Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetining tuzilishi va vazifalari Reja



Download 85 Kb.
bet4/4
Sana20.04.2022
Hajmi85 Kb.
#566964
1   2   3   4
Bog'liq
Respublika maktabgacha ta’lim metodikasi kabinetining tuzilishi va vazifalari

Seminar, seminar mashg’ulotlari.Maktabgacha ta’lim xodimlarining ishlash malakalarini oshirish shakllaridan biri bu seminarlardir.
Seminarlarda maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatiga doir eng dolzarb masalalar muhokama etilib, chora-tadbirlari belgilab olinadi. Seminar mavzulari viloyat, shahar, tuman Maktabgacha ta’limi boshqarmalari (bo’limlari) tomonidan belgilanadi.
Seminar uchun mavzu tanlashda uning maqsadi, vazifalari, mavzular tematikasi anikdanadi va bibliografiya tuziladi.
Ma’ruza mavzulari seminar qatnashchilariga taqsimlab beriladi, har bir ma’ruzachi belgilangan mavzusi bo’yicha o’z tajribalaridan namunalar keltirib, ilmiy jihatdan asoslab berishga harakat qilishi zarur.
Mudiralar uchun seminar mavzusini quyidagicha tanlash mumkin:

  • mudiraning uslubiy-tarbiyaviy ishlarga rahbarligi;

  • o’yin faoliyatiga rahbarligi.

Musiqa rahbarlariga maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilarni qo’shiq san’atiga qiziqtirish, yoshiga mos qo’shiqlarni kuylashga o’rgatish kabi mavzularda seminarlar tashkil etilishi mumkin.
Seminarlarning asosiy maqsadi — alohida metodika bo’yicha tarbiyachilarning bilimlarini chuqurlashtirish va tarbiya bo’yicha dolzarb masalalarni muhokama etib, ularning hal qilish usul va uslublarini belgilashdir.
Seminar o’quv mashg’ulotlar rejasi bir yilga mo’ljallangan bo’lib, viloyat va respublika miqyosida 5—12 kunga ishdan ajralgan, shahar va tuman seminarlari esa har oyda 1—2 marta ishdan ajralmagan holda tashkil etiladi.
Seminarlar mavzulari rejasi va dasturi maktabgacha ta’lim muassasalarida ish sifatini yaxshilash maqsadida tegishli ilmiy tekshirish institutlari tomonidan ishlab chiqiladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida seminar mashg’ulotlari mavzulari mudira, katta tarbiyachi va tarbiyachilar bilan birgalikda tanlanadi va Pedagogik kengashda tasdikdanadi hamda muassasaning yillik rejasiga kiritiladi. SHu asosda barcha uslubchitarbiyachilarning faol ishtirokida seminar mashg’ulotlarining aniq rejasi ishlab chiqiladi.
Seminar mashg’ulotlari muassasa faoliyatiga taalluqli dolzarb masalalar muhokamasiga bag’ishlanishi, rejada bir xil mavzularning ko’tarilishiga yo’l qo’ymaslik zarur. Aks holda, bu seminar qatnashchilarining qiziqishi va faolligining pasayishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, mashg’ulot sof nazariy tus olmasligi, muhokama etilayotgan mavzu (masala) amaliyot bilan uzviy bog’liq holda bayon etilishi kerak.
Seminar mavzulari taxminan kuyidagicha bo’lishi mumkin:

  • yasli va bog’cha yoshdagi bolalar psixofiziologik xususiyatlari (seminarni pediatr shifokor yoki psixolog olib boradi);

  • turli faoliyat turlarida bolalarga individual yondashish usullari;

  • maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni vatanparvarlik va baynalmilalchilik ruhida tarbiyalash omillari;

— tarbiyachining bolalar bilan munosabatlarining o’ziga xos jihatlari va hokazo.
Ma’ruzalar maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlarining g’oyaviy-siyosiy, ma’naviy-mafkuraviy, madaniy va ishlash malakalarini o’stirish uchun ijtimoiy-siyosiy, ta’lim tarbiya, ma’naviy-ma’rifiy mavzular bo’yicha o’tkazilishi mumkin. Bunday tadbirlar maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari bilimi va dunyoqarashini kengaytiradi, siyosiy va ma’naviy jihatdan yetuk bo’lishiga xizmat qiladi. Bu maqsadga erishish uchun ma’ruzalar yuksak ilmiy-g’oyaviy saviyada, amaliyot bilan uzviy bog’liq holda o’tkazilishi talab etiladi.
O’z ustida ishlash.Bu — maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarining o’z ustida tinimsiz ishlashi, kasb mahorati va malakasini, g’oyaviy-siesiy saviyasini oshirib borish borasidagi faoliyatining keng tarqalgan shakllaridan biri.
Maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari ish rejasida maktabgacha ta’lim bo’yicha nazariy-amaliy masalalarni chuqur o’zlashtirish, maktab ta’lim dasturini, uslubiy adabiyotlarni o’rganish o’z ifodasini topadi.
Yillik rejada ish jarayonida qiyinchilik keltirib chiqargan bir yoki bir necha mavzu aks ettirilib, bunda nafaqat tegishli mavzularni, balki tegishli ilmiyuslubiy adabiyotlarga tayangan holda qiyinchilik tug’dirgan masalalarni o’rganishga ham alohida e’tibor beriladi.
Mudira kasaba uyushma raisi bilan birgalikda o’z ustida ishlashni qanday tashkil etish, bu tadbirlarni tizimli, aniq reja asosida olib borish yo’l-yo’riqlarini belgilashi lozim. Bunda tashkiliy-pedagogik vazifalarni amalga oshirishda zarur shart-sharoit, o’quv-uslubiy adabiyotlar, bajaruvchi — javobgar shaxslar aniq belgilanishi va ularning bajarilishi mudira tomonidan nazorat etib borilishi kerak.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ochiq eshiklar kuni g’oyat ahamiyatlidir. Bunda maktabgacha ta’lim muassasasining butun faoliyati ota-onalar tomonidan kuzatiladi, yo’l qo’yilayotgan kamchiliklar o’z vaqtida hal etiladi. Maktabgacha ta’lim muassasasining barcha xodimlari ochiq eshiklar kunini o’tkazishga jiddiy tayyorgarlik ko’radi.Yakkama-yakka suhbat — bola tarbiyasida qiynalgan ota-onalar uchun tashkil qilinadi, bunda guruh tarbiyachisi va muassasa mudirasi ilmiy asoslangan holda masalalarni hal etmog’i lozim. Maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-onalarga yordam berish maqsadida kutubxona va ota-onalar burchagini tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Muassasa mudirasi, uslubchi va tarbiyachilar tomonidan tanlangan va ota-onalarga tavsiya etilgan ilmiy-ommabop adabiyotlar oilada bolalar tarbiyasini to’g’ri va oqilona tashkil etish, bolalarning jismoniy-fiziologik, ruhiy va intellektual rivojlanishi haqida muayyan bilimlarni egallashlari uchun ota-onalarga katta yordam beradi.
Download 85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish