Metodika kabineti ishining mazmuni va asosiy shakllari.
1. Metodika kabineti o’z zimmasiga yuklangan vazifalarga ko’ra:
Qoraqalpog’iston respublikasi, viloyatlar, shahar va tumanlar maktabgacha ta’lim metodika kabineti ish faoliyatini nazorat etadi va muvofiqlashtiradi;
maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya ishlar ahvoli va belgilangan rejalarning bajarilishini o’rganadi;
«Ilk qadam» dasturida ko’zda tutilgan vazifalarni to’laqonli amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va bajarilishini nazorat qiladi;
respublika metodika kabineti xodimlarini malaka oshirish kurslarida ma’ruzalar o’qishga, seminar-mashg’ulotlar o’tkazishga va to’garaklar ishini olib borishga jalb etadi.
2. Respublika maktabgacha ta’lim metodika kabineti
huzurida tashkil etilgan uslubiy Kengash metodikasi kabinetlari faoliyatiga yangi uslubiy yondashuvlar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishga mas’uldir. Kengash tarkibiga uslubchilar, o’qituvchilar malakasini oshirish instituti rahbari va mutaxassislari, mudiralar, tarbiyachilar, musiqa rahbarlari, oliy o’quv yurtlarining yetuk professor o’qituvchilari kiradi.
Uslubiy Kengashda markaziy maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetining ish rejasi, bajarilgan va rejalashtirilayotgan tashkiliy, uslubiy tadbirlar muhokama etiladi, ta’lim-tarbiya ishlarini yanada takomillashtirish, jumladan, metodika kabinetlarining ilg’or pedagogik tajribalarni to’plash borasidagi amaliy faoliyati, mak-tabgacha ta’lim bo’yicha uslubiy qo’llanmalarni muhokama qilish, tasdiqlash bilan bog’liq masalalar hal etiladi.
Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetida xodimlarning bilimi va malakasini oshirish maqsadida tegishli shart-sharoit yaratiladi (buning uchun ma’ruzalar, seminar-treninglar, ko’rgazmalar va boshqa tadbir-lar tashkil etiladi).
4. Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetida ilmiy pedagogik va uslubiy adabiyotlar uchun kutubxona tashkil qilinadi.
Metodika kabineti xodimlari.Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetiga Malaka oshirish markazi direktori rahbarlik qiladi. U oliy pedagogik bilimga va tashkiliy-uslubiy ishlarni tashkil etish borasida muayyan tajribaga ega bo’lishi lozim. Uning zimmasiga kabinetning uslubiy, moliyaviy xo’jalik faoliyatiga rahbarlik qilish, kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo’yish, mehnat qonunchiligiga binoan xodimlarni ishga qabul qiladi va ishdan bo’shatadi.
Metodik ishlar markaz direktori tavsiyasi bilan maktabgacha ta’limi vazirligi tomonidan tayinlanadigan oliy pedagogik ma’lumot va kamida 5 yillik ish stajiga ega bo’lgan malakali uslubchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetining shtatlari O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’limi vazirligi tomonidan belgidanadi.
Tashkiliy, huquqiy va moliyaviy asoslari.
1. Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabineti davlat byudjeti mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladi. Unga maktabgacha ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida mablag’ ajratiladi.
Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabineti O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’limi vazirligi oldida o’z faoliyati bo’yicha hisobot berib turadi.
Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabineti O’qituvchilar malakasini oshirish instituti bilan kelishgan holda maktabgacha ta’limi vazirligi tomonidan tasdikdangan reja asosida ish yuritadi.
Tuman maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetining ish mazmuni va vazifalari.Tuman maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetining sohaga doir me’yoriyhuquqiy hujjatlar, maktabgacha ta’limi vazirligi, boshqarmalari va bo’limlari tomonidan chiqarilgan qarorlar, farmoyishlar va boshqa hujjatlar asosida besh yilga mo’jallangan istiqbol rejasi tuziladi.
Yillik rejada metodika kabinetining har bir o’quv yiliga taalluqli faoliyati aks etadi.
CHorak va oylik rejalarida yillik reja belgilangan vazifalarning bajarilishi muddati aniq qayd etiladi.
Tuman maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetining yillik ish rejasi tumandagi uslubiy ishlarni bosqichmabosqich, mazmunli tashkil etilishini ta’minlash kerak. Bunda asosiy e’tibor o’quv, ta’lim-tarbiya yo’nalishidagi faoliyatini o’rganish, maktabgacha ta’lim muassasalarida uslubiy ishlarni tashkil etish va takomillashtirib borish, mudira, uslubchi, tarbiyachilarga o’quv faoliyati, mehnat, estetik, musiqa tarbiyasi bo’yicha uslubiy yordam ko’rsatish muassasalarda kasalliklarning oldini olish va profilaktikasini yo’lga qo’yish, yasli va aralash guruhlarda, shuningdek, bolalar soni kam bo’lgan muassasalar faoliyatini ilmiyuslubiy jihatdan to’g’ri va samarali tashkil etish kabi masalalarning bajarilishiga qaratiladi.
Rejada maktabgacha ta’lim muassasalarini maqsadli, birlamchi yoki tizimli tekshirish tadbirlari alohida o’rin tutadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, tekshiruv shakli uning maqsadi va mazmuniga bog’liq. Bunday tadbirlar maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishish, ularda kechayotgan jarayonlardan doimo xabardor bo’lib turishni ta’minlaydi. Ta’kidlash joizki, tekshiruv rejasi barcha muassasalarni qamrab olishi kerak.
Rejada maktabgacha ta’lim muassasalari soni va nomi ko’rsatiladi.
Xulosa qilib aytganda, tuman maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetining asosiy vazifasi — pedagogika va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida erishilgan yutuqlarni, ilg’or pedagogik tajribalarni o’rganish, umumlashtirish va tahlil qilish asosida maktabgacha tarbiya muassasalarining kundalik faoliyatiga doir yutuq va tajribalar, yangi ishlanma va texnologiyalarni joriy etish borasida amaliy uslubiy yordam berishdan iborat.
Bu o’rinda tuman Xalq-ta’limi bo’limi tomonidan tavsiya etilgan bilimli, tajribali va ilg’or pedagoglarning uslubiy birlashmalar, seminar mashg’ulotlari, ma’ruzalar va boshqa anjumanlarni tashkil etish borasidagi sa’y-harakatlari maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |