CHIZMACHILIK DARSLARIDAI ILG’OR TAJRIBALARNI O’RGANISH VA OMMALASHTIRISHDAGI UZVIYLIK
Abdurahimova Dilbar Abdurahmonovna - Namangan shahar
51-umumta’lim maktabi tasviriy
san’at va chizmachilik fani o’qituvchisi
Inson shaxsining kamol topishi juda murakkab va uzluksiz jarayon davomida shakllanadi. SHunday ekan ta’lim - tarbiya jarayoni ham juda murrakkab va mahsuliyatlidir. O’zbekiston davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlardan biri milliy qadriyatlarimiz, ezgu g’oyalarimiz asosida mustaqil fikrlaydigan, jamiyatga munosib, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo’lgan, o’z sohasi bo’yicha raqobatbardosh yoshlarni tarbiyalashdir.
Ilmiy texnik taraqiyyotni talablarining asosi bu chizmachilikdir. Tasviriy san’at va chizmachilik darslarida yangi zamonaviy metodlardan foydalanish, ilg’or ish tajribalarini ommalashtirish davr ta’labi. SHu asosda o’quvchilarni mehnatga va ijodiy yaratuvchanlik faoliyatiga tayyorlashga, fazoviy tasavvurlarini rivojlantirishga yordamlashadi. Bunda o’quvchilarni real buyumlarning shaklini va konstruksiyasini taxlil qilish va ularning obrazini chizmaga qarab tasavvur qilishga, chizmani o’qishga o’rgatish vazifasi qo’yiladi.
O’quvchilarga ta’lim berishning zamonaviy axvoli, ularning nazariy tomondan tayyorgarligini oshirishning yangi yo’llarini izlash, ijodiy mehnatga tayyorgarli, asosiysi esa vosita va metodlar, shu jumladan boshlang’ich maktab chegarasida vosita va metodlarni izlashdir.
Keyinggi yillarda ta’limning o’yinli shakli eng istiqbolli va eng muvaffaqiyatli yangilik bo’lib namoyon bo’ladi.
Didaktik sharoitda maqsadga intilish, faollik, tezkorlik va tafakkur mahsuldorligi, mustahkamlik, xotira tezkorligi, takomillashganlikva o’z kuchi, irodasiga ishonch tuyg’ular shakllanadi.
SHunga ko’ra kichik yoshdagi bolalarning chozmachilik ta’lim-tarbiyasida asosiy faoliyatlaridan biri bo’lib hisoblangan narsa o’yindir. O’yin texnologiya yordamida tashkil qilingan chizmachilik darslarda atrof-muhit bilan tanishtirish, ularning kuzatuvchanligi, diqqat-e’tibori, chizmachilik xotirasini rivojlantirish, ya’ni aqliy faoliyatlarini kuchaytirish nazarda tutiladi.
1. O’yinning vazifasi.
2. O’yin harakati;
3. O’yin qoidasi;
4. O’yin yakuni;
1. Har bir o’yinda ma’lum didaktik maqsadga qaratilgan vazifa qo’yiladi. Bu vazifa bolalarga bilim va ma’lumot berishni ko’zda tutadi. Har bir o’yin bolalardan ma’lum vazifani bajarishni talab qiladi.Bu vazifani bajarish maqsadida bola o’zining fikrlash qobiliyatini aktivlashtiradi, oldingi olgan bilim va tushunchalarini esga tushitishga harakat qiladi.Har bir o’yin o’zining ma’lum yakuni natijasiga ega. O’yinda ma’lum kutilgan natijaga erishish esa o’yin qoidasiga rioya qilish, vazifani bajarish orqali amalga oshiriladi. O”yin shunday yakunlandiki, bolalar o’yindan ma’naviy ozuqa oladilar, ularga ma’lum darajada bilim beradi, yangi bir naesaga o’rgatiladi. O’quvchilar esa har bir qiziqarli o’yindan so’ng o’zlarini xursand, xushchaqchaq sezadilar, ularning ehtiyoji qoniqtiriladi. O’uin oxirida o’yin jarayonida vazifani, o’yin qoidasini yaxshi, namunali bajargan o’quvchilar rag’batlantiriladi, ularning faoliyatlari alohida qayd qilib o’tiladi.
Oʻquvchilarning shaxsiy sifatlarini hisobga olish asosida shu sifatlarni ijobiylashtirish va rivojlantirish maqsadlariga erishish uchun darsda oʻquvchilarga mustaqil vazifalar berish, ularning mustaqil hulosalar chiqarishlarini, bir- birlaridan oʻrganishlarini tashkil qilish, ularning oʻqishlari uchun qulay muhit yaratishga alohida e’tibor berish talab qilinadi.Ta’lim bilan tarbiyaning uzviyligini ta’minlash.
Oʻquvchilarning shaxsiy sifatlarini hisobga olish, ijobiylashtirish va rivojlantirish.
Oʻquvchilarning yosh xususiyatlarini ta’lim- tarbiya jarayonida hisobga olish, ularning shaxsiy sifatlarini bilish, tahlil qilishga yakka tartibda yondashishda hozirgi yosh psixologiyasi va pedagogikasining qoidalari va talablaridan kelib chiqiladi. Bunda oʻquvchilarning bir - birlariga nisbatan tayyorgarliklari, qiziqishlari va fanlarni turlicha oʻzlashtirishlari bilan farqlanishini hisobga olish asosiy masalalardan hisoblanadi. Shunga muvofiq ravishda oʻqituvchilarning ham bir- biridan oʻqitish uslubi, oʻquv-tarbiya jarayonini rejalashtirish boʻyicha farqlanishini hisobga olgan holda har bir oʻqituvchining ma’lum vaqt davomida opedagogik texnologiyaimal natijaga, ya’ni oʻquvchilarning koʻzda tutilgan darajada oʻzlashtirishlariga erishish yuzasidan individual yondashuvlari mavjud.
Oʻquvchilarning shaxsiy sifatlarini hisobga olish asosida shu sifatlarni ijobiylashtirish va rivojlantirish maqsadlariga erishish uchun darsda oʻquvchilarga mustaqil vazifalar berish, ularning mustaqil hulosalar chiqarishlarini, bir- birlaridan oʻrganishlarini tashkil qilish, ularning oʻqishlari uchun qulay muhit yaratishga alohida e’tibor berish talab qilinadi.Ta’lim bilan tarbiyaning uzviyligini ta’minlash.
Oʻquvchi shaxsiga yoʻnaltirilgan ta’lim amalga oshiriladigan ayrim noan’anaviy dars shakllarini keltiramiz:
Shoʻngʻish darsi - ma’lum bilimlarni egallash uchun eng qulay muhitda boʻlish yoki shunday muhit yaratish orqali mavzuni faol oʻrganish mashqlaridan iborat.
Musobaqa darsi- oʻquvchilarning oʻzaro musobaqalashuvini tashkil etish orqali bilimlarni mustahkamlash mashqlari.
Konsultatsiya darsi - dars jarayonida oʻquvchilarning oʻzaro hamda oʻqituvchining konsultatsiyalarini tashkil etish orqali darsni oʻzlashtirish mashqi.
Ijod darsi - oʻquvchilarning mustaqil ijod etishlarini tashkil qilish darsi.
Sinov darsi - oʻquvchilarning oʻzlashtirishini turli shakllarda sinash tashkil qilinadigan dars.
Shubha bildirish darsi - dars mavzusi boʻyicha qoidalar, xulosalarni agar notogʻri deb hisoblansa, nimalar boʻlishi mumkinligi haqida qiziqarli bahs va tahlillar oʻtkazish orqali yangi mavzuni tushuntirish darsi.
Do'stlaringiz bilan baham: |