23-24-25-mavzu. Kashtachilikda ishlatiladigan chok namunalarini tikish. (3 soat)
Nazorat ishi. (1 soat)
26-27-28-mavzu. Chok turlaridan foydalanib mevalar, sabzavotlar tasvirini tikish. (1 soat)
29-30-mavzu. Applikatsiya usulida olma tikish. (1 soat)
31-32-mavzu. “Gul” tasvirini dastro‘molchaga kashta chokida tikish. (1 soat)
Nazorat ishi. (1 soat)
33-mavzu. Harflarni bezak chokida tikish (1 soat)
34-mavzu. Maktab muzeyiga sayohat. (1 soat)
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar
Buyum va mahsulot turlarini, ularni tayyorlash va ishlov berish usullarini bilish, texnologik loyihalash hamda amalga oshirish kompetensiyasi:
A1
turli materiallardan yasaladigan buyumlarni o‘lchay oladi, rejalay oladi, yelimlay oladi, sodda loyihalash ishlarini bajara oladi; tabiiy va turli materiallarni bir-birida farqlay oladi; oddiy modellarni yasay oladi; o‘tkir va tig‘li asboblardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilgan holda foydalana oladi.
A1+
bezak san’ati va tabiat go‘zalligi haqida tushunchaga ega bo‘ladi, akvarel, guash, mo‘yqalamda ishlash va kompozitsiya tuza oladi, tabiiy ashyolardan naqsh kompozitsiya tuza oladi, naqsh elementlarini chiza oladi, naqsh elementlarini chiza oladi, urug‘lardan kompozitsiya tuza oladi, somon va poxoldan kompozitsiya tuza oladi, ip va simlardan kompozitsiya tuza oladi, ixtiyoriy barg va gul elemetlaridan tashkil topgan sodda aralash naqsh kompozitsiyalar tuza oladi, qog‘ozni buklab kesib, bezaklar ishlay oladi, yog‘och o‘ymakorlikda ishlatiladigan naqsh elementlarini chiza oladi, ganch o‘ymakorlikda ishlatiladigan naqsh elementlarini chiza oladi, loy yoki plastilindan kompozitsiyalar tuza oladi, loy yoki plastilindan o‘yinchoqlar yasay oladi, loy yoki plastilindan uy-ro‘zg‘or buyumlarini yasay oladi. To‘qish uchun ishlatiladigan asbob uskunalarni biladi, ip turlari va ulardan foydalanish qoidalarini biladi, texnika xavfsizlik qoidalariga rioya qila oladi, kegay bilan ishlay oladi, halqalarni kegay (spitsa)ga tera oladi, chok turlarini to‘qiy oladi, o‘ng halqani to‘qiy oladi, suv chokini to‘qiy oladi, issiq jihozlarni ushlash uchun ushlagich to‘qiy oladi, ters halqa to‘qiy oladi, bug‘doy chok to‘qiy oladi, sumkacha to‘qiy oladi, kashtachilikda ishlatiladigan naqshlarni chiza oladi, kashtachilikda ishlatiladigan chok naminalarini tika oladi, chok turlaridan foydalanib mevalar, sabzavotlar tasvirini tika oladi, applikatsiya usulida olma tika oladi, “Gul” tasvirini dastro‘molchaga kashta chokida tika oladi, harflarni bezak chokida tika oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |