Respublika o`rta maxsus, kasb – hunar ta`limi markazi qashqadaryo viloyat hokimligi o`rta maxsus, kasb – hunar ta`limi boshqarmasi


-Mavzu: Proyeksion chizmachilik: Proyeksiyalar to’g’risida tushuncha, to’g’ri burchakli proyeksiyalar



Download 11,29 Mb.
bet10/47
Sana22.06.2022
Hajmi11,29 Mb.
#693720
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   47
Bog'liq
Respublika o`rta maxsus, kasb – hunar ta`limi markazi qashqadary

7-Mavzu: Proyeksion chizmachilik: Proyeksiyalar to’g’risida tushuncha, to’g’ri burchakli proyeksiyalar.
Reja:
1. Proyeksion chizmachilik
2. Markaziy proyeksiyalash
3. Parallel proyeksiyalash

Proyeksion chizmachilik. Narsalaming tekislikdagi tasviri proeksiya deyiladi. „Proeksiya“ lotincha so‘z bo'lib, oldinga, ilgariga tashlamoq degan ma’noga to‘g‘ri keladi. Proeksiyalash usuli ikki xil — markaziy proeksiyalash va parallel proeksiyalash ko'rinishida boladi.


Markaziy proyeksiyalash. Biror narsaning tekislikdagi proeksiyasini hosil qilish uchun birinchidan o‘sha narsaning o‘zi, ikkinchidan tasvir (proeksiya) tushirish uchun tekislik va uchinchidan yoritgich manbayi bo'lishi kerak. 3.1 - a chizmada ana shular mavjud bo‘lib, tasvir hosil qilish uchun stoldagi qutining burchaklari orqali chiroq nuri o‘tkaziladi. Chiroq nurlari stol tekisligi bilan kesishib, qutidan tushayotgan soyaning konturini hosil qiladi. Bu yerda: narsa — quti, tekislik — stol sathi, yoritgich manbayi — chiroq, qutidan tushayotgan soya — tasvir (proeksiya) hisoblanadi.
Endi qutini ABCD to'rtburchak shakl bilan, stol sathini H tekisligi bilan, chiroqni О nuqta bilan almashtirib, О nuqta orqali to‘rtburchakning ABCD nuqtalari orqali o‘tuvchi yordamchi chiziqlar o‘tkazilsa, H tekislik bilan kesishib, ABCD ning proyeksiyasini hosil qiladi (3.1- b chizma).
Bu yerda S proyeksiyalash markazi, ABCD narsa, A'B'C'D' proyeksiya, H proyeksiya tekisligi, SA', SB', SC', SD' proyeksiyalash nurlari deyiladi. Proyeksiyalashning bu ko‘rinishi markaziy proyeksiyalash deyiladi.
Chizmachilikda narsaning nuqtalarini lotin alfavitining bosh harfi bilan, uning proyeksiyasini o‘sha harfga shtrix belgisi qo'yish bilan yoziladi.
Yoritgich manbayi sifatida Quyosh yoki Oy olinsa, parallel proyeksiyalash hosil qilish mumkin. Chunki yoritgich markazi bu yerda cheksizlikda bo'lib, Quyosh va Oydan kelayotgan yoritish nurlari o‘zaro parallel deb qabul qilinadi.
Parallel proyeksiyalash o‘z navbatida ikki xil ko‘rinishda: qiyshiq burchakli va to‘g‘ri burchakli bo'ladi.
Proyeksiyalash nuri s proyeksiyalar tekisligi H ga nisbatan o'tkir burchak ostida berilgan bo‘lsa, unga parallel qilib shaklning ABCD nuqtalaridan yordamchi proyeksiyalovchi nurlar o‘tkaziladi. Natijada bu nurlar H bilan kesishib, ABCD ning proyeksiyasi A' B' C' D' qiyshiq burchakli proyeksiyasini hosil qiladi (3.2- a chizma).
Agar proyeksiyalash nuri s proyeksiyalar tekisligi H ga nisbatan perpendikular, ya’ni to‘g‘ri burchakda berilgan bo‘lsa, to‘g‘ri burchakli proyeksiya hosil bo’ladi (3.2- b chizma). Bu yerda ABCD— narsa, s— proyeksiyalash yo‘nalishi, H— proyeksiyalar teksiligi, A B C D — narsaning H dagi proyeksiyasi, AA, BB, CC, DD — proyeksiyalash nurlari deyiladi.
To‘g‘ri burchakli parallel proyeksiyalashni ortogonal (yunoncha orto — to‘g‘ri, gonal — burchak, ya’ni to‘g‘ri burchakli) proyeksiyalash ham deyiladi.
Endi markaziy va parallel (qiyshiq va to‘g‘ri burchakli) proyeksiyalarni o‘zaro taqqoslab ko‘ramiz. Markaziy proyeksiyada narsaning proyeksiyasi o'zidan katta. Demak, bu proyeksiyada detalning chizmasi orqali uning haqiqiy kattaligi to‘g‘risida fikr yuritish qiyin. Qiyshiq burchakli parallel proyeksiya olinsa, bu yerda narsaning burchaklari buzilib proyeksiyalanadi. Bunday proyeksiyalashda ham detaining haqiqiy ko‘rinishi chizmada to‘g‘ri tasvirlanmaydi.
To‘g‘ri burchakli parallel proyeksiyada narsa va uning proyeksiyasi bir-biriga teng. Demak, bunday proyeksiyalash turida detal chizmasiga qarab uning konstruksiyasi, ya’ni tuzilishi to‘g‘risida to‘liq ma’lumot olish mumkin. Bundan keyin proyeksiyalashning bu turiga, ya’ni to‘g‘ri burchakli parallel proyeksiyalashga asoslanib chizmalar chizamiz. Chunki har qanday chizmalar to‘g‘ri burchakli parallel proyeksiyaga asoslanib chiziladi. To‘g‘ri burchakli parallel proyeksiyalash o‘rniga qisqacha qilib proyeksiyalash deyiladi. Shunda to‘g‘ri burchakli parallel proyeksiyalash tushuniladi.


1. Qanday proyeksiyalash turlari mavjud?
2. Markaziy proyeksiya deb nimaga aytiladi? Parallel proyeksiyachi? Proyeksiyaning o‘zi nima?



Download 11,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish