DARSLAR JARAYONIDA BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINI MILLIY QADRIYATLAR RUHIDA TARBIYALASH
Fayziyeva Zarxol ,
Sirdaryo viloyati Sardoba tumani 13-maktab 2-toifali boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Umuta’lim maktablarida amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar ham ijtimoiy siyosiy, ham ijtimoiy pedagogik jihatlarga ega.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning asosiy sub’yekti o’qituvchi. Shu sababli maktab “ma’naviy-axloqiy ishlar tizimi”ni maktab tarbiyaviy ishlar tizimining boy g’oyasi sifatida tushunish mumkin.
Shu sababli yuqoridagi fazilatlarni shakllantirish uchun ma’suliyatning asosiy yuki uning zimmasiga yuklanadi. Buning uchun boshlang’ich sinf o’quvchilaridan, maktab jamoat orasida o’z bilimi, ma’naviy axloqiy fazilatlari bilan boshqalarga o’rnak bo’lishlari, shaxsni hurmat qilishlari, ma’naviy tarixiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashlari; o’sib ulg’ayib kelayotgan yosh avlodni bir birini tushunish, xalqlar, millatlar va el-elatlar o’rtasida tinchlik, ahillik va inoqlik ruhida tarbiyalashlari va ularni zo’ravonlikning barcha ko’rinishlaridan himoya qilishlari va boshqalar talab etiladi.
Ajdodlarimiz davr sinovidan o’tgan ajoyib insoniy fazilatlar hamda ularni amalga oshirish usul va vositalarni yaratganlar. Shu asosda yoshlarni ijtimoiy hayot talablariga javob beradigan kishilar qilib tarbiyalab kelganlar. Bolalarda insoniy tuyg’ularni tarbiyalashning asosi- kishilarga mehr-muhabbat qo’yish, izzat-hurmat bilan muomala qilish, qadrlash, kishilar oldidagi o’z burchini anglash, odamlarga nisbatan samimiy, halol va rostgo’y bo’lish kabi odob va axloq qoidalarini o’z ichiga oladi.
Mehnatkash xalq ommasi, yuqorida qayd qilib o’tilganidek, uzoq davrlar davomida vujudga kelgan tarbiya usullari va vositalaridan foydalanadi, qo’llaydi, bunda bolalarning o’ziga xos xususiyatlari va butun sinf jamoasining sifatlarini ko’zlab biron-bir qaror qabul qilishni talab etadigan tarbiyaviy vaziyatni hisobga oladi.
O’qish va odobnoma darslarida axloqiy odatlarni hosil qilish uchun odob normalarini, ma’naviy, axloqiy jihatlarini, o’qish darslarida turli xil ertaklar, rivoyatlar, maqollar, hikmatli so’zlar bilan o’quvchilar dars jarayonida mavzuga qiziqtirish yo’llari va usullarini o’qituvchi ishlab chiqishi kerak. Jumladan 3-sinf o’qish kitobida berilgan go’zal fazilat inson husni bo’limida bir qator ma’naviy-axloqiy tarbiyani shakllantirishga qaratilgan mavzular mavjud.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarini milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda mazkur fikrdan kelib chiqib, shunday ma’naviy me’ros vakilidan biri bo’lgan Zahiriddin Muhammad Bobur haqida.
“Hidi, tilimi va mazasi” matnini o’rganish orqali o’quvchilarni o’zbek xalqining milliy qadriyatlari haqida ma’lumot berishga hamda matn mazmunida asoslangan materialga mos holda ko’nikma va odatlarni tarkib toptirishga harakat qildim.
Mirzo Bobur Hindiston degan yurtga borib u yerning sultoni, ya’ni podshohi bo’libdi. Bobur Hindistonga podshoh bo’lgan davrida ko’plab qurilishlar, obodonchilik va xalqqa g’amxo’rlik qilish bilan birga o’zidan yodgorlik qolsin deb Hindistonning ko’rkam joyida katta bir bog’ barpo etibdi. Bu bog’ga dunyodagi turli yurtlardan nihollar keltirib ektiribdi. Hind xalqi dunyodagi eng katta bu bog’ga “Bog’i Boburiy” deb nom qo’yibdi. Bog’dagi daraxtlar hosilga kirib, biram meva beribdiki, ularni hech joyga sig’dirib bo’lmabdi.
“Bog’i Boburiy”ning bir chekkasi rezavor ekan. Unda piyoz, sabzi, bodring bitibdi. Ammo handalak bilan qovun bo’lmabdi. Shoh bir yil qovun ektiribdi, bo’lmabdi. Ikkinchi yil ham ektiribdi, bo’lmabdi, uchunchi yil ham ektiribdi baribir qovun bitmabdi. Qovun bitishga bitibdi-yu, birinchi yili gulidanoq hosilni tashlab, ikkinchi yili palagi o’lib qolibdi, uchinchi yili pishib yetilmas, palagi so’lib qolibdi. Boburshoh bo’lsa qovun topishni talab qilaveribdi.
Keyingi yili Boburshoh bu yili qovun ekib pishirmasanglar hammangizni jazolayman,- deya g’azablanibdi. Bog’bonlar nima qilishini bilmay rosa boshlari qotibdi. Oxiri Boburshohga bildirmay uzoq Farg’onadan qovun olib kelishga ahd qilishibdi. Boburshoh bu orada bir necha oy ovga ketishibdi. Shu payt bog’bonlarning boshlig’i o’zi bilan o’n bir kishini yoniga olib, Farg’onaga boribdi. Karvon ot aravalarga qovun ortib, tezda Hindistonga qaytibdi.
Boburshoh ovdan qaytgach, bog’bondan qovun yo’qlatibdi. Qovunni olib borishibdi. Boburshoh qovunni hidlab ko’rib: - Qayerda bitgan deb so’rabdi. – “Bog’i Boburiy”da bitgan, deb javob beribdi bog’bon.- yo’q, hidi boshqacha. Faqat bir o’lkada yetishadi xolos. Sen meni aldayapsan,-debdi Boburshoh. – Aldagan bo’lsam, bilganingizni qiling, shohim. Bu qovun “Bog’i Boburiy”da bitgan,- deb bog’bon so’zidan qaytmay.
Boburshoh qovunni hidlab-hidlab, uni tilmoqchi bo’libdi. Qovun pichoq tegar-tegmas tarsillab yorilib ketibdi. Boburshoh bog’bonga qarab:-Yolg’on gapiribsan, qovunni qayerdan keltirganingni ochiq aytasan. Bunday hidli, tilni yoradigan qovun faqat men bilgan o’lkadagina bitadi. Sen mening savolimga to’g’ri javob bermading, qahrim qattiqligini bilasan-a,-debdi.
Oliyhazrat, aldasam boshimni tanamdan judo qiling, mayli roziman. Siz ko’rib turgan qovun “Bog’i Boburiy”da bitgan,-debdi bog’bon yana bilmagan bo’lib. Tilda shunday debdi-yu, o’zini bilmaganga olibdi. Boburshoh qovunni so’yib, bir tilim olibdi-da uni yeya boshlabdi. Qovun shirinligidan tilni yorar emish. So’ng Boburshoh yana bog’bonga debdi:- Yo’q, sen meni aldayapsan, bunaqa shirin tilyorar qovun bu yerlarda bitmaydi. Boshqa joydan keltirgansan. To’g’risini aytsang gunohingdan kechaman. Bordi-yu, meni aldab yana yolg’on gapirgan bo’lsang, boshingni tanangdan judo etaman,- debdi.
Boburshohni aldab bo’lmasligini bilgan bog’bon rostini aytishga majbur bo’libdi. – Farg’ona viloyatidan keltirdik, -debdi ko’ziga yosh olib. Bog’bonning gapidan Boburshohning ko’ngli buzilib yig’lab yuborishiga ozgina qolibdi. Bog’bon:- Shohim, qovunni qayerdan olib kelganimni bilib oldingiz. O’limim oldidan men ham sizdan bir so’rovimga javob qaytarishingizni tilayman,- debdi. –Qovun bu yerdan emasligini qayerdan bildingiz?- debdi.
Hidi, pichoq tegar-tegmas yorilib ketishi va tilyorar shirinligidan ona yurt qovuni ekanligini angladim. Rahmatli otam bog’idagi polizda shunaqa shakarpalak ko’p bitardi. Uzoq Hindu yurtida meni qovun bilan siylaganing uchun gunohkor bo’lmay, in’om-ehsonga loyiqsan, debdi. Boburshoh bog’bonga rahmat aytib, bosh oyoq sarpo beribdi.
Mazkur dars materialini hikoya qilib bo’lgach, dars matnida ilgari surilgan mashhur shoir va davlat arbobi Mirzo Boburshoh hayoti haqida va uning amalga oshirgan ishlari haqida atroflicha ma’lumot beraman. Mirzo Boburning uzoq Hinduda o’z ona Vataniga sevgisi, mehr-muhabbati, sadoqati o’ziga xos tarzda asoslangan. Ona Vatan zaminning sahovatini birgina qovun orqali “Uning hidi, tilimi, pichoq tegar-tegmasdan tarsillab yorilib ketadigan va shirinligi tilni yorar bunday qovun men bilgan bir o’lkadagina bitadi”, degan iboralari Mirzo Boburshohning o’zi yashagan ona tabiatiga yaqinlik, uning har bir ekini, narsalari muqaddas, e’zozli, qadrli ekanligini, o’sha zaminga bo’lgan hurmati, e’tibori, sadoqati, mehr-muhabbati bog’bonning qovunni “Farg’ona viloyatidan keltirdik”, degan gapi Boburshohning butun vujudiga, hissiyotiga kuchli ta’sir ko’rsatgani, uning ko’ngli buzilib yig’lab yuborishiga ozgina qolganligi kabi satrlar Boburshohning o’z ona Vataniga bo’lgan milliy tuyg’uning shakllanganligini isbotlaydi.
Yuqoridagi Boburshohning bog’bon bilan bo’lgan muloqoti uning o’ta zehnli, fahmli, axloqli, madaniyatli, hamda yuksak ma’naviyat sohibi bo’lganligini ko’rsatadi. Bog’bonning qovunni bu yerning qovuni emasligini qayerdan bildingiz deb bergan so’roviga, “Hidi pichoq tegar-tegmas yorilib ketishi va tilni yorar shirinligidan ona yurt qovuni ekanligini angladim”. “Rahmatli otam Bog’idagi polizda shunaqa shakarpalak ko’p bitardi” gaplari orqali Boburshohning o’zi yashab o’tgan ona yurtiga cheksiz muhabbat va ajdodlarga sadoqat, xotirlash kabi ma’naviy me’rosga hurmat, e’zoz, qadrlash sifatlari mujassamlashgan. Ana shunday yuksak milliy ma’naviy qadriyatlarni o’zida tarkib toptirgan Mirzo Boburshoh kabi hamyurtlarimizga hozirgi umum ta’lim maktab o’quvchilarida hurmatni, e’zozni, qadr-qimmatni rivojlantirish xullas butun o’tmish turmush tarzidan ibrat olish va uni amalda qo’llash bilan bog’liq ko’nikma va odatlarni tarbiyalash boshlang’ich sinf o’qituvchilarining asosiy vazifasi bo’lmog’i darkor.
Shu jumladan o’quvchilarga mlliy qadriyatlarimizni to’liq va to’g’ridan-to’g’ri yetkazib berishimiz uchun “Qovun sayli” didaktik o’yini o’tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |