Республика илмий-амалий масофавий онлайн конференцияси


BOSHLANG`ICH SINFLARDA IJODIY FIKRLASH QOBILIYATLARINI SHAKLLANTIRISH



Download 27,87 Mb.
bet395/409
Sana25.02.2022
Hajmi27,87 Mb.
#276065
1   ...   391   392   393   394   395   396   397   398   ...   409
Bog'liq
ТЎПЛАМ SAYT

BOSHLANG`ICH SINFLARDA IJODIY FIKRLASH QOBILIYATLARINI SHAKLLANTIRISH
Oymatova Sitoramoh Alimovna Sirdaryo viloyati
Bovovut tumani 13-umumta’lim maktabi boshlang`ich sinf o`qituvchisi.


Ijodiy fikrlash – insonning o`z bilimi hamda hayotiy tajribalariga tayanib, o`z intellektual imkoniyati dara­jasida turli yo`l, usul, vositalar yordamida aqliy faoliyat yuritishidir.
Tafakkur xususiyatlari o`rganilgan tadqiqotlardan ma’­lumki, fikr mustaqilligi darajasi inson aqliy faoliyatining tashabbuskorligi, pishiqligi va tanqidiyligida aks etadi. Kishi fikri mustaqilligining belgilaridan biri – tashabbus­korlik insonning o`z oldiga aniq maqsad va vazifalar qo`yishi, ularni amalga oshirish yo`lidagi muammolar yechimini topishi, nihoyasiga yetkazish uchun zarur bo`lgan usul hamda vositalarni qo`llashida namoyon bo`ladi. Bu faoliyatning pishiqligi vazifa­larni tez bajarish, bu jarayonda qo`l keladigan usul va vosita­larni tezkorlik bilan izlab topish, ularni farqlashda ko`ri­nadi. Aqliy faoliyat tanqidiyligi esa mustaqil fikrlovchining voqea-hodisaga munosabati, uning xususiyatlarini ajrata bilishida namoyon bo`ladi.
Fikrning mustaqilligi uning sermahsulligi, samarador­ligi bilan uzviy bog`liq. Agar inson tomonidan muayyan vaqt ichida ma’lum soha uchun qimmatli va yangi fikrlar, g`oyalar, tavsiyalar yaratilgan, nazariy hamda amaliy vazifalar hal qilingan bo`lsa, bunday tafakkur sermahsul, samarali tafakkur hisoblanadi. Demak, ma’lum vaqt oralig`ida bajarilgan aqliy ish ko`lami va sifati (pishiqligi, kengligi, chuqurligi va tanqidiyligi) – tafakkur mustaqilligi darajasini o`lchash mezoni bo`lib xizmat qiladi.
Ma’lumki, bolalar maktabgacha bo`lgan davrida favqulodda ijodkorlik xususiyatiga ega bo`ladilar. 5-6 yoshida ona tilini to`liq o`zlashtirib oladilar, o`zlarining amaliy faoliyatlari va borliqni anglashlari uchun zarur bo`lgan har xil ma’lumotlarga ega bo`ladilar. Ularning bu davrdagi taraqqiyoti hech qanday, odatda, muntazam o`qitish ishlarisiz, kattalar va tengdoshlari bilan muloqoti jarayonida amalga oshadi. Bolalar maktab hayo­tiga kirib kelganlarida, ularning faoliyati dasturlar asosida tizimli bilim olishga o`tganda bir qadar o`zgaradi. Bizningcha, bu o`qish-o`rganish jarayonida tabiiylikning buzilgani, unga sun’iylik aralashuvi tufayli sodir bo`ladi. Bola maktabga kirgach, uning mustaqilligi, o`z intellektual darajasidagi fikrlashi va ixtiyoriy faoliyati ma’lum darajada cheklanadi. Undan maktab talablariga muvofiq ish yuritish talab etiladi.
Bola ayrim hollarda hatto mustaqil ravishda mulohaza yuritishni unutib qo`yishi ham mumkin. Chunki uning o`rniga o`qituvchi o`ylaydi. O`qituvchi bolalar o`zlashtirishlari lozim bo`lgan bilimlarni tayyor holda beradi, savollar qo`yadi, berilishi lozim bo`lgan javoblar variantlarini taklif etadi. Beriladigan savol va topshiriqlarning yechilish yo`llarini tavsiya etadi. O`quvchi o`rganilayotgan o`quv materialini eslab qolishi, uni uyda takrorlashi va mustahkamlash mashqlarini bajarishi lozim bo`ladi xolos. Ma’lumki, bunday ta’lim o`quv­chidan ijodiy fikrlashni talab qilmaydi. Ta’lim jarayonida o`qituvchi imkon qadar kengroq, chuqurroq bilim berishga harakat qilgani tufayli o`quvchida unga savol berish ehtiyoji ham yo`qola boradi. Chunki o`qituvchi tomonidan berilgan bilim, avvalo, bola uchun yangi, qolaversa, o`qituvchi bu yangilikni qator ilmiy asoslar va isbotlar bilan tushuntirib beradi. Bolalarga bu tarzda singdirilgan bilim, ko`nikma, malaka va ma’naviy sifatlar ularni doimiy xizmat ko`rsatilishi lozim bo`lgan iste’molchiga aylantirib qo`yadi. O`quvchining maktabda olayotgan bilimi ba’zan go`dakka chaynab berilgan ovqatga o`xshab ketadi. Bunday ta’lim boladan bilimlarni mustaqil ravishda ijodiy o`rganishni talab qilmaydi. Bir necha yillik shunday o`qitish natijasida bola mustaqil ravishda biror qadam ham bosol­maydigan faoliyatsiz kimsaga aylanadi. U har qanday aqliy zo`riqishdan o`zini torta boshlaydi, bunday zo`riqishni yaqinlari bo`lmish o`qituvchi, ota-ona, o`rtoqlarining zimmasiga orta bosh­laydi. Bunday bolalar, tabiiyki, biror ishni bajarishdan zavq, lazzat yoki qoniqish ham tuymaydilar.
Bolalik bosqichlaridagi fikrlashning mustaqilligi dara­jasi unga yaratilgan sharoit tufayli kuchayadi yoki susayadi. Ular­ning ruhiy taraqqiyoti har xil sharoit va bosqichlarda turlicha amalga oshadi. Shuning uchun bolaning rivojlanishidagi yoshi bilan bog`liq xususiyatlar, tafakkurining mustaqilligi chegara­si va darajasi har bir bolada o`ziga xos individual tarzda bo`lishi ta’lim jarayonining barcha bosqichlarida, har bir darsda qat’iy hisobga olinishi lozim. Bu sog`lom ma’naviyatli shaxsni shakllantirish shartlaridan biridir.
Bugungi kunda o`quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyat­larining asosiy maqsadi – yosh avlodni har tomonlama yetuk, jamiyatimiz taraqqiyoti uchun zarur bo`lgan barkamol insonlar etib shakllantirishdir. Barkamol inson o`zida ma’naviy va jismoniy yetuklikni mujassam etadi. O`quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun birinchi galda sharq muta­fakkirlarining meroslari dasturilamal bo`lib xiz­mat qiladi. Al-Farobiy, A.Yassaviy, B.Naqshbandiy, Al-Buxoriy, Beruniy, Ibn Sino, al-Xorazmiy, al-Farg`oniy, Firdavsiy, Amir Temur, Alisher Navoiy va Bobur singari jahonga ta­niq­li bir necha aql egalarining ijtimoiy-siyosiy, falsafiy qarashlariga tayanib ish ko`rilsa o`quvchilarning ijodiy fikr­lash qobiliyatlarini rivoj­lantirish ishlari yanada mukam­mallik kasb etadi.
O`quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish – bizning burchimizdir. Lekin, bu g`oyada murakkab jarayon bo`lib, u ko`plab, oylab, yillab mehnat qilishni, sabr-toqatni, chidam va qat’iyatlilikni, irodani talab etadi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ta’lim tizimini tubdan isloh etib, respublikamiz istiqbolini belgilovchi yoshlarni har tomonlama yetuk, barkamol shaxs, rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi raqobatbardosh kadrlar etib tayyorlashni oliy maqsad qilib qo`ydi.
Davlatimizning mustaqillikka erishuvi ta’lim va o`quv­chilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarining milliy shakl­larini rivojlantirishga keng imkoniyatlar ochib berdi. O`quv­chilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakllanti­rish jarayo­ni - ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlari nazarda tutilgan holda, o`qituvchilarning o`quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o`zaro amaliy va nazariy muloqatidir.


Download 27,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   391   392   393   394   395   396   397   398   ...   409




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish