A1+
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
mashq va topshiriqlardagi axborotni tushuna oladi;
mashq va topshiriqlarda berilgan matnni orfoepiya qoidalariga rioya qilib ravon o‘qiydi;
4-5 ta gapdan iborat ijodiy matn yarata oladi.
Lingvistik kompetensiya:
nutqda so‘zlarning grammatik shakllaridan to‘g‘ri foydalana oladi;
35-45 so‘zli diktant yoza oladi.
A1+
Nutq o‘stirish (1 soat)
Husnixat (1 soat)
NUTQ O‘STIRISH
Matn. Matnning o‘zaro mazmunan bog‘langan ikki va undan ortiq gaplardan tuzilishi. So‘roqlar yordamida matnni qismlarga bo‘la olish. Kichkina matnga va matn qismlariga sarlavha qo‘yish.
Bayon haqida tushuncha. Matnni savollar yordamida qayta hikoya qilish. Uncha katta bo‘lmagan matn yuzasidan uch-to‘rt so‘roq gaplardan tuzilgan reja asosida bayon yozish.
Rasmlarga qarab savollar yordamida gaplar tuzish va uni imloviy tayyorlikdan so‘ng yozish. O‘qituvchi rahbarligida bir mavzuga oid bir necha gap tuza olish. Bolalarning o‘yinlari, o‘qishlari, qiziqishlari haqida kichik hikoya tuzish.
HUSNIXAT
Bir chiziqli daftarda o‘xshash unsurli harflarni yozish va harfni bir-biriga to‘g‘ri tutashtirish; o‘xshash unsurli kichik harflar va shu harflardan tuzilgan bo‘g‘inlar va so‘zlarni yozish, o‘xshash unsurli bosh harflar va ularni o‘zidan keyin kelgan kichik harfga tutashtirish.
Ayrim yozuv qoidalari: daftarlarning past tomonidagi burchagini ko‘krak o‘rtasining qarshisiga to‘g‘ri qo‘yish; daftarni chap qo‘l bilan ushlab turib yozish; ruchkani uch barmoq orasida erkin ushlash; har bir harfni to‘g‘ri tutashtirishga rioya qilgan holda bo‘g‘in va so‘zlarni aniq yozish; harf va harf birikmalarini to‘g‘ri va aniq shakllantirish; shoshmasdan yozish; har bir mashqni uch-to‘rt marta takrorlash.
O‘quv yili davomida imlosi qiyin bo‘lgan quyidagi so‘zlarning talaffuzi va yozilishini bilib olish: avgust, baland, baho, bahor, behi, Buxoro, dars, daftar, do‘st, farzand, hasl, havo, hikoya, jahon, juft, karam, kaft, kon’ki, lavlagi, loviya, lug‘at, mashina, minnatdor, moslama, navbatchi, no‘xat, oktabr, payvand, p‘al’to, paxta, qo‘ng‘iroq, quyosh, sabzi, Samarqand, sentabr, sinf, singil, soat, Toshkent, traktor, vazifa, vatan, xalq, xursand, yomg‘ir, yostiq, o‘qituvchi, o‘quvchi, shahar kabi.
O‘xshash unsurli kichik va bosh harflarni yozish; harflarni bir-biriga tutashtirish;
O‘xshash unsurli kichik harflar:
1-guruh – i, u, n, m, t, l, y
2-guruh – h, j, k, f
3-guruh – o, o‘, q, a, g, g‘, p
4-guruh – e, b, x
5-guruh – r, v, s, sh, ch
O‘xshash unsurli bosh harflar:
1-guruh – U, L, Z, I
2-guruh – M, H, K, N, A
3-guruh – O, O‘, Q, X, CH
4-guruh –E, S, I, Z
5-guruh –V, G, G‘, Y
Do'stlaringiz bilan baham: |