10-BILET
1. Alkanlarning kimyoviy xossalari. Ishlatilishi.
2. Yog‘lar. Olinishi va xossalari.
3.2,5 mol maltozaning gidrolizidan olingan glukozaning spirtli bijg‘ishidan hosil bo‘lgan mahsulotning tarkibidagi sp3-gibridlangan orbitallar sonini aniqlang.
11-BILET
1. Sikloalkanlar. Nomenklaturasi.
2. Murakkab efirlar. Nomlanishi va olinishi.
3. Nitrobenzolga 33,6 litr (n.sh) vodorod ta’sir etishi natijasida hosil bo‘lgan organik moddaning massasini (g) hisoblang.
|
12-BILET
1. Sikloalkanlar izomeriyasi, olinishi.
2. Oddiy efirlar. Olinishi va xossalari.
3. Kimyoviy korxonada 82 g nitrobenzol yordamida 60 g anilin olingan bo‘lsa, ushbu korxonadagi anilinning olinish reaksiyasi unumini hisoblang.
|
13-BILET
1. Sikloalkanlarning fizik va kimyoviy xossalari. Ishlatilishi.
2. Karbon kislotalar, gomologik qatori va izomeriyasi.
3. Ushbu tajribani ketma-ketlikda bajarilishini izohlang va ishlatilishi haqida ma’lumot bering.
|
14-BILET
1. Alkenlar va ularning nomenklaturasi. Alkenlarning galogenli hosilalarini nomlash.
2. Murakkab efirlar. Xossalari va ishlatilishi.
3. 302,4 g α- xloruksus kislotasining ammiak bilan ta’sirlashuvi natijasida 150 g glitsin hosil bo‘lgan bo‘lsa, reaksiya unumi necha % ni tashkil etadi?
|
15-BILET
1. Alkenlarning izomeriyasi va olinishi.
2. Karbon kislotalar. Olinishi va xossalari.
3. Ushbu rasmda qanday tajriba isbotlanmoqda? Laboratoriya ishini bajaring? Kimyoviy reaksiya tenglamasini yozib? Tushuntirib bering.
|
16-BILET
1. Alkenlarning fizik va kimyoviy xossalari.
2. Ko‘p atomli spirtlar. Olinishi.
3. Rasmda tajribada ishtirok etgan moddalarning olinishi va xossalari haqida ma’lumot bering.
|
17-BILET
1. Alkadiyenlar. Olinishi va xossalari.
2. Ko‘p atomli spirtlarning xossalari va ishlatilishi.
3. Kaliy permanganat. Kaliy permanganatning oksidlovchilik xossalarini ifodalovchi , kislotali,ishqoriy va neytral muhitda kechadigan raksiya tenglamalarini yozing va izoh bering.
|
18-BILET
1. Alkinlar. Gomologik qatori va izomeriyasi.
2. Ketonlar. Olinishi va xossalari.
3. Glukozaning mis (II)-gidroksid bilan reaksiyasi jarayonida nima uchun probirkadagi eritma qizdirilganda, avval sariq so‘ngra qizil cho‘kma hosil bo‘lish jarayonini tushuntiring.
|
19-BILET
1. Alkinlar. Olinishi va xossalari.
2. Fenolformaldegid smolasidan tayyorlanadigan qimmatbaho mahsulotlar nomini ayting.
3. Ushbu rasmda qanday tajriba bajarilmoqda? Mavzu asosida to‘liq izohlab bering va tajribaga taalluqli reaksiya tenglamasini yozing.
|
20-BILET
1. Aromatik uglevodorodlar. Olinishi va xossalari.
2. Elastiklik jihatidan tabiiy kauchukdan keyinda turadi, suv va gazlarni o‘tkazmaydi, kabel, poyabzal, turmush uchun zaruriy buyumlar ishlab chiqarishda ishlatiladi, gap qanday kauchuk modda haqida boryapti? Ushbu kauchuk moddaning olinishi va ishlatilishi haqida ma’lumot bering.
3. Eritmaning muhitiga qarab, indikatorlar rangining o‘zgarishini izohlab bering. Indikatorlarga kislota eritmalarining ta’siri laboratoriya tajribasini bajaring.
|
21-BILET
1. Aromatik uglevodorodlar. Nomenklaturasi va izomeriyasi.
2. Chidamliligi va elastikligi jihatidan tabiiy kauchukdan ustun turadi, shina ishlab chiqarishda ishlatiladi. Ushbu kauchuk modda haqida ma’lumot bering.
3. Na2SiO3 va FeSO4 tuzlari gidrolizlansa eritma muhiti qanday bo‘ladi?
|
22-BILET
1. Uglevodorodlarning tabiiy manbalari. Neft va neft mahsulotlarini qayta ishlash mahsulotlari.
2. Polipropilen va polivinilxloridlarning olinishi, ishlatilishi nima maqsadda foydalanishi haqida to‘liq ma’lumot bering.
3. Temir (III)-xlorid eritmasiga kaliy karbonat eritmasini ta’sir ettirib, nima sababdan temir (III)- karbonat olib bo‘lmaydi. Asoslangan javob bering.
|
23-BILET
1. Uglevodorodlarning tabiiy manbalari. Tabiiy gaz.
2. Kislota, ishqor va tuzlarning dissotsiatsiyalanishi.
3. Molekulyar massasi 84420 g/mol bo‘lgan poliizobutilenning polimerlanish darajasini hisoblang.
|
24-BILET
1. Spirtlar. To‘yingan bir atomli spirtlarning nomenklaturasi, izomeriyasi va olinishi.
2. Kuchli va kuchsiz elektrolitlar.
3. Ushbu rasmdagi tajribani izohlab bering ? kimyoviy reaksiya tenglamalarini yozing.
|
25-BILET
1. To‘yingan bir atomli spirtlar.
2. Metallarning tabiatda uchrashi. Faol metallar, o‘rta faol metallar, passiv metallar.
3. Laboratoriyada atsetilen olish tajribasini reaksiya tenglamasi asosida yozib tushuntiring.
|
26-BILET
1. To‘yingan bir atomli spirtlarning fizik va kimyoviy xossalari. Ishlatilishi.
2. Uglevodorodlarning tabiiy manbalari. Toshko‘mir
3. Ushbu rasmda Yoritgich lampochkasi berilgan, undagi elementlarning xossalari, tabiatda tarqalishi, faolligi, olinishi va ishlatilishi haqida to‘liq ma’lumot bering.
|
27-BILET
1. Fenollar va aromatik spirtlar. Olinishi va xossalari.
2. Quyidagi o‘zgarishlarni amalga oshirishga imkon beradigan reaksiya tenglamalarini yozing:
CaCO3CaC2 CH3COH C2H5OH C2H5 Cl C2H4
3. Kraxmal kleysterini tayyorlash va kraxmalning yod bilan reaksiyasi tajribasini bajarilish tartibini tushuntiring
|
28-BILET
1. Oksobirikmalar. Aldegidlar. Olinishi va xossalari.
2. Benzolning kimyoviy xossalari.
3. Tabiatda shunday g‘orlar borki, ularni “it g‘ori” deb atash mumkin. Chunki g‘orga odam kirsa, hech narsa bo‘lmaydi, ammo it kirsa, yuqoriga sakrab-sakrab o‘lib qoladi. Nega? Sababini tushuntiring.
|
29-BILET
1. Alkanlarning galogenli hosilalarini nomlash va izomeriyasi.
2. Metallarning elektrokimyoviy kuchlanishlar qatori.
3. 53 g. etanol va propanol aralashmasining natriy metali bilan ta’sirlashuvi natijasida 11,2 l (n.sh.) vodorod hosil bo‘ldi. Dastlabki aralashmadagi etanolning massasini aniqlang.
|
30-BILET
1. Organik birikmalarda uglerod atomining gibridlanishi.
2. Quyidagi o‘zgarishlarni amalga oshirishga imkon beradigan reaksiya tenglamalarini yozing:
C2H5OHC2H4 C2H6 C2H5Cl C2H5OHCH3COH
3. Ushbu rasmni izohlang va bunda qatnashadigan asosiy element haqida umumiy tushuncha bering.
|