Respublika o`rta maxsus, kasb – hunar ta`limi markazi qashqadaryo viloyat hokimligi o`rta maxsus, kasb – hunar ta`limi boshqarmasi


-Mavzu: Yaqqol tasvir haqida tushuncha. Aksonometrik proyeksiyalarni hosil qilish



Download 11,29 Mb.
bet12/47
Sana22.06.2022
Hajmi11,29 Mb.
#693720
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   47
Bog'liq
Respublika o`rta maxsus, kasb – hunar ta`limi markazi qashqadary

9-Mavzu: Yaqqol tasvir haqida tushuncha. Aksonometrik proyeksiyalarni hosil qilish.
Reja:
1.Cizmaga qarab detallarning shaklini tahlil qilish.
2.Chizmalarni o’qish.
3.Aksonometrik proyeksiyalar.

Chizmaga qarab detallarning shaklini tahlil qilish. Detal chizmalarini o‘qishda ularni fikran geometrik jismlarga ajrata bilish o‘ta muhim hisoblanadi. Bu jarayon detal chizma sini tahlil qilish deyiladi. 3.10- a chizmada suv o'tkazgich (vodoprovod) ventilining qopqogl rezbasiz chizilgan. Shu detal nechta va qanday geometrik sirt yig‘indisidan tashkil topgan? Bu savolga javob berish maqsadida har bir geometrik sirt alohida ajratib chiziiadi. Detal 6 ta geometrik sirtlar yig'indisidan hosil bo’lgan (aslida bundan ham ko‘p, lekin bu chizmada soddalashtirib olingan) bo‘lib, faqat 3 xil geometrik jism turi ko‘rsatilgan.


Detaldagi hamma jismlar ko‘zga aniq ko‘rinmoqda, lekin yana ham aniq va yaqqolroq bo’lishini nazarda tutib, ularni bitta o‘qda bir-biridan ajratib chizilgan (3.10- b chizma).
Har bir detal shakli uning bajaradigan ishiga qarab aniqlanadi. Masalan, g‘ildirak aylanma harakat qilishligi uchun u aylana, har qanday suyuqlik yoki gaz kabilar aylana teshikdan yaxshi o‘tishligi uchun ham quvur (truba)lar yumaloq qilib ishlanadi. Kitobni o'qish va yozishda oson bo‘lishi uchun u to‘rtburchak shaklida nashr etiladi va h.k.
Endi texnik detallar shakli va uning bo'laklari nima uchun kerakligi haqida qisqacha fikr yuritaylik.
3.11- chizmada tasvirlangan detal silindrining ikki yon tom onida uchburchak shaklida joylashgan devorlari bor. Bu devorlar silindrni parallelepiped ustida mustahkam birikib turishi uchun xizmat qiladi. Detallarda bunday devorlar „Mustahkamlash qovurg‘asi“ yoki qisqacha ,,qovurg‘a“ deyiladi. Ushbu detaldagi qovurg‘alar aylanma harakat qiluvchi silindrik teshik devorlarini mustahkamlash maqsadida qo'llaniladi, Detal asosi parallelepiped burchaklari ham yumaloqlangan. Detalni yengillashtirish va chiroyli bo‘lishini ta ’minlash maqsadida burchaklari yumaloqlangan.
Detallardagi oltiburchakli prizmalar ularni burab kiritish va chiqarish uchun xizmat qiladi va h.k.

Tayyor chizmaga qarab, xuddi ta ’rifi yozilgandek, detal haqida batafsil ma’lumot olishga harakat qilinadi. Detaining chizmasini sinchiklab ko‘rgan sari u haqida yana ham to‘laroq lasawur hosil qilinadi. Chizmani o ‘qish jarayoni chizmachilikni yaxshi o‘rganishga yordam beradi. Fazoviy tasawurni yaxshi o‘slirishga va chizmalardagi barcha shartliliklarni to‘laroq o'zlashtirishga imkoniyat yaratadi va o'quvchining chizmani tez o'qiy olish qobiliyat ini o‘stiradi.


Umuman chizmalarni o‘qish — chizmada tasvirlangan detaining shaklini to ‘la tasawur qilishga va uning konstruktiv xususiyatlarini aniqiashga, chizmaga qo‘yilgan hamma o’lchamlarni o‘qishga, uiar detaining qaysi qismiga oidligini aniqiashga o‘rganishdir. Bulardan tashqari, chizmani o ‘qish natijasida detaining nomi, u qanday materialdan tayyorianganligini va chizmaning masshtabini aniqlab olishga yordam beradi.
Chizmani o‘qishda eng qiyin tomoni tasvirlangan detaining umumiy shaklini tasawur qilishdir. Buning uchun mumkin qadar ko'proq chizmalarni tahlil qilishga o ‘rganish kerak.
Ko‘pincha detallar ikkita ko‘rinishda chiziladi. Bunday chizmalarni olqish uchun chizmada tasvirlangan detaining yaqqol tasvirini chizish yoki uning uchinchi ko‘rinishini yasash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Detaining berilgan ikkita ko‘rinishiga asoslanib, uchinchi ko‘rinishini aniqlash. 3.12-rasm da detaining bosh va ustdan ko'rinishlari berilgan. Uning chapdan ko'rinishini aniqlash joiz bo‘lsa, darhol detal qanday geometrik jismlardan tuzilganligi tahlil qilinadi. Detal asosi to‘g‘ri to ‘rtburchakli prizma, uning ustida silindr, silindr esa kesik konus bilan yakunlangan, markaziy o‘q bo‘yicha silindrik teshik o‘yilgan. Umumiy tayyorgarlikdan keyin detaining uchinchi, ya’ni chapdan ko‘rinishini aniqiashga o‘tiladi. 3.12-chizmada bu jarayon bosqichlarda to‘liq ko‘rsatilgan bo'lib, har qaysi bosqich yo‘g‘on chiziqlarda chizilgan.
B irinchi bosqich. Detaining ostki asosi A o'lchamda chiziladi (3.12- a chizma).
Ikkinchi bosqich. В o ‘lchamdagi silindr chiziladi (3.12- b chizma).
Uchinchi bosqich. В o'lchamdagi silindr ustiga kichik asosi С o ‘lchamli kesik konus va silindrik teshik chiziladi (3.12 -с chizma).
Agar shu detaining oldin yaqqol tasvirini chizib olganimizda, uning uchinchi ko‘rinishini aniqlab chizish yana ham osonlashar edi. 3.13- a chizmada ko‘rinishlari berilgan detaining yaqqol tasvirini chizish (3.13- b chizm a) orqali uning 3- ko‘rinishini A yo‘nalish bo‘yicha bemalol chizish mumkin (3.13- с chizma).
Detaining ikkita ko'rinishi berilgan bo‘lsa (3.14- chizma), uning uchinchi ko'rinishini grafik usulda ham aniqlash mumkin. Buning uchun 3.14- a chizmada ko'rsatilganidek, yoramchi doimiy chiziq 45° burchakda o'tkaziladi. Detaining chapdan ko'rinishi bosh ko‘rinish bilan bitta gorizontal chiziqda yotganligi uchun bosh ko‘rinish asosi va ustki tekisliklaridan yordamchi chiziqlar chiziladi. Detaining ustdan ko‘rinishi orqali yordamchi chiziqlar o‘tkazilib, 45o da burchakdagi doimiy chiziq bilan kesishtiriladi va veitikal chiziqlar chizib, bosh ko‘rinishdan chizilgan gorizontal yordamchi chiziqlar bilan kesishtiriladi. Natijada detaining chapdan ko'rinishi konturi hosil bo‘ladi. Detaining qirqilgan joyidan chizilgan yordamchi chiziq orqali uning uchinchi ko'rinishi aniqlanadi. Detaining o‘rtasidan o‘tgan silindrik teshik uning chapdan ko'rinishida markaziy o‘qi orqali shtrix chiziqda chizib qo'yiladi (3.14- a, b, с chizma).


1. Texnik detallardagi oltiburchakli prizma nima uchun kerak?
2. Detallarda qovurg'alar nima uchun kerak?
3. Detal chizmasini o‘qish nimadan boshlanadi?
4. Detaining berilgan ikkita ko‘rinishi bo'yicha uchinchi ko'rinishini aniqlashda qanday usullardan foydalaniladi?



Download 11,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish