Hozirgi vaqtda O‘zbekiston hududi yirik masshtabli topografik, obzor topografik va obzor kartalar bilan to‘liq ta‘minlangan. Bu kartalar turli xil loyihalash ishlarida, harbiy sohalarda har xil mavzuli karta va atlaslar tuzishda asosiy kartografik manba bo‘lib xizmat qilmoqda.
Respublika kartografiyasining rivojlanishida mamlakatimizda olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarining ahamiyati kattadir. Bu sohada O‘zbekistonda yashab ijod qilgan kartograf olimlarni (landshaft va gidrologik kartografiyada) Ch.V.Galkov va (iqlim kartalari bo‘yicha) Ye.G.Brodskiylarning xizmatlarini eslab o‘tish o‘rinlidir.
Respublika kartografiyasining rivojlanishida, ayniqsa atlas kartografiyasini rivojlantirishda, respublika ijtimoiy-iqtisodiy kartografiyasining shakllanib, taraqqiy etishida olimlarimizning xizmatlari katta. Mamlakatimizda paxtachilik kartografiyasini yaratishda A.Egamberdiev, agrosanoat majmuini kartaga tushirishda A.Bozorboev, tabiatni muhofaza qilish sohasini kartografiyalashda
J.Qoraboev, aholini hududiy joylashishini o‘rganishda kosmik suratlardan foydalanish bo‘yicha L.G‘ulomovaning ilmiy ishlari diqqatga sazovordir. Kartografiyaning eng muhim sohalari bo‘lgan baholash va bashorat qilish kartografiyasining shakllanishida T.Qoraboevaning xizmatlari kam emas. Respublika aholi kartografiyasini yaratishda J.Nazirov, tibbiyot-geografik kartalarini yaratishda Sh.Muhiddinovning, tuproq kartografiyasini rivojlanishida aerokosmik suratlardan foydalanish bo‘yicha X.Murodovning, qishloq xo‘jaligida yirik va o‘rta masshtabli kartalardan foydalanish bo‘yicha K.Gadoevning, meliorativ kartografiya sohasini shakllanishida yosh olimlardan E.Safarovlarning xizmatlari aytib o‘tish o‘rinli.
Geografik asos - karta mazmunini umumgeografik qismi bo‘lib, u mavzuli karta mazmunini tashkil etgan elementlarni kartaga to‘g‘ri tushirish va fazoviy bog‘lash, karta bo‘yicha orientirlashga xizmat qiladi.
Turistik xaritalar
Barcha diqqatga sazovor joylar, mehmonxonalar, restoran, teatr va muzeylar haqida maʼlumotlar mustaqil sayohatchilar uchun juda foydali boʻladi, deb hisoblaydi Gyote instiuti vakili. Topografik xarita - bu ikki o'lchovli xarita bo'lib, u uch o'lchovli erni balandlik bilan tasvirlaydi. yer yuzasi kontur chiziqlari bilan ko'rsatilgan. Boshqa har qanday xaritada bo'lgani kabi, topografik xaritadagi ikki nuqta orasidagi masofa ularni tutashtiruvchi to'g'ri chiziq bo'ylab o'lchanadi, xuddi shu nuqtalar orasida qush uchib ketgandek. Bu birinchi navbatda amalga oshiriladi va shundan keyingina marshrutning umumiy uzunligiga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan sirt topografiyasi va boshqa relef xususiyatlari hisobga olinadi. To'g'ri chiziq bo'ylab masofani o'lchashni o'rganing. Deshifrovka (frans. dechiffrer -maʼnosini yechmoq) —1) notanish xatlar yoki shifrli yozuvlarni shartli belgilar vositasida oʻqish; qad. yozma yodgorliklarning magʻzini chaqishda qoʻllaniladi. Bunda maxsus usullardan foydalaniladi; 2) yerda olingan fotosuratlar, aero va kosmik fotosuratlar boʻyicha muayyan hududni tadqiq qilish usuli. Samolyot yoki turli xil uchish apparatlarida olinadigan fotosuratlarni D. qilishda biror obʼyektning soni va harakteri uning suratdagi koʻrinishiga qarab aniklanadi. Topografik D. vositasida yer yuzasining relyefi va mahalliy predmetlarning suratlari oʻrganiladi hamda joylar razvedka qilinadi; 3) taktik D.da dushmanning mudofaa inshootlari, oʻt ochish pozitsiyalari, kommunikatsiyalari, aerodromlari, buyruq-nazorat punktlari va b. aniqlanadi; 4) maxsus D. oʻrganilayotgan hudud yer yuzasining geologik tuzilishi, ustki qatlam harakteri (mas, lyoss jinsi), yer osti suvlarining resurelari va shu kabi maʼlumotlarni aniklashni koʻzda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |