Республика илмий-амалий масофавий онлайн конференцияси


MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARI UCHUN BULAJAK MUTAXASISLARNI TAYYORLASHDA O`YIN MODULINING AFZALLIGI



Download 27,87 Mb.
bet49/409
Sana25.02.2022
Hajmi27,87 Mb.
#276065
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   409
Bog'liq
ТЎПЛАМ SAYT

MAKTABGACHA TA`LIM TASHKILOTLARI UCHUN BULAJAK MUTAXASISLARNI TAYYORLASHDA O`YIN MODULINING AFZALLIGI
Muallif: SamDU magistranti Parmanova Nargiza
O`zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy, ma`naviy-marifiy sohalardagi o`zgarishlar qatorida ta`lim-tarbiya mazmunini yangilash, uni muntazam takomillashtirib borish zaruriyatini vujudga keltiradi. Bunday yangilanish va o`zgarishlar bir qator ta`limga oid qonunlar hamda ta`lim dasturlari asosida amalga oshirilmoqda.
Darhaqiqat bugungi kunda ta`lim-tarbiya har tomonlama rivojlantirilmoqda, shu bilan birga maktabgacha ta`lim sohasiga ham katta e`tabor qaratilmoqda. Bolalarni har tamonlama yetuk qilib tarbiyalashda, barkamol avlod qilib yetishtirishda, avvalo uning jismonan baquvvat, ruhan tetik, aqliy jihatdan yetuk va ijodkor qilib tarbiyalash ko`p jihatdan MTT mutaxasislariga bog`liq bo`lib, bu borada ulardan har tamonlama bilim, kunikma, malaka va ayniqsa kampetentlilikni talab qiladi.
Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida bolaning kelajak hayotida muvoffaqiyatga erishishishiga yordam beruvchi jismoniy, aqliy va manaviy qoblyati bilish jarayonida, bizni o`rab turgan atrof muhitni o`rganish, nutq o`stirish, badiiy asarlar tinglash, rasm chizish, qurish-yasash, jismoniy mashqlar bajarish va boshqa faoliyat turlarida rivojlanadi. Bu faoliyatlarda yo`nalishlar bir-biri bilan uyg`unlashtirilib – integrallashgan rejalashtirish asosida tashkil etiladi hamda o`yin shaklida qiziqarli tarzda olib boriladi. O`yin kichkintoyning tabiiy ehtiyojlari va istaklariga mos kelganligi sababli, o`yin jarayonida o`rganayotgan mavzuni quvnoqlik bilan takrorlaydi, yengillik bilan o`zlashtiradi.
Darhaqiqat bugungi kunda ta`lim-tarbiya har tomonlama rivojlantirilmoqda, shu bilan birga maktabgacha ta`lim sohasiga ham katta e`tabor qaratilmoqda. Bolalarni har tamonlama yetuk qilib tarbiyalashda, barkamol avlod qilib yetishtirishda, avvalo uning jismonan baquvvat, ruhan tetik, aqliy jihatdan yetuk va ijodkor qilib tarbiyalash ko`p jihatdan ota-onalar va MTT mutaxasislariga bog`liq bo`lib, bu borada ulardan katta sabr, mehr va bola tarbiyasiga ilmiy asoslangan yagona yondashuvni, har tamonlama bilim, kunikma, malaka va ayniqsa kampetentlilikni talab qiladi. To`g`ri yo`sinda olib borilgan tarbiya natijasida bola mustaqil fikr yuritishga va katta hayotga dadil qadam qo`yishga hozirlik ko`radi.
Bugungi kunda aksaryat MTT mutaxasislarida bilim, kunikma, malaka va ayniqsa kampetenlilikning yetishmasligi dolzarb muammo bo`lib turibdi. Bu esa maktabgacha ta`lim tashkilotlari uchun mutaxasislar tayyorlash tizimini takomillashtirishni taqozo etadi.
Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, maktabgacha ta`lim tashkilotlarining ertangi kuni qanday bo`lishi oily ta`lim dargohlarida talabalarning bugun qanday ta`lim va tarbiya olishiga bog`liq. Ana shu oddiy haqiqatdan kelib chiqgan holatda MTT uchun mutaxasislar tayyorlashning zamonaviy usullarini ishlab chiqish lozim.
Nima qilsakki, ta`lim jarayonini mushkullikdan quvonchli jarayonga aylantirsa bo`ladi? Shuni aytib o`tish lozimki, sifatli talim birinchi navbatda ta`lim beruvchi tarbiyachi, pedagogning kasbiy mahoratiga bog`liqdir. Albatta mashg`ulotlarimizga yangiliklarni kiritish, ilg`or ish uslublari va metodlardan foydalanish jarayon sifatini oshirishga olib keladi. Bu esa o`z o`rnida pedagogdan kasbiy mahorat talab etadi.
O`yin faoliyati bola hayotining asosiy mazmunini tashkil etad, u mehnat vat a`lim bilan uzviy aloqada bo`lgani holda yetakchi faoliyat sifatida nomoyon bo`ladi. Tadqiqotchilar o`yinning ahamiyati, qadri, uning shartliligini hamda ijtimoiy xulqini shakllantirishda shaxsning jamiyatdagi o`z o`rnini belgilab olishi, uning muomala chog`idagi hatti-harakatini aniqlab olishi hamda miyaning keying o`rganiladigan mavzuga tayyorlanishida juda katta ahamiyatga ega ekanligini ta`kidlaydi.
O`yin – inson o`zligining namoyon qilishi, uning takomillashuvi usulidir. O`yinda shaxsdagi mavjud barcha jihatlar ishga tushadi: Bola harakat qiladi, gapiradi, idrok qiladi, o`ylaydi, o`yin davrida inson hayoli, xotirasi faol ishlaydi, ta`sirchanlik va iroda sifatlari namoyon bo`ladi.
Akademik muvoffaqiyatga erishish uchun qilinayotgan siquv va bugungi bolalarning o‘yinga bo‘lgan ehtiyoji ortib ketdi, degan ikkita xato tushuncha maktabgacha ta’lim tashkilotlarida «boshlang‘ich ko‘nikmalar»ga qat’iy urg‘u berilishiga sabab bo‘ladi. Ilk davrlardagi rivojlanishning asosiy manbai o‘yin hisoblanadi (Vigotskiy, 1976). Aslini olganda Katrin bilan Alen (1999) bolaning mukammal rivojlanishini o‘yin orqali amalga oshiriladi, deb ta’kidlashgan. O‘yin bolaning ilk o‘rganish jarayonida, ayniqsa, intellektual o‘sishida bugungi kunda eng muhim vositachi bo‘lib qolmoqda. Uning ustiga so‘nggi ilmiy tekshiruvlar o‘yin orqali o‘rganilmagan bilim tez yoddan ko‘tarilishini tasdiqladi. O‘yin nafaqat materiallar va jihozlardan foydalanishdan tashkil topgan, balki savodxonlik va fikrlar xilma-xilligini shakllantirishda foydalaniladigan so‘zlar va fikrlardan ham iborat. Bundan tashqari, o‘yin muammo yechim ko‘nikmasini shakllantirishga undab, ijodkorlikni rivojlantiradi. Ijtimoiy va hissiy rivojlanishlar ham o‘yin orqali amalga oshiriladi. O‘yin umumiy rivojlanishni talqin etadi.
«Bolalar ta’lim olish jarayonida o‘zlari biladigan narsalarni barcha kategoriyalarda birlashtiradi». Lawrence Frankning klassik fikrlari bugungi kungacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan; «Bolani mustaqillik bilan tanishtirishga undaydigan, mustaqil o‘rganishga yo‘naltiradigan va dunyoni faol kashf qilishga chorlaydigan o‘yin konsepsiyasi bolaning umumiy rivojlanishini kafolatlaydi. Bu ta’lim tizimimizni, qadriyatlarimizni va shaxsni mukammal rivojlanishga qo‘shmoqchi bo‘lgan g‘ayratimizning tarjimasidir».
Suransky (1983) quyidagicha ogohlantiradi: «Bolalikda olib tashlangan o‘yinlar, keyingi yillarda o‘zining salbiy natijasini ko‘rsatadi» (29-bet). Frobelning ta’kidlashicha, «erkin o‘yinda bolalar o‘zlarining yangi qirralarini kashf qiladilar». Almi, Monigan, Skalva Van Xun (1984) bunday deydi: «O‘zining guruhdagi holati va dunyoviy ilmiy izlanishlaridan xabardor pedagog o‘yinning muhim roli mavjudligini alohida inobatga oladi. Pedagogning vazifasi va mas’uliyatlaridan biri bolaning o‘rgangan narsalarini qiyoslashi va mustahkamlashi uchun yangi narsalarni o‘rganishi uchun ma’noli o‘yinlarni uyushtirishdir» (22-bet).
Maktabgacha ta`lim muassasasi pedagoglari soha olimlarining qo`yidagi gaplariga qo`shilyaptilar: bolaga yo`naltirilgan mashg`ulotlar, bolaning har tamonlama, ya`ni to`rtta kategoriyasining hammasini qamrab olishi kerak. Biz bolalarning o`yin o`ynashga bo`lgan huquqlarini himoya qilishimiz zarur (Spidell Rusher, McGrevin, va Lambiotte, 1992). Wardle (1999, 7-bet).
Shuning uchun talim dargohlarida ta`lim-tarbiya berish jarayoniga o`yin elementlarining, muammoli holatlarning kiritilishi mashg`ulot va darslarni jonlantiradi.
O`yin moduli- mashqlarni xususiy tezlikda diqqat bilan tanishish va ketma-ket o`rganish orqali individual yoki guruh mashg`ulotlarida bir yoki bir necha malakaga ega bo`lish uchun mo`ljallangan alohida o`rgatuvchi paketdir.
“Uchta farqni top” o`yini.
Maqsad: kuzatuv malakalarini shakllantirish
O`yinning borishi: o`qituvchi ko`rsatmasiga ko`ra ishtirokchilar ikki qator bo`lib qarama qarshi turadilar, bir daqiqa ichida ichida bir-birlariga diqqat bilan nazar tashlaydilar va o`z juftlarining tashqi ko`rinishini elab qolishga harakat qiladilar. So`ng birinchi qator ishtirokchilari teskari o`giriladilar, ikkinchi qator ishtirokchilari esa o`z tashqi ko`rinishlarida uchta narsani o`zgartiradilar, ikkinchi qator ishtirokchilari esa o`z tashqi ko`rinishlaridagi uchta narsalarni o`zgartiradilar (masalan sharfini yechadilar, soch turmaklarini o`zgartiradilar, kastyumini yechadilar va xakozo) Birinchi qator ishtirokchilari o`z juftlariga o`grilib, ugrilib ulardagi ozgarishni topishlari lozim bo`ladi. So`ng ishtirokchilar rollari bilan almashadilar. O`yin qiziqarli otishi uchun avvaldan biror bir atributlar tayyorlab qo`yish mumkin. O`yin so`ngida ishtirokchilar o`z taassurotlari, yuzaga kelgan qiyinchiliklar bilan o`rtoqlashadilar.
Pedagog ushbu o`yinni o`tkazgan maxsus sirtqi bo`limda ta`lim oluvchi 155, 108, 111- guruh talabalari “Bolani kuzatish va baholash” mavzusi bo`yicha amaliy ko`nikmaga 86 % erishdi.
Ammo xuddi shu mavzuni o`yin texnologiyalarisiz ma`ruza shaklida o`rgangan 106, 107, 109, 110 - guruh tinglovchilari “ Kuzatish va baholash” mavzusini atiga 50 % o`zlashtirganligi aniqlandi.
Natijalardan ko`rinib turibdiki, mavzularga mos o`yinlarni har bir mashg`ulotga kiritmas ekanmiz guruhda olib borgan ta`lim-tarbiya ishlarimizning samarasi juda kam bo`lishi mumkin. Bu esa biz tayyorlayotgan mutaxasislarning kiyengi faoliyatida ham o`zining salbiy naijalarini ko`rsatishi mumkin.
Xulosa o`rnida ta`kidlash lozimki, zamonaviy mujassam o`yin texnalogiyalaridan foydalanilgan holda bulajak mutaxasislarni tayyorlash va dunyoqarashini rivojlantirishning muhim manbalaridan hisoblanadi. Shu munosabat bilan ta`kidlash lozimki, mamlakatimizda maktabgacha ta`lim sohasini rivojlantirish bo`yicha oily pedagogik talimni modernizatsiyalash, ayniqsa maktabgacha ta`lim sifatini yaxshilash bo`yicha to`plangan va ilmiy asoslangan xulosalar bulajak pedagoglar dunyoqarashini rivojlantiruvchi omil sirasiga kiradi.



Download 27,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   409




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish