Unitar almashtirishlar yordamida tasvir sifatini oshirish. Furьe, Uolsh, Adamar, Xaar va boshqa almashtirishlar (unitar almashtirishlar) tasvirni funktsiya orqali aniqlashda uning alohida ususiyalariga mos keluvchi spektral koeffitsientlardan foydalanadilar. Masalan 1-spektral tashkil etuvchi (o’zgarmas) tasvirning o’rtacha yogug’ligi proportsional bo’ladi. Yuqoriroq chastotali tashkil etuvchilar esa tasvirning boshqa xususiyatlari mezoni sifatida ishlatiladi. Ko’rinib turibdiki, bu xususiyatlari ko’pgina almashtirishlarni tasvir sifatini oshirish maqsadida ishlatish uchun yetarli asos bo’ladi. Masalan, ba’zi spetral koeffitsientlarni tashlab yuborish, logarifmlash, ildiz olish vahokazolar yo’li bilan tasvirlarni chastotalar sohasida filьtrlash mumkin.
To’g’ri Furьe diskret almashtirish(TFDA) quyidagicha yoziladi:
z
z
G(u, v) 1 L1 L1 g(i, j) exp 2 1 (iu jv)
i0 j 0
bu yerda LxL tasvir matritsasi o’lchamlari; u, v-fazoviy chastotalar.
Agar H(u, v) filьtrning chastota xususiyati bo’lsa, u holda chastotalar sohasida filьtrlash ushbu F (u, v)=H (u, v)*G (u, v) ko’paytirishni bajarish va F(u, v) funktsiyaning teskari Furьe diskret almashtirishini quyidagicha bajarishga keladi:
z
z
f (i, v) 1 L1 L1 F (u, v) exp 2 1 (ui vj)
u 0 v0
Furьe almashtirishining past chastotali komponentlari bir jinsli ob’ekt va fonlarga, yuqori chastotalisi esa chegara va halaqitlarga mos keladi. Demak tasvirni tekislash yoki chegaralarni kuchaytirish uchun past yoki yuqori chastotali filьtrlardan foydalanish mumkin.
Past chastotali filьtr sifatida H(u,v)=1-[(cospu)(cospm)],>1; ifodali filьtrdan foydalanish mumkin. U halaqitlarni yo’qotadi, lekin tasvirni yoyilishiga olib keladi.
Yuqori chastotali filьtr sifatida H(u,v)=1-[(cospu)(cospm)],1 ifodali filьtrdan foydalanish mumkin. Bu filьtr tasvirdagi bir jinsli maydonlar yorug’liklari orasidagi farqni keskinlashtiradi, lekin halaqitni kupaytirib, ob’ekt aniqligini pasaytiradi.
Ko’pincha ikkalasi ham befoyda bo’lganda ikkisi ham uchun yaroqli bo’lgan H(u,v)=2-[(cospu)(cospm)], 1 ko’rinishdagi filьtrni ishlatish mumkin, u past chastotalarni o’zgartirmaydi, lekin yuqori chastotalarni kuchaytiradi.
Tasvirlarga ishlov berish, shu jumladan halaqitlarni yo’qotish uchun Furьe, Xaar, Uolsh hamda boshqalarning almashtirishlari asosida ko’plab filьmlar taklif etilgan. Ularning ko’pi qoniqarli natijalar beradi, lekin amallarning murakkabligidan maxsus protsessor bo’lmasa hisoblashlar noqulay va maqsadga muvofiq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |