xilof 
ravishda tayyorlash va tarqatish 


270 
 
-
 
Ommaviy  axborot  vositalarining  mahsulotlarini  belgilangan  tartibda 
ro’yxatdan  o’tkazmasdan  yoki  ularni  chiqarishni  yoxud  nashr  etishni  to’xtatish 
to’g’risida  qaror  qabul  qilingandan  keyin  qonunga  xilof  ravishda  tayyorlash  va 
tarqatish — 
o
 
bosma  yoki  boshqa  mahsulotlarni  musodara  qilib, eng  kam  ish 
haqining  uch  baravaridan  besh  baravarigacha  miqdorda  jarima  solishga 
sabab bo’ladi. 
O’zbekiston Respublikasi jinoyat kodeks: 
143-modda.  Xat-yozishmalar,  telefonda  so’zlashuv,  telegraf  xabarlari  yoki 
boshqa xabarlarning sir saqlanishi tartibini buzish 
-
 
Xat-yozishmalar, telefonda so’zlashuv, telegraf xabarlari yoki boshqa 
xabarlarning  sir  saqlanishi  tartibini  qasddan  buzish,  shunday  harakatlar  uchun 
ma’muriy jazo qo’llanilgandan keyin sodir etilgan bo’lsa, — 
o
 
eng  kam  oylik  ish  haqining  yigirma  besh  baravarigacha 
miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki 
uch  yuz  oltmish  soatgacha  majburiy  jamoat  ishlari  yoxud  uch  yilgacha 
axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. 

Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish