Республика илмий-амалий масофавий онлайн конференцияси


SINFDAN TASHQARI O`QISH JARAYONIDA PIRLS XALQARO BAHOLASH DASTURIGA TAYYORLASH YO`NALISHLARI



Download 27,87 Mb.
bet394/409
Sana25.02.2022
Hajmi27,87 Mb.
#276065
1   ...   390   391   392   393   394   395   396   397   ...   409
Bog'liq
ТЎПЛАМ SAYT

SINFDAN TASHQARI O`QISH JARAYONIDA PIRLS XALQARO BAHOLASH DASTURIGA TAYYORLASH YO`NALISHLARI


Atayeva Baxrinisa Abduvaxidovna
Sirdaryo viloyat XTXQTMOHM katta o`qituvchisi.
+99897245 68 06
Raxmonova Dinara Bakidjanovna
Oqoltin tumani 8-aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan maktab boshlang`ich sinf o`qituvchisi
+99897327 85 25
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son Farmoniga ko`ra “O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasi”da xalq ta’limi tizimida o`quvchilarning bilim darajasini baholashda ta’lim sifatini baholash bo`yicha xalqaro dasturlar va izlanishlar (PISA, TIMSS, PIRLS va boshqalar)da O`zbekiston Respublikasining doimiy ishtiroki ta’minlanishi ta’kidlab o`tilgan.
Shunga ko`ra PIRLS tadqiqotlari doirasida turli ta'lim tizimiga ega bo`lgan davlatlarning 4-sinf bituvchilarining o`qish sifati va o`qilgan matnni tushunish darajasi o`rganiladi. Bu tadqiqotlarga 4-sinf o`quvchilarining tanlanishi shu bilan e'tiborliki, aynan o`qishning to`rtinchi yilida o`quvchilar o`qishning yuqori darajasiga ega bo`lishi, ularning keyingi ta'limda bilimni egallash qobiliyatini shakllantirish va shu orqali hozirgi zamonga muvaffaqiyatli moslashuviga yordam beradi. Bunga tayyorlash jarayonida sinfdan tashqari o`qish darslari muhim o`rin tutadi. Sinfdan tashqari o`qish o`quv dasturi bilan chambarchas bog`liq bo`lib, unda ko`zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda yaqindan yordam beradi. Buning uchun o`quvchilarda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalash, ularni oddiy kitobxondan ijodkor kitobxon darajasiga ko`tarish talab etiladi. Bolalarda kitob ustida ishlash malakasini shakllantirish ularda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalashning muhim omilidir.
Sinfdan tashqari o`qish mashg`ulotlari ikki haftada bir marta o`tkaziladi va o`qish uchun ajratilgan soatlardan foydalaniladi. Badiiy-adabiy asarlar mustaqil ravishda va izchil o`qib borilsa, o`quvchilarning dunyoqarashini kengaytirishga, shakllantirishga xizmat qiladi.
Sinfdan tashqari o`qish tanish bo`lmagan muallifning kitoblari, muqovasi, titul varag`i, kirish so`zi, mundarijasi va rasmlariga qarab asarning taqvimiy mazmunini aniqlash vazifasini amalga oshirishga xizmat qiladi. Bolalarga ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat uyg`otish, bog`lanishli nutqini o`stirish, adabiy-estetik tafakkurini yuksaltirish o`qish darslarining tub mohiyatini tashkil etadi.
Sinfdan tashqari o`qish bosqichlari, dastur talablari, tarbiyaviy vazifalari o`quvchilarning qiziqishlari bilan belgilanadi. Masalan, tayyorlov bosqichida kichik hajmdagi asarni o`qituvchi o`qib bersa, o`qilganlar yuzasidan suhbat, qayta hikoyalash o`tkazilsa, boshlang`ich bosqichda butun sinf o`quvchilari bir xil kitob bilan ta'minlanadi, barcha o`quvchilar bitta matn ustida ishlaydilar. Bunda bitta yozuvchi yoki bir mavzudagi asarlar ko`rgazmasi tashkil qilinadi. Asar ichda o`qishga topshirilishi, albomlar tayyorlanishi, kinofilm va diafilmlardan parchalar ko`rsatilishi, musiqiy daqiqalar o`tkazilish hamda asar mazmuni yuzasidan ijodiy rasmlar chizdirilishi ham mumkin. Bu jarayonda kitobni saqlash maqsadida uni yamash, o`rash o`rgatiladi, “Ertaklar bayrami”, “Ifodali o`qish tanlovi” o`tkaziladi. Asosiy bosqich yakunida kichik yoshdagi o`quvchilar faol kitobxon uchun zarur bo`lgan yaxshi o`qish ko`nikma va malakalarini egallashlari, eng muhimi, ularning kitob hamda mustaqil o`qishni yaxshi ko`rishlariga erishish juda muhimdir.
1. Kitobni targ`ib qilish. Sinfdan tashqari o`qishga tavsiya qilinadigan asarlar ro`yxati sinfga yoki maktabning maxsus joyiga osib qo`yiladi, ular vaqti-vaqti bilan yangilab turiladi, to`ldiriladi, ko`rgazmalar tashkil qilinadi. O`qituvchi maxsus suhbatlar uyushtiradi.
2. Yakka tartibdagi yordam va kundalik tekshiruv. O`quvchilarning o`qigan kitoblari yuzasidan suhbat uyushtiriladi, o`qilgan kitoblar hisobga olinadi. Shaxsiy fikrlar aniqlanadi, uy kutubxonalari bilan tanishiladi, ota-onalar bilan suhbat o`tkaziladi.
3. Sinfdan tashqari o`qish yuzasidan ommaviy ishlar. Adabiy ertaklar, viktorinalar, yozuvchilar bilan uchrashuvlar, adabiy ekskursiyalar uyushtiriladi, ular uchun maxsus tayyorgarlik ko`riladi.
4. Kutubxonaga yozilish. 1-sinf o`quvchilari o`qituvchining tavsiyasi bilan kutubxonaga a'zo bo`ladi. Bu jarayonda o`qituvchi va kutubxonachi hamkorlikda ish olib borishi maqsadga muvofiq bo`ladi.
5. O`quvchilarning o`qiganlarini hisobga olish. Bunda ularning kitobxonlik kundaligidan foydalaniladi. 1-sinf o`quvchilari 2-yarim yillikdan boshlab kitobxonlik kundaligiga yozuvchining ismi, familiyasi va kitob nomini, 2-sinfda esa unga nashr etilgan joyi va yilini qo`shib yozadilar. 3-4-sinflarda o`qigan kitobining qisqacha mazmunini yozib, unga taqriz va o`z mulohazalarini ham qo`shishlari mumkin.
PIRLSga tayyorlash jarayonida matnni tushunishning har bir darajasida o`quvchilardan talab etilayotgan xususiyatlarni shakllantirishda sinfdan tashqari o`qish darslarida badiiy matnlarni o`qish jarayonida, o`quvchi:

  • Muallifning umumiy g`oyasini tushunish uchun matnning tafsilotlarini bog`lash;

  • Qahramonlarning his-tuyg`ularini, niyatlarini, maqsadlarini va xarakter xususiyatlarini tushunish uchun voqe'alar va harakatlarni sharhlay olish ko`nikmalari mavjud bo`ladi;

  • Matnni turli qismlarida yashiringan tafsilotlar mazmunini aniqlash;

  • Qahramonlarning harakatlarini aniq talqin qilish va oddiy tushuntirish bera olish;

  • Matndan aniq ta'riflangan tafsilotni topish;

Xulosa qilib shuna aytishimiz mumkinki, PIRLS xalqaro baholash dasturiga tayyorlashda sinfdan tashqari o`qish darslarida o`quvchilarning qiziqish va ularni yosh xususiyatiga mos asarlar ustida topshiriqlar tayyorlash maqsadga muofiqdir.



Download 27,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   390   391   392   393   394   395   396   397   ...   409




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish