Respublika iqtisodiyotini erkinlashtirish jarayonida investsitsiya siyosatini takomillashtirishning dolzarb masalalari


Investitsiya siyosati: uning mazmuni, roli, asosiy yo’nalishlari va amalga oshirish bosqichlari



Download 75,35 Kb.
bet5/6
Sana18.04.2022
Hajmi75,35 Kb.
#561766
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
RESPUBLIKA IQTISODIYOTINI ERKINLASHTIRISH JARAYONIDA INVESTSITSIYA

2.2. Investitsiya siyosati: uning mazmuni, roli, asosiy yo’nalishlari va amalga oshirish bosqichlari.
Davlat investitsiya siyosati - bu iqtisodiyotning ustivor tarmoqlarini rivojlantirish, qo’llab-quvvatlash, markazlashgan investiyatsiyalash jarayonidan nomarkazlashgan investitsiya jarayoniga o’tish, ustivor investitsion loyihalarni qo’llab quvvatlashga qaratilgan mexanizm, uslublar yig’indisi hisoblanadi. Davlat investitsiya siyosatini amalga oshirishda ko’proq ustivorlik kichik biznes sub’ektlari, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tuzishga qaratiladi. Davlat investitsiya siyosati mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, muammolarni tezkorlik bilan hal qilish va shu asosda investitsiya ishtirokchilarining erkin harakat qila olishlari uchun qulay iqtisodiy, investitsion muhit yaratishga qaratilgan.
Davlat investitsiya siyosatining ustivor yo’nalishlari deb quyidagilar hisoblanadi:
- investitsiyalar, ular harakatlanishi, investitsiya faoliyati ishtirokchilari munosabatlari, ularni tartibga solib turish bo’yicha qulay huquqiy bazani yaratish, amaldagi qonunchilik-huquqiy bazasini takomillashtirish;
- iqtisodiy tub islohotlarni amalga oshirish, maqsadli investitsion siyosatni yurgizish;
- investitsion jarayonni yaxshilash va barcha investitsion jarayon ishtirokchilarining faolligini oshirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish;
- davlat boshqaruv organlari, hukumat tashkilotlarining nazorat etish funktsiyalarini yanada takomillashtirish.
Hozirgi kunda O’zbekistonda iqtisodiyotning barcha sohalarida o’zgarishlar, tarkibiy islohotlar olib borilmoqda. Bunday islohotlarning olib borilishi bevosita mamlakatdagi investitsion jarayon, Davlatning investitsion siyosati, uning ustivor yo’nalishlari va mamlakatdagi korxonalar investitsion faolligiga bog’liq. Mustaqillikning qisqa davrida investitsion faoliyatni oshirish, uni kuchaytirish borasida qator amaliy chora-tadbirlar o’tkazildi, investitsion faoliyatni tartibga solib turuvchi qator qonun va qonun osti hujjatlari chiqarildi va hayotga tadbiq qilinmoqda.
O’tgan yillar mobaynida olib borilgan ijobiy investitsion o’zgarishlar natijasida mamlakatimizda qator investitsion ob’yektlar ishga tushirildi. Bularga misol sifatida, Asakadagi UzDeuavto, Navoiydagi Zarafshon Nyumont, Samarqandagi Samkochavto, Toshkent viloyatidagi UzDongju, Buxorodagi neftni qayta ishlash korxonalarini keltirish mumkin.
O’zbekistonda Davlat investitsiya siyosati rivojlanishi quyidagi IV bosqichni o’z ichiga oladi.
1-bosqich: 1991-1994 yillar, 2-bosqich: 1995-2003 yillar; 3-bosqich: 2003- 2008 yillar, 2008 y. - hozirgi davr.
1-bosqichda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi:
- turli mulkchilik shakllarini yaratish borasidagi investitsion jarayon nomarkazlashtirish tadbirlar amlga oshirila boshlandi;
- xususiy moliyalashtirish manbalariga ega bo’lmagan ijtimoiy ahamiyat kasb etuvchi ob’ektlarni byudjetdan moliyalashtirish saqlab qolindi;
- xususiy mulkchilikni joriy etish tadbirlari olib borildi.
2-bosqichda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi:
- qonunchilik bazasi yaratildi;
- konkurs asosida loyihalarni moliyalashtirishga o’tildi;
- xorijiy investitsiyalarni jalb etish chora-tadbirlari amalga oshirila boshlandi;
- iqtisodiyotning real sektoriga investitsiyalar kiritilishi kuchaytirildi;
- investitsion loyihalarni amalga oshirishda turli moliyalashtirish manbalari qo’llanila boshlandi.
3-bosqichda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi:
- valyuta munosabatlari va operatsiyalari liberalizatsiyalashtirilildi;
- xorijiy investorlarning huquqlarini himoya qilish va ular manfaatlarini himoyalash bo’yicha muhim hujjatlar qabul qilinindi;
- korxonalarning texnik qurollantirilishi kuchaytirilildi;
- eksportga mo’ljallangan va import o’rnini qoplovchi mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan loyihalarni moliyalashtirishga ustivorlik berilildi.
4-bosqichda quyidagi chora-tadbirlar oshirilmoqda va rejalashtirilgan:
- inqirozga qarshi choralar qo’llanilmoqda;
- banklarning investitsion faolligi kuchaytirilmoqda;
- erkin iqtisodiy hududlar tashkil etilmoqda;
- valyuta bilan bog’liq ishlar muvofiqlashtirilmoqda;
- investitsiya faoliyatlari takomillashtirilmoqda.
Globallashuv va chet el kapital migratsiyasining kuchayishi. Zamonaviy investitsiya siyosatini amalga oshirishda chet el investitsiyalari ko’chishini hisobga olish.
Mamlakatda investitsiya faoliyatining huquqiy bazasi yaratilgan, tashqi iqtisodiy, investitsiya faoliyatini tartibga soladigan, chet el investitsiyalari va investorlarining huquqlari va manfaatlari himoyasini kafolatlaydigan bir qator qonunlar qabul qilingan, investitsiya muhiti takomillashtirilmoqda va qo’shma korxonalar hamda firmalar tashkil qilish bo’yicha izchillik bilan faoliyat yuritilmoqda. Bu yo’nalishdagi g’oyat muhim vazifalardan biri kapital qo’yilmalarning samarali yo’nalishlarini belgilashdan iborat. Bunda o’zaro manfaatlar, sheriklarga davlat kafolatlari berish; valyutaning erkin almashtirilishiga erishish, bank, transport, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va mamlakatdan eksportni valyuta bilan tartibga solishning qulay sharoitlari joriy qilinganligi hisobiga olinadi. Hozirgi bosqichda chet el kapitalini milliy iqtisodiyotga kiritishda mavjud ikki strategiyadan (import o’rnini bosuvchi, eksportni kengaytiruvchi) birini – to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni eksportni kengaytiruvchi mahsulotlar ishlab chiqarishga qo’yishni tanlash kerak. Mahsulotlar eksportini kengaytirish siyosati, bu siyosat bizda asosiy, mamlakatdan tashqarida raqobatni kuchaytirishga olib keladi, bu esa o’z navbatida jo’shqin iqtisodiy faoliyatga undaydi.Shunday qilib, globallashuv, jahon bozorida keskin raqobat va omon qolish uchun kurash sharoitlarida chet el kapitali va ishlab chiqarish (korxonalar)ning ko’chib yurishi, xalqaro raqobatning paydo bo’lishi va millatlararo korporatsiyalarning tashkil topishi tabiiy hol bo’lib, qaytmas jarayon hisoblanadi.
XULOSA
Xulosa qilib, davlatdagi xorijiy investitsion muhitni, birinchi navbatda, to`g`ridan-to`g`ri investitsiyalar muhitini yanada rivojlantirishga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlar muhim ahamiyatga ega, deyish mumkin:

  • soliq qonunchiligini soddalashtirish va ishlab chiqarishni rag`batlantirish maqsadida soliq tizimini takomillashtirish;

  • chet ellik investorlar maqsadi, ko`zlangna manfaatlarini chuqur o`rganib chiqish hamda tahlil etish orqali ularga yaratilgan qulay shart-sharoitlar va imtiyozlarni kengaytirish;

  • investitsiyalarni joylashtirish, ulardan samarali foydalanish borasida investitsiya marketingini kengaytirish va rivojlantirish;

  • xorijiy investorlarning ba`zi toifalariga yaratilgan imkoniyatlarni barcha chet el investorlari uchun umumiy qonun-qoidalari asosida belgilash;

  • investorlarni mamlakat investitsiya muhitida ular uchun yaratilagn katta imtiyozlar va qulayliklar bilan keng tanishtirish, ularga etkazish hamda ularni xabardor qilish. bu borada “O`zinfoinvest”faoliyatini kengaytirish.

Xulosa tariqasida shuni aytmoqchimizki, investitsiyalar iqtisodiyot o`sishining eng muhim manbalaridan biri bo`lsada, yagona emas. Investitsiya siyosatini amalga oshirish, investitsiya strategiyasini tanlashda, ayniqsa, korxonalar va ularga tenglashtirilgan tuzilmalar miqyosida moddiylashtirilgan investitsiyalar – asosiy fondlar va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni yaxshilash, mehnat mahsuldorligini oshirish hamda turli xil yo`qotish va noishlab chiqarish xarajatlarini bartaraf qilishga e`tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. YA`ni investitsiya strategiyasi erishilgan natijalarni tahlil qilish hamda foydalanilmagan zahiralar va imkoniyatlarni izlab topishga asoslanishi lozim. Bunday yondashuv natijasida investitsion qarorlar samaradorligining asosiy ko`rsatkichi – xarajatlarning minimal va natijalarning maksimal bo`lishi ta`minlanadi.

Download 75,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish