“Мой компьютер” (mening kompyuterim)
ilovasi bilan ishlash
MS Windows tizimi kompyuterda ma’lumotlarni saqlash strukturalarini boshqarish va ko’rib chiqishni ikki usulda bajaradi; “Мой компьютер” (Mening kompyuterim ) va “Проводник” (Bsohlovchi) ilovalari yordamida.
“Мой компьютер” (Mening kompyuterim) ilovasi kompyuterning fayilli strukturasini va disklarini, papka hamda fayillarini, shu jumladan, “Панель управления” (Boshqarish paneli) va “Принтеры” (Printerlar) ilovalari faoliyatini muvofiqlashtirib boshqarish imkoniyatlarini yaratib beradi. “Мой компьютер” fayillarni o’chirish nomini o’zgartirish, ulardan nusxa olish uchun ishlatilishi ham mumkin.
Ish stolidagi “Мой компьютер” obektida “sichqoncha”ni ikki marta bossangi, ilova oynasi ochiladi.
“Мой компьютер” oynasi ochilganda, unda fayillar strukturasining yuqori pog’onasi aks etadi. Barcha ochish mumkin bo’lgan disklar kulrang obyektlar bo’lib, qolgan resurslar – sariq papka ko’rinishida namoyish etiladi.
Agar (c:) disk belgisi ustida “ sichqoncha”ning chap tugmasi bir marta bosilsa, oynaning past qismida joylashgan holat satrida diskdagi bo’sh joy miqdori aks etadi.
KOPYUTER GIRAFIKASI
Grafik obyektlarni kopyuterda tasvirlash haqida ma’lumot
Axborotning asosiy qismini inson ko’rish a’zolari orqali qabul qiladi. Ko’rgazmali axborotning o’zlashtirilishi oson bo’ladi. Inson tabiatining ana shu hususiyati grafik operatsion tizimlarda qo’llaniladi. Ularda axborot grafik obyektla :belgilar, oynalar va rasimlar ko’rinishida tasvirlanadi.
Operatsion tizimning barcha girafik obyektlari, shuningdek, boshqa barcha tasvirlar qandaydir yo’l bilan kompyuterda hosil qilinishi yoki unga kiritilishi kerak. Grafik tasvirlarni kompyuterga kiritish uchun maxsus tashqi qurilmalar ishlatiladi. Ular bilan biz III- bobda tanishib chiqamiz. Eng ko’p tarqalgan qurilma - bu skanerdir. So’ngi payitda raqamli fotokameralarning ham qo’llanish ko’lami kengayib bormoqda. Ularning oddiy fotoapparadlardan farqi shundaki , tasvir kimyoviy yo’l bilan fotopilyonkaga tushirilmaydi, balki fotokamera xotirasininh mikrosixemalariga yozib qo’yiladi. U yerdan axborotni kabel orqali kompyuterga uzatish mumkin. Ayrim raqamli fotoapparatlar malumotlarni fayil sifatida egiluvchan diskka yozib qo’yish imkoniyatiga ham ega. Diskdagi axborotni esa kopyuterga unchalik qiyin emasligini siz yaxshi bilasiz.
Tasvirni kompyuterga videokameradan ham kiritish mumkin. Videoning ketma – ketlikdagi biror kadrni tanlashi va uni kompyuterga kiritishi tasvirni ushlab olish deyiladi.
Kompyuterga tasvirni kiritish uchun uni albatta skanerlash, rasimga olish yoki uni ushlab olish shart ems. Tasvirni kompyuterning o’zida ham hosil qilish mumkin. Buning uchun grafik muharrirlar deb ataluvchi maxsus dasturlar sinfi ishlab chiqilgan.
Axborotni grafik shaklda ishlab chiqish, taqdim etish, ularga ishlov berish, shuningdek, grafik obyektlar va fayillarda bo’lgan nografik obyektlar o’rtasid bog’lanish o’rnatishni informatikada kompyuter girafikasi deb atash qabul qilingan. Kompyuter girafikasi uch turga bo’linadi: rastrli grafika, vektorli girafika va fractal girafika Ular o’rtasidagi asosiy farq nurning displey ekranidan o’tish usulidan iborat. Eslab qoluvchi electron – nurli trubka (ENT)larga ega vektorli qurilmalarda nur berilgan trayektoriya bo’ylab bir marta chopib o’tadi, uning izi esa ekranda keyingi buyruq berilguncha saqlanib qoladi. Demak, vektorli grafikaning asosiy elementi – chiziqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |