Ajraladigan va ajralmaydigan birikmalar. Ajraladigan birikmalar. Detallar bir-biri bilan rezbalar yordamida ajraladigan qilib biriktiriladi. Bunday birikmalar ajraladigan birikmalar deyiladi va ularga boltli, shpilkali, vintli, fitingli birikmalar kiradi. Ulardan tashqari shponkali, shtiftli va shlisali birikmalar ham ajraladigan yoki suriladigan birikmalar hisoblanadi.
Ajraladigan birikmalar qo‘zg‘almaydigan bo’ladi. Birikma detallari bir-biriga nisbatan harakat qilsa, qo‘zg‘aladigan birikma deyiladi. Birikma detallari bir-biriga nisbatan qo‘zg‘almasa, ya’ni ular o'zaro mustahkam biriktirilgan bo'lsa, qo‘zg‘almas birikma deyiladi. Qo‘zg‘aladigan birikmalarga shponkali, shlisali, shpindelli, vintli kabi birikm alar kiradi. Qo‘zg‘almaydigan birikmalarga boltli, shpilkali, vintli, fitingli kabi birikm alar kiradi.
Boltli birikma. Bolt, gayka, shayba va biriktirilishi lozim bo‘lgan detallardan tuzilgan birikma boltli birikma deyiladi (4.131- chizma). Boltli birikm alar konstruksiyasi to'liq ko'rsatilgan (4.131- a chizm a), soddalashtirilgan (4.131- b chizm a), shartli (4.131- c chizm a) ko'rinishlarda chizilishi m umkin. Yig‘ish chizm alarida soddalashtirilgan turi chizilsa, sxematik chizm alarda shartli turi chiziladi. Qolgan hollarda asosan konstruksiyasi to‘liq ko‘rsatilgan turi chiziladi.
Boltli birikmalarda boltning uzunligi 1 biriktirilishi lozim bo‘lgan detallar H1 va H2 larning qalinliklariga bog’liq bo’lib , u quyidagicha aniqlanadi: I = H1 + H2+ l,3d; 1,3d ga shaybaning qalinligi s, gaykaning balandligi h va rezbaning gaykadan chiqib turadigan ehtiyot qismi — faskasi bilan hisoblanadi.
Soddalashtirilgan boltli birikmada rezbasi butun sterjen bo'yicha chiziladi, faskalar umuman tasvirlanmaydi, bolt va biriktiriluvchi detallar orasidagi tirqish ko'rsatilmaydi.
Shpilkali birikma. Shpilka, gayka, shayba va biriktiriladigan detallardan tuzilgan birikma shpilkali birikma deyiladi (4.132-chizma). Shpilkali birikmalarning konstruksiyasi to'liq (4.132- a chizma) ko'rsatilgan, yig'ish chizmalarida soddalashtirilib (4.132- b chizma) yoki shartli tasvirlanishi (4.132- с chizma) mumkin. Demak, yig'ish chizmalarida soddalashtirilgan tasvirlari, sxematik chizmalarda esa ularning shartli tasvirlaridan foydalaniladi. Qolgan hollarda esa konst ruksiyasi to'liq ko'rsatiladigan turi bajariladi.
S oddalashtirilgan shpilkali birikma chizmasida rezbasi butun steijen bo'yicha ko'rsatiladi, faskalar chizilmaydi va biriktiriluvchi detal bilan shpilka orasidagi tirqish tasvirlanmaydi.
Shpilkali birikmada shpilkaning uzunligi 1 biriktirilishi lozim bo'lgan detal qalinligi H1 ga bog'liq bo'lib, u quyidagicha aniqlanadi:
1 = H1 + l,3d; l,3d ga shayba qalinligi s, gayka balandligi H va rezbaning gaykadan chiqib turadigan ehtiyot qismi faskasi bilan kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |