Fikr: “Sohibqiron” dramasi- Amir Temur shaxsi xolis tasvirlangan asar. Sabab: asarda Amir Temur odil hukmdor, yomonlikni jazolovchi, ezguliklarni rag`batlantiruvchi,oychil shaxs, xato va kamchiliklarni tan olishdan qo`rqmaydigan inson qiyofasida namoyon bo`ladi. Misol: ”…Bizning uchun g`oyat qutlug` mujda keltirding, O`g`lim seni siylagayman bu mujda uchun. Inshoolloh, Samarqandga qaytib borgan chog` Nikohingga berajakman bir nabiramni…”Umumlashtirish: adolat ulug`langan asar.Amir Temur nomi buyuk davlat qurgan sohibqiron, o`zbek davlatchiligining tamoyillarini yaratgan hukmdor va “Yevropa haloskori” sifatida asarlar osha mangu yashaydi.
“YQXO`M” mashqi
Yaxshi: asarda Temurning adolatli hukmdor sifatida tasvirlanishi, o`rni kelganda xatolarini tan ola biladigan mo`min inson ekanligi. Qiziq:Temurning xufyasi Buqalamunning turli xalqlar qiyofasiga kira olishi va hatto ko`zining rangigacha o`zgartira olishi. Yurishlardan oldin bir-birini tanimaydigan minglagan xufyalar xizmat qilishi qiziq.Yana qanday Temur harbiy hiylalari borligi.Tahlikali jang paytida Alouddin bilan shatranj o`ynashi.
Xalaqit berdi:Amir Husaynning Amir Temurga pand berishi, Boyazidning tahdidli, haqoratomuz maktubi. O`zimniki qilib oldim: adolatni shior qilgan inson hamisha g`olib bo`ladi.Ezgu ishlarni taqdirlagan hukmdor nomi mangulikka muhrlanadi. Mening kayfiyatim:qalbimda g`urur paydo bo`ldi. Shunday buyuk zotlar avlodi ekanligimdan faxrlandim.Ularga munosib avlod bo`lish va vatanim ravnaqiga hissa qo`shish burchim ekanligini yana bir bor his qildim.
10-sinflarda adabiyot fanidan Hamid Olimjonning “Chimyon esdaliklari” she`rini “Ikki qismli kundalik” metodi orqali o`rganish o`quvchini mustaqil fikrlashga, asar yuzasidan tushunganlarini ochiq bayon etishiga yordam beradi.O`quvchilarga she`rdagi mavjud sakkiz banddan istalgan to`rtta bandni tanlash va jadval asosida sharhlash topshiriladi. Birinchi bandni sharhlashga navbat berilar ekan, albatta, bu baytni tahlil qilgan bir-ikki o`quvchi topiladi va bu jarayonda fikrlar xilma-xilligiga e`tabor beriladi.
“Ikki qismli kundalik” metodi
Tanlangan band
|
Izohi
|
Yo`llarimda zangori ko`llar
Oyna kabi tiniq va bejon.
Men umrimda ko`rmagan gullar…
Nom qo`yishda ojizdir inson.
|
Shoir yura-yura yo`lida ko`llarga duch keladi.Ko`llar toshoynaga o`xshaydi.Bu oynada turli fasllar aks etadi.Shoir ko`zi oyoqlari ostiga tushadi va ko`radiki, gullar turfa xil, hatto ulardan ayrimlarining nomini ham bilmaydi
|
“TYT” mashqi.Bu mashqdan she`riy asarni o`rganish jarayonida foydalaniladi. O`quvchilar she`riy asarni o`qib chiqqach, ma`lum vaqt davomida jadvalning tegishli bo`limiga band yoki misralarni yozadi. O`quvchilar to`ldirgan jadval o`qiladi.Kimdir tushunmagan band yoki misra ikkinchi o`quvchi tomonidan idrok qilingan bo`lishi mumkin yoki naksincha. Hech bir o`quvchi tushunmagan yoki notog`ri izohlangan o`rinlarni o`qituvchi o`zi tushuntiradi.
Tushundim
|
Yoqdi
|
Tushunmadim
|
Yo`llarimda zangori ko`llar
Oyna kabi tiniq va bejon.
Men umrimda ko`rmagan gullar…
Nom qo`yishda ojizdir inson.
|
Bunda gulning eng asllari,
Baxmal gilam, alvon poyandoz,
Tabiatning bor fasllari:
Bahor va yoz qarshimda peshvoz.
|
Tog`da yurar ohu bir juvon,
Bahor yurar ko`chib tog`ma-tog`, qo`llarida lola piyola.
|
“O`zimniki qilib olaman, uloqtirib tashlayman” mashqi. Bu mashq asarni o`rganib bo`lgandan so`ng tahlil jarayonida tashkil qilinadi. O`quvchi asar qahramonlaridan ibrat olish mumkin bo`lgan yoki saqlanish joiz bo`lgan jihatlariga to`xtalib o`tadi.
O`zimniki qilib olaman
|
Uloqtirib tashlayman
|
Amir Temurga xos mardlik, odillik, saxiylik kabi jihatlarni,
Said Baraka va ahmad Yassaviyga xos haqgo`ylik va donolikni
|
Amir Husayn kabi do`stlikka xiyonatni,
Boyazidga xos manmanlikni,
|
|
|
Bir mavzuni bir necha usul orqali tahlil qilish o`quvchilar dunyoqarashi, darajasi va saviyasidan kelib chiqib tanlanadi. Muhimi, o`quvchi mustaqil fikrlashga o`rgatiladi. Adabiyot darsi-hayot darsi deya bejiz ta`kidlanmaydi. O`quvchi u yoki bu qahramon timsolida turli xil hayot qiyinchiliklariga, quvonch-u shodliklariga guvoh bo`ladi. Asar qahramonlari bilan kuladi, quvnaydi, iztirob chekadi. Hayotiy tajribasi kam bo`lsa-da hayot haqidagi ayrim tasavvurlarga ega bo`ladi.Mustaqil fiklashni o`rgana boradi. Asosiysi, ezgulikni yovuzlikdan, yaxshilikni yomonlikdan ajrata olsa, adabiy ta`lim o`z oldiga qo`ygan maqsadiga erishadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Xojiahmedov A. Mumtoz badiiyat malohati. T., 1999.
2. Xojiahmedov A. O`zbek aruzi lug`ati. T., 1999.
3.Umurov X. Adabiyot nazariyasi. T., 2004.
Do'stlaringiz bilan baham: |