Soha lugatlari. Glossariy
Ilm-fan rivoji va zamonaviy texnologiyalarning taraqqiy etishi natijasida turli sohalarda yangi atama va leksemalar kolami kengayib paydo boldi. Buning natijasi olaroq, zamonaviy lugatshunoslikda sohaviy lugatlar tuzish samaradorligiga ehti-yoj ortib, zamonaviy tilshunoslikda ushbu yonalishdagi ilmiy tadqiqotlarga bolgan talab sezilarli darajada ortdi.
Sohaviy lugat tuzish boyicha mamlakatimizning koplab tilshunoslari tomonidan keng kolamli ishlar olib borilib, bir necha sohalarda qollab keli-nalayotgan lugatlar tuzildi. Bularga misol tariqasida J.Hasanboyev, X.To-raqulov, M.Haydarov va O.Hasanboyeva tomonidan tuzilgan Pedagogika fanidan izohli lugat va E.Nazirov va D.Nazirov tomonidan tuzilgan Yarim otkazgichlar fizikasi lugatini keltirishimiz mumkin.
Shu orinda, sohaviy lugatlar tushunchasiga toxtalib, uning lingvistik va en-siklopedik lugatlar bilan oxshash va farqli jihatlarini tahlil qilamiz. Sohaviy lu-gatlar maxsus lugatlar va atamalar lugati kabi nomlar bilan ham ishla-tiladi. Xususan, M.Irisqulov ozining Tilshunoslikka kirish kitobida ularni maxsus lu-gatlar deb atab, ularga shunday tarif beradi:Bu lugatlar fan va texnikaning malum bir yonalishiga, tarmogiga bagishlangan bolib, u ham izohli ham tarjima lugati bolishi mumkin.1 Ushbu izohdan korinib turibdiki, sohaviy lugatlar oz ornida ikki xil turga bolinadi. Biri bir til ichidagi malum bir tarmoqqa doir soz-larga berilgan tariflarni oz ichiga olsa, ikkinchi turiga bir tildagi sohaviy ata-malarning boshqa bir yoki bir necha tillardagi tarjimasidan tashkil topgan lugat-lar-dir. Yuqorida keltirilgan sohaviy lugatlar birinchi turga misol bolsa, sohaviy tar-jima lugatlariga B.Alixonov va S. Samolyovning Ozbekcha-ruscha-inglizcha ekologik izohli lugati misol bola oladi. N.Rasulova esa sohaviy lugatlarni tar-moq lugatlar deb atab, ularni shunday izohlaydi:Malum bir tarmoqqa dori soz-larnigina tanlab, ularni bir tartibda joylashtirib joylashtirib izohlashni maqsad qilgan lugatlar tarmoq lugat hisoblanadi.2
Sohaviy lugatlar ensiklopedik va lingvistik lugatlarning kichik korinishi bolsa-da, ulardan farqli jihatlari ham yetarlicha. Ensiklopedik lugatlar biror bir millat orasidagi tushunchalar boyicha umumiy malumotlarni, yoki biror bir soha-ning ichidagi barcha leksema va frazemalarning keng kolamli izohini keltirib otadi. Ensiklopedik lugatlarda sozlarning etimologik tahlili bilan birgalikda uning kelib chiqish tarixini, masalan, kimdir tomonidan yaratilgan bolsa, yaratuvchisi, yara-tilish vaqti va sharoiti haqida ham malumot berib otadi. Sohaviy lugatlar esa nis-batan torroq tushuncha bolib, odatda, katta sohalarni kichik tarmoqlarga ajratgan holda, osha tarmoqdagi sozlarni tariflaydi. Bunda, ensiklopedik lugatlar kabi soz haqidagi barcha malumotlarni jamlamasdan, tushunchaning ozini izohlashga eti-bor qaratilgan boladi.
Lingvistik izohli lugatlar esa, ozida leksemalarning atash manosidan tash-qari, lingvistik tahlilini (qaysi soz turkumiga tegishli ekanligi kabi), qaysi tildan ke-lib chiqqanligi, ushbu sozdan tashkil topadigan iboralarning leksik manosini, shu-ningdek, sozlarning kopmanolilik va shakldoshlik jihatlarini va soz ishtirok etgan gaplardan namunalarni ham oz ichiga oladi. Sohaviy lugatlar esa soddaroq tuzil-gan bolib, asosiy maqsadi atamalar haqida soha vakillari va foydalanuvchilarga tu-shunarli malumot yetkazishdan iborat. Quyida, ensiklopedik, lingvistik va sohaviy lugatlarning oxshashlik va farqli tomonlari yanada tushunarli bolishi uchun annotatsiya sozining ushbu uch turdagi lugatlardagi tariflarini keltirib otamiz.
Annotatsiya(lot.annotatio mulohaza, qayd; eslatma) Kitob, maqola va sh.k.ning mazmuni, ahamiyati haqidagi qisqacha malumot, qisqacha tarif. Kitob annotatsiyasi. Annotatsiya yozmoq.3
Annotatsiya(lot. annotation - qayd) qisqacha tarif. Kitob, maqola, qol-yoz-ma mundarijasini, goyaviy-siyosiy yonalishini va b. jihatlarini ochib beradi. A.ni, kitobning ozida, bibliografik korsatkichlarda va kutubxona kataloglarida uchratish mumkin. Uning vazifasi oquvchilarda muayyan kitob, maqola, qolyozma tog-risida umumiy tasavvur tugdirish va ularga adabiyotlar tanlashda yordam kor-satishdir.4
Annotatsiya kitob, qollanma va shu kabilarning ahamiyati, mazmuni haqida qisqacha malumot.5
Izlanishlar natijasi olaroq, shuni aytishimiz mumkinki, sohaviy lugatlar tuzish faqatgina leksikografiya sohasida foyda berib qolmay, foydalanuvchilarga turli soha va yonalishlarda uchraydigan atamalarni yaxshiroq tushunish uchun ham qol ke-ladi. Shuningdek, keltirilgan misollar orqali sohaviy lugatlarlarning lingvistik va ensiklopedik lugatlar bilan oxshash va farqli jihatlari boyicha asosiy tushunchaga ega bolish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |