37-39-mavzu. Abdulla Qahhor. “O‘g‘ri”, “Dahshat” hikoyalari. (3 soat) Adib haqida qisqacha ma’lumot. “O‘g‘ri” hikoyasida jabrdiyda chol Qobil bobo va o‘zgalar baxtsizligini tirikchilik manbaiga aylantirgan amaldorlar obrazi. Adibning tasvirlash mahorati, so‘z qo‘llash san’ati, inson ruhiyatining yashirin jihatlarini ocha bilish iste’dodi.
“Dahshat” hikoyasida insonni yengish mumkin emasligining kurashchan ayol - Unsin obrazi misolida g‘oyat ta’sirchan ko‘rsatilganligi. Hikoyada har bir obraz tabiatining psixologik jihatdan asoslanganligi. Tasvirning hayotiy va ta’sirchanligi.
Mavzu: Hamid Olimjon. “Holbuki tun”, “G‘azal” she’rlari. (A2+: 2 soat) Shoir haqida ma’lumot. “Holbuki tun” she’rida ilohiy go‘zallik tasviri. Shoirning inson qalbi tebranishlarini nozik ilg‘ab, aniq ifodalagani.
“G‘azal”da an’anaviy she’riy shakldan foydalanilgan holda zamonaviy mazmunning ifodalanishi. She’rda o‘xshatish, sifatlash, mubolag‘a singari badiiy tasvir vositalarining ishlatilishi.
Mavzu: Maqsud Shayxzoda. “Yillarning salomin yillarga eltib” she’ri, to‘rtliklar. (A2+: 2 soat) Shoir haqida qisqacha ma’lumot. M. Shayxzoda she’riyatida hayotga falsafiy qarashning ustuvorligi. She’rda vaqt qadrini, uni chuqur his qilgan kishi tuyg‘ularining aks etganligi. Asarda shoirning hayotga muhabbati, yashashga chanqoqligi xislatlarining tasvirlanganligi. She’rning ta’sirchanligini ta’minlagan badiiy vositalar.
To‘rtliklarda insonni avaylash, unga imkon boricha muruvvat ko‘rsatish fikrlarining badiiy aks etganligi.
Nazorat ishi: Insho va uning tahlili. (2 soat, A2+: 3 soat) Nazorat ishi: Test. (1 soat) Takrorlash: (1 soat) Sinfdan tashqari o‘qilgan asarlar muhokamasi: (1 soat, A2+: 2 soat).
40-42-mavzu. Mirtemir. “Men tug‘ilgan tuproq”, “Onaginam”, “Toshbu”, “Betobligimda” she’rlari. (3 soat) Mirtemirning qalamkash do‘stlaridan milliy shoir sifatida farqlanishi. Shoir ijodidagi xalqona ohanglar.
“Onaginam” she’rida uzilmagan farzandlik qarzi tufayli lirik qahramon iztiroblari, qalb tug‘yonlarining aks ettirilishi. Tug‘yonlar ko‘lami va shoirning tasvirlash mahorati. “Toshbu” she’rida o‘zbek ayollariga xos yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarning yorqin va ta’sirchan aks ettirilishi. “Men tug‘ilgan tuproq” she’rida ona yurt obrazining yaratilishi. She’rning samimiyligi va ta’sirchanligini ta’minlaydigan badiiy omillar. Mirtemirning tasvirlash san’ati. Uning she’riyatiga xos soddalik, samimiylik va rostgo‘ylik.
Nazariy ma’lumot. Tabiat lirikasi haqida.