259
8 BOB. KIBERJINOYATLARNING INSON XAVFSIZLIGIGA TA’SIRI
8.1. Kiberjinoyatchilik, kiberhuquq va kiberetika
8.1.1. Kiberjinoyatchilik
Kiberjinoyatchilik
bu
–
kompyuter yoki boshqa qurilmalarga qarshi qilingan
yoki kompyuter va boshqa qurilmalar orqali qilingan jinoiy faoliyat turi bo’lib,
uning eng keng tarqalgan turlari - kompyuter qaroqchiligi, onlayn firibgarlik,
kompyuter tizimlariga hujum qilish, shaxsiy ma’lumotlarni o’g’irlash va noqonuniy
yoki taqiqlangan ma’lumotlarni tarqatish.
Kiberjinoyatni amalga oshirganda quyidagilar asosiy maqsad sifatida qaraladi:
-
pul, qimmatli qog’ozlar, kredit, moddiy boyliklar, tovarlar, xizmatlar,
imtiyozlar, ko’chmas mulk, yoqilg’i xom ashyosi, energiya manbalari va strategik
xom ashyolarni noqonuniy olish;
-
soliq va turli yig’imlarni to’lashdan bosh tortish;
-
jinoiy daromadlarni legallashtirish;
-
qalbaki hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar, shaxsiy yutuqlar uchun
kassa chiptalarini qalbakilashtirish yoki tayyorlash;
-
shaxsiy yoki siyosiy maqsadlarda maxfiy ma’lumotlarni olish;
-
ma’muriyat yoki ishdagi hamkasblardan shaxsiy dushmanlik
munosabatlari uchun qasos olish;
-
shaxsiy yoki siyosiy maqsadlar uchun mamlakat pul tizimini buzish;
-
mamlakatdagi
vaziyatni,
hududiy
ma’muriy
tuzulishni
beqarorlashtirish yoki siyosiy maqsadlar uchun tartibga solish;
-
talonchilik, raqibni yo’q qilish yoki siyosiy maqsadlar uchun muassasa,
korxona yoki tizim ishining tartibini buzish;
-
boshqa turdagi jinoyatlarni yashirish uchun;
-
tadqiqot masalalarida;
-
shaxsiy intelektual qobiliyat yoki ustunlikni namoyish qilish uchun.
Kiberjinoyatlar hajmini keskin oshishiga quyidagilar motiv bo’lib xizmat
qilmoqda:
260
-
moliyaviy qiyinchilikdan chiqish;
-
jinoyatchidan bo’lgan qarzdorlikni kechikmasdan jamiyatdan olish;
-
kompaniyadan va ish beruvchidan o’ch olish;
-
o’zini tengsizligini ko’rsatish uchun.
Kiberjinoyatchilikning turlari.
Kiberjinoyat turlarini qat’iy bir tasniflashning
imkoni yo’q. Quyida kriminologiya sohasida aloqador holda kiberjinoyatlarning
turlari keltirilgan:
-
iqtisodiy kompyuter jinoyatchiligi;
-
inson va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga
qarshi qaratilgan kompyuter jinoyatchiligi;
-
jamoat va davlat xavfsizligiga qarshi kompyuter jinoyatchiligi.
Iqtisodiy kompyuter jinoyatchiligi amalda ko’p uchraydi. Ular jinoyatchilarga
miliionlab AQSh dollari miqdoridagi noqonuniy daromadlar keltiradi. Ular orasida
keng tarqalgani firibgarlik bo’lib, u asosan bank hisobraqamlari va bank kartalari
orqali amalga oshiriladi. Xalqaro amaliyotda plastik kartalar bilan sodir etilgan
jinoyatlar yo’qolgan yoki o’g’irlangan kartalar, soxta to’lov kartalarini yaratish yoki
ulardan foydalanish, karta taqdim etmasdan bank hisobvarag’i ma’lumotlarini olish
va noqonuniy foydalanish bilan, shuningdek, karta egasi tomonidan sodir etilgan
jinoyatlar bilan bog’liq.
Kiberjinoyatlarning yana bir turi inson va fuqorolarning huquqlari va
erkinliklariga qarshi jinoyatlar - “kompyuter qaroqchiligi”dir. Ushbu jinoyatlar
dasturiy ta’minotni noqonuniy nusxalash, ishlatish va tarqatishda namoyon bo’ladi.
Bu dasturiy ta’minot va ma’lumotlar bazasini yaratish bilan bog’liq huquqiy
munosabatlarga (mualliflik huquqi) jiddiy zarar yetkazadi. Bundan tashqari, dasturiy
ta’minot kompaniyalariga katta moliyaviy yo’qotishlarni olib keladi.
“Maykrosoft Armaniston” kompaniyasining direktori Grigor Barsegyanning
takidlashicha, “kompyuter qaroqchiligi” ishlab chiqaruvchilarga yetkazgan zarari
yiliga 66 milliard dollarni tashkil qiladi. Uning so’zlariga ko’ra Armanistonlik
istemolchilar o’zlarining moliyaviy resurslarini tejash uchun viruslarni yuqtirish
xavfi yuqori bo’lgan dasturlardan ongli ravishda foydalanadilar.
261
Kompyuter jinoyatchiligining oxirgi turi jamoat yoki davlat xavfsizligiga
qarshi kompyuter jinoyatchiligi bo’lib, ularga davlat yoki jamoat xavfsizligiga
qaratilgan jamoat uchun xavfli bo’lgan xatti - harakatlar kiradi. Ular ko’pincha
ma’lumot uzatish qoidalarini buzilishi, mamlakat mudofaa tizimining yoki uning
tarkibiy qismlarining buzilishi bilan bog’liq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |