Республика илмий-амалий масофавий онлайн конференцияси



Download 27,87 Mb.
bet339/409
Sana25.02.2022
Hajmi27,87 Mb.
#276065
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   409
Bog'liq
ТЎПЛАМ SAYT

N.X.G’aniyeva O’zbekiston Respublikasi
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi jismoniy tarbiya va sport bo’yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik
ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish Samarqand filiali o’qituvchisi Navoiy viloyati Qizil tepa tumani 4 maktabning jismoniy tarbiya fani
o‘qituvchisi Z.Sharipov



Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va uning jamiyatdagi o‘rni yuqori darajada ekanligi xech kimga sir emas.
Hurmatli birinchi Prezidentimiz Islom Karimov farmoyishida “Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli va keng formatli telekommunikatsiya aloqa vositalari hamda Internet tizimini yanada rivojlantirish, ularni har bir oila hayotida joriy etish va keng o‘zlashtirish asosiy vazifalardan etib belgilansin ”-deya ta’kidlab o‘tishi, bu sohaning keng ma’noda ommaviy targ’ib qilinishi yaqqol dalildir. Mamlakatimizda axborotlashtirish va ta’lim sohada internet resurslaridan foydalanish yuzasidan ko‘plab Qonunlar va qarorlar qabul qilinib, amalda ijrosi ta’minlanmoqda. Jumladan,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot –kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g’risida”gi 2002 yil 6-iyun 200-sonli qarori,O‘zbekiston Respublikasi “Axborotlashtirish to‘g’risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-martdagi “Zamonaviy axborot–kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g’risida”gi PQ-1730-sonli, 2013 yil 27-iyundagi “O‘zbekistonRespublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g;risida”gi PQ-1989 sonli qarorlari, Hukumatning tegishli huquqiy-me’yoriy hujjatlari,Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari Kompleksining 2014 yil 9-yanvardagi 21-sonli majlis qarori, Xalq ta’limi Vazirligining 2014 yil 20-fevraldagi 38-sonli buyrug’I va boshqalar. Hukumatimiz tomonidan qabul qilinayotgan Qonun va qarorlarning asosiy maqsadi, mamlakatimizda axborot- kommunikatsiya texnologiyalari,internet va multimediya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishdan iboratdir.
Hozirgi kunda qaysi bir sohani olmaylik uning rivojining zamirida axborot- kommunikatsiya texnologiyalari yotadi. Jumladan, jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini pedagogik yo‘nalishda malakasini oshirish, ularni bilim olishga, pedagogik texnologiya elementlarini chuqur egallashga undash va bu hatti-harakatini sekin-asta ko‘nikmaga aylantirib borishi lozimligini yana bir bor tasdiqlaydi. Pedagogik mahorat jismoniy tarbiya o‘qituvchisining mushohada qilish qobiliyatini tarbiyalaydi, shu tarzda o‘qituvchi mahorati asta-sekin takomillashib, komillikka erisha boradi. Ammo bu jarayon o‘qituvchidan uzoq davom etadigan ma’suliyat, sharafli mehnat, qunt va irodani talab etadi.
O‘qituvchilarni pedagogik mahoratlarini to‘g’ri tarbiyalashda axborot-texnologiyalarining muhim ahamiyatga ega. Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarida ilmiy-uslubiy, sog’lom sifatlarning shakllanishida axborot texnologiyalariga, atrofdagi,institutdagi ilmiy –uslubiy muhit va ularga bo‘lgan munosabat muhim rol o‘ynaydi. Axborot texnologiyalari asosida metodist o‘qituvchilarining pedagogik mahoratlarini ko‘rgan o‘qituvchining shunga qarab pedagogik qobiliyati shakllana boradi. Ular avval kuchli metodist o‘qituvchilarga taqlid qiladilar. So‘ng,sekin-asta o‘zlarining pedagogik mahoratlari mohiyatini anglaydilar.
Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari pedagogik mahoratini shakllantirishda multimediya vositalaridan foydalanish ham o‘qituvchi ma’naviyatida muhim ahamiyat kasb etadi.O‘qituvchi mahorati shakllangan sari, uning axborot dunyosini rivojlantirib borish zarur.Bu rivojlantirish maktabdagi muhit,ichki intizom, ahloq,maktab o‘qituvchilarining bir-biriga, yon-atrofdagilarga, o‘zi yashayotgan makonga –Vatanga, borliqqa bo‘lgan munosabati orqali amalga oshiriladi.Bunday pedagogik muhitning maktabda mavjudligi, kelajak hayotda o‘qituvchining ilm-ma’rifat olishga, pedagogik mahoratini oshirishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi va o‘qituvchining teran fikrli, ma’naviy etuk, sog’lom pedagog bo‘lib etishishiga xizmat qiladi.
Hozirgi kunda o‘sib kelayotgan yosh pedagoglarimiz orasida o‘qituvchilikga bo‘lgan munosabat ijobiy,bunga sabab bitta! Bu ham bo‘lsa, ta’lim tizimidagi pedagogik muhitning yaxshiligi, malaka oshirish institutlarida pedagogik-ma’naviyatning qondirilganligidadir. Malaka oshirish jarayonida pedagogic ehtiyoji qondirilgan o‘qituvchi, keyingi davrda maktab dargohiga boranda ham pedagogik mahoratini oshirish bilan shug’ullanishga qiynalmaydi, pedagogik usullarni o‘zlashtira oladi.
Malaka oshirish davomida axborot texnologiyalari asosida pedagogik madaniyatni shakllantirish milliy ta’lim-tarbiyaning asosidir. Aynan shu omil orqali o‘qituvchilarning ongiga, hulq-atvoriga ma’naviy ta’sir qilinadi.Ustoz-murabbiylar yosh o‘qituvchilar pedagogik mahoratini shakllantirish bilan shug’ullanishar ekan, axborot – texnologiyalari asosida milliy pedagogikamiz, qadimiy an’analarimiz va qadriyatlarimizga katta e’tibor berishlari kerak. Shu nuqtai nazardan “Ustoz-shogird” ijodiy hamkorligini axborot texnologiyalari asosida pedagogik tizimga yo‘naltirishda malaka oshirish institutlari oldida turgan quyidagi vazifalarni keltiramiz;
-O‘qituvchi faoliyatini axborot texnologiyalariasosida pedagogik tizim qonuniyatlariga moslashtirish;
-malaka oshirish jarayonini amalga oshirishda har bir o‘qituvchini o‘quv-tarbiya jarayoniga jalb qiladigan va sog’lom fikrlashga o‘rgatadigan interfaol usul va uslublardan foydalanish ;
-malaka oshirish jarayonida turli xil interaktiv usullarni qo‘llash va sog’lom muhitga erishish uchun axborot texnologiyalaridan foydalanish;
-jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilarining malaka oshirish jarayonida yagona pedagogik tizim asosida faoliyat olib boorish va hozirgi kunda jismoniy tarbiya o’qituvchilari uchun yaxlit pedagogic mahoratni shakllantirish tizimini axborot texnologiyalari asosida yo‘lga qo‘yish va boshqalardan iborat.
Xulosa qilib aytganda, yuqorida ta’kidlangan axborot texnologiyalari asosida jismoniy tarbiya o‘qituvchilaripedagogik mahoratini shakllantirishdagi vazifalarni “Ustoz-shogird” ijodiy hamkorligini axborot texnologiyalari asosida hal etilishi o‘qituvchi shaxsining kelajakda malakali pedagog bo‘lib etishishida muhim ahamiyat kasb etadi deb hisoblaymiz.

Download 27,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   409




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish