Mavzu bo’yicha tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxati
(1, 3, 4, 5, 6, 8, 10, 13, 14, 15, 17,20, 21, 23, 24, 25, 27, 39, 40, 42, 45, 48, 49, 54, 55,
56, 58, 59, 61, 62, 63, 64, 65, 69, 70)
42
3.1. Realizatsiya hajmi, ishlab chiqarish xarajatlari va
foyda aloqadorligini tahlili
Realizatsiya hajmi, ishlab chiqarish xarajatlari va foyda ko’rsatkichlari uzviy
bog’liqlikga ega. Realizatsiya hajmi orqali yalpi daromad, yalpi tushum ko’rsatkichiga ega
bo’linadi. Uning ishlab chiqarish xarajatlari bilan taqqoslash asosida foyda, natija
ko’rsatkichiga chiqiladi. Buni matematik ifodada quyidagicha tasvirlash mumkin.
F(D)=MSST-MIChT(TSOQ)
Bunda;
F(D)-foyda(daromad);
MSST-mahsulot sotishdan sof tushum;
MIChT (TSOQ)-mahsulotni ishlab chiqarish tannarxi (sotib olingan tovarlar qiymati).
Buxgalteriya
hisobida
mahsulot chiqishi, xarajat va natija olaqadorligini quyidagi
bog’lanishda hisobga olish tartibi ham belgilanadi.
Mahsulot chiqishi - Xarajatlar=Natija
Natijaviy ko’rsatkich demakki, mahsulot ishlab chiqarish hajmiga yoki tovaroborot
ko’rsatkichiga xamda, ishlab chiqarish xarajatlari yoki tovarlarni sotib olish qiymatiga
bog’liq deb qaraladi. Uning birlik ifodasini esa kuyidagicha tasvirlash mumkin.
N=D*B-D*T;
N=D (B-T);
Bunda;
N-foyda;
B-mahsulot birligini bahosi (so’m);
D-mahsulot birligi (dona);
T-mahsulot birligini ishlab chiqarish tannarxi (so’m).
Yuqoridagi bog’lanishdan natijaviy ko’rsatkichni mahsulotning miqdori, bahosi va
birlik tannarxiga bog’liq ekanligi kelib chiqadi. Uning ifodasi bevosita natijaviy ko’rsatkichni
omilli tahlil etish imkonini ham beradi. Demak, natija o’zgarishiga hisob-kitob qilinadigan
quyidagi omillar ta’sir etishini izoxlash mumkin;
-ishlab chiqarilgan mahsulotlar birligini o’zgarishi;
-mahsulotlar birlik bahosining o’zgarishi;
-mahsulotlar birlik tannarxining o’zgarishi;
Marjinal foyda kontributsiyasiga nisbatan oladigan bo’lsak ishlab chiqarish
xarajatlarini shartli o’zgaruvchan, o’zgarmas, o’zgaruvchan xarajatlarga tarkiblanishi,
bog’lanishni yanada murakkablashtiradi. Bunda ishlab chiqarish xarajatlarining o’zgarishida
mahsulot (ish, xizmat)lar hajmini o’zgarishi asos qilib olingan.
3.1.-jadval natijalaridan shuni xulosa qilish mumkinki ; mahsulot sotishdan olingan sof
tushum 2500.0 ming so’mni va uning ishlab chiqarish tannarxi 2250.0 ming so’mni tashkil
etgan. Mahsulot sotishdan ko’rilgan natija 250 ming so’m ijobiy farqlanishga ega bo’lgan.
Umumiy ishlab chiqarish xarajatlarining ichida 2000.0 ming so’mi o’zgaruvchan
xarajatlar, 250 ming so’mi o’zgarmas xarajatlar sifatida belgilangan. Bu orqali mahsulot
sotishdan marjinal foyda va sof foyda ko’rsatkichlari aniqlangan.
43
Qolgan bog’lanishlar boshqa faoliyatdan daromad- xarajat= natija aloqadorligni
xarakterlaydi.
3.1.-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |