Республика илмий-амалий масофавий онлайн конференцияси


MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR TARBIYASIDA KITOBNING AHAMIYATI



Download 27,87 Mb.
bet66/409
Sana25.02.2022
Hajmi27,87 Mb.
#276065
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   409
Bog'liq
ТЎПЛАМ SAYT

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR TARBIYASIDA KITOBNING AHAMIYATI
Boboeva Zuhra Dilshod qizi,
GulDU maktabgacha ta’lim yo’nalishi magistri

Insoniyat yaralibdiki, o’z farzandi xaqida qayg’urmagan, uning uchun elib-yugurmagan, mexr ko’rsatmagan ota-ona, oila yoki millat topilmaydi. Har qaysi zamonda, har qanday makonda bo’lmasin, doimo farzandlar ardoqlanib, ko’z qorachig’idek avaylab-asrab kelingan. Ayniqsa, o’zbek xalqi o’zining tantiligi, mehnatsevarligi, bag’rikengligi, mexr-oqibatliligi kabi bir qancha xech kimga o’xshamas fazilatlari qatorida bolajonligi, serfarzandliligi, “bolam” deb ertayu kech emay-ichmay, kiymay harakat qilishi, ular oldidagi burch va majburiyatlarini o’zining ota-onalik xuquqlaridan, shaxsiy yoki kasbiy (ayniqsa, onalar) orzu-umidlaridan ustun qo’yishi bilan millat va elatlar orasida ajralib turadi. Balki shuning uchun ham bugun dunyo hamjamiyati shunday globallashuv jarayonida – ma’naviy taxdidlar, ommaviy madaniyat, “demokratiya – bu faqatgina o’zing uchun yashash” degan buzg’unchi g’oyalar avj olayotgan bir davrda biz – o’zbeklarning oilaviy qadriyatlarimiz, oilaga sadoqat, ota-onaga xurmat-extirom, farzandlarga esa qilinayotgan g’amxo’rliklarning saqlanib qolinganligini va o’z qadr-qimmatini yo’qotmaganini e’tirof etib, havas ila boqmoqdadirlar. Oldimizga qo’ygan eng buyuk vazifalarimizdan biri kelajak avlodni sog’lom va barkamol qilib voyaga etkazish, ayniqsa ularni ma’nan etuk etib tarbiyalashdan iboratdir.
Darxaqiqat, farzandlarimizni ma’naviyatli qilib tarbiyalash tinimsiz mehnat va mashaqqatni talab qiladi. Bugungi kunda XXI asr bolalarini tarbiyalash jarayonida nafaqat insonlar, balki qo’shimcha tarbiya vositalari – kitob, gazeta va jurnallar, informatsion texnologiya vositalari va virtual o’yinlar, turli ko’rinishdagi moddiy jismlar ya’ni o’yinchoqlarning ham roli ortib bormoqda.Har bir ko’rinishdagi tarbiya vositalari o’zining muhim ajralmas o’rniga ega bo’lib, bolalarning shaxsiy sifatlarini shakllanishida, ularning ongli va zexnli, aql-idrokli, mustaqil va tez fikrlovchi bo’lishida, dunyo xaqidagi tasavvurlarini boyitishda o’zining samarali natijalarini ko’rsatmoqda. Bu boradagi fikrlarimizni bugungi kunda garchi televidenie va global tarmoq o’rnini egallashga hararkat qilishayotgan bo’lsa-da, lekin o’z ahamiyati va qadr-qimmatini yo’qotmagan kitob va uning birinchi galdagi ma’naviy ozuqa beruvchi tarbiyaviy vosita sifatidagi xususiyatlari xaqida bayon etsak.
Inson o’z umrini mazmunli o’tkazishi uchun avvalo o’zini o’rab turgan borliqni tushuna bilishi, yuksak aql va tajriba egasi bo’lishi darkor. Bu borada kitobning o’rnini xech narsa bilan qiyoslab bo’lmaydi. Inson butun umri davomida kitob bilan hamnafas va hamkordir. Kitob hamma davr va xalqlarning eng ulkan kashfiyoti bo’lib, tarixda qabilalar, odamlar, xatto buyuk odamlar ham yo’qolib ketgan, lekin kitobda ularning hayoti saqlanib qolish barobarida kitoblar o’zining mo’jizakor va sexrli kuchi bilan necha-necha asrlardan buyon elga ma’rifat, ma’naviyat va ziyo tarqatib kelmoqda. Shuning uchun ham unixoyatda katta ta’sir kuchiga ega va qadrlidir. “Kitob tafakkurning qo’sh qanotidir”deb ta’rif berishganida uning ma’naviy olamni boyitish, yuksak ijodiy va yaratuvchanlik orzulari ichida harakat qilib yashash nazarda tutilgan bo’lsa kerak. Hayot davom etar ekan inson ana shu buyuk kashfiyot sanalgan kitoblar orqali o’zining ma’naviy olamini boyitib, ong va tafakkurni yuksaltirib, umrini mazmunli va maqsadli ishlar sari intiltirib boradi.
Hayotimiz orzusi – farzandlarimizning komil inson bo’lib voyaga etishlarida ham kitobning aynan yuqorida aytib o’tilgan sifatlari juda ham foydali hisoblanadi. Bolalar psixologiyasiga murojaat qiladigan bo’lsak, bolalarda dastlabki orzu-umidlar, hayot to’g’risidagi optimistik yoki pessimistik kayfiyatdagi qarashlarning fundamental rivojlanishi, axloq normalari, atrofdagilarga nisbatan burch va mas’uliyatning ilk ko’rinishlari maktabgacha bo’lgan davrda shakllanib ulguradi. Shu sababdan aynan shu davrda bolalarda kitobga nisbatan mexr uyg’otish o’zining ijobiy natijalarini beradi. Albatta, samarali natijalarga erishish o’z-o’zidan amalga oshmaydi. Bu jarayonga bevosita va bilvosita ta’sir qiluvchi bir qator faktorlar mavjud bo’lib, ular quyidagilardan iborat:

  • oilaviy muhit;

  • ota-ona savodxonligi;

  • oilaviy kutubxonaning mavjudligi

(bolalar yozuvchilarining kitoblari, jaxon va xalq ertaklari kitoblari, xikmatli naqllar, axloq-odobni va yuksak ma’naviyatni targ’ib qiluvchi Imom al-Buxoriy, az Zamaxshariy, Yusuf Xos Xojib kabi boshqa alloma ajdodlarimizning xadis kitoblari va dinimizning muqaddas kitobi bo’lmish “Qur’oni Karim”ning bor bo’lishi);

  • turmush qurgan ikki yoshning ijtimoiy axvoli;

  • ayollarning xomiladorlik davrida kitob o’qishi;

  • bola tarbiyasida milliy qadriyatlarimizga murojaat qilish (alla aytish, laparlar va bolalar uchun mo’ljallangan quvnoq kayfiyatdagi ibratli voqelikka asoslangan milliy qo’shiqlarning ota-onalar tomonidan kuylab berilishi);

  • kattalarning xalq va jaxon ertaklarini bolalar tilida so’zlab berishi va rasmli kitoblarni birga tomosha qilishi;

  • maktabgacha ta’lim muassasalarida (MTM) ertaklar va masallarga bog’langan rolli o’yinlar
    o’ynash, ularni namoish etish;

  • ertakdagi qaxramonlarni va voqealarni hayotdagi insonlar va voqeliklarga qiyoslash va ibrat qilib ko’rsatish;

  • kitoblarning shakli, dizayni, rasmlardagi ranglar kompozitsion echimining soddaligi va o’ziga jalb qilishi, ifodaliligi va xokazolar.

Yuqoridagilar birlamchi faktorlar bo’lib, barchasi yaxlit ko’rinishga kelganda biz
farzandalarimizda kitobga nisbatan qiziqish va mexr uyg’ota olamiz. Buni ularning yuragiga
tashlangan bir cho’g’ sifatida olsak, uni alanga oldirishimz uchun bugungi shiddatli axborot-
telekommunikatsiya asrida har birimiz mutaxassisligimiz va kasbimizdan qat’i nazar bir qator ishlarni amalga oshirishimiz kerak. Bularga birinchi navbatda quyidagi vazifalarni oldimizga maqsad qilib qo’yishimizmaqsadga muvofiqdir:
1. Bolalarga eng yaxshi sovg’a tariqasida kitob xadya qilish;
2. Oilaviy kutubxona va unda bolalar burchagini tashkil qilish
3. Maktabgacha ta’lim muassasalarida kutubxonalar tashkil qilish va bolalarga xos
kitobxonlik kechalarini o’tkazish
4. Uyda va MTMda kitoblarning elektron ko’rinishda bo’lishini ta’minlash
5. Tuman, viloyat va respublika bolalar kutubxonalarining bugungi kundagi axvolini yaxshilash va modernizatsiyalash, kutubxona fondini yangi va zamonaviy kitoblar bilan to’ldirish, ularning ish faoliyatini zamonaviy talablarga moslash, bolalar va ota-onalarni jalb qilish uchun turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, bolalar yozuvchi va shoirlari bilan uchrashuvlar tashkil qilish;
6. Bolalar uchun chop etilayotgan kitoblarning shakl-shamoyili, dizayni, rasmlarning tuzilishi va joylashuvi, voqealarning ifodali va tushunarli tasvirlanishi, bolalarga xos yorqinranglardan foydalanish, kitoblarni zamonaviy innovatsion texnologiyalar asosida ishlab chiqarish (masalan, kitob ochilganda undagi rasmlarni harakatga keltirish yoki shu orqali bola o’zi ertak yoki xikoya tuzishi, musiqa yangrashi yoki yoqimli ovoz orqali kitobdagi yozuvlarning o’qilishi) orqali bolalarni jalb qilish;
7. Televidenie va radio orqali kitoblar va bolalar gazetalarini reklamasini yo’lga qo’yish;
8. Televidenie va radioda san’at va madaniyat, musiqa bilan kitobni bog’lagan xolatda
ko’rsatuvlar tayyorlash, jonli efirda yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuvlar tashkil qilish, unda ijodkor bolalarning qatnashishi va bunday ko’rsatuvlarni kattalar bolalar bilan birgalikda tomosha qilishi.
Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, maktabgacha yoshdagi bolalarda taqlid qilish xususiyati boshqa xususiyatlariga qaraganda ancha kuchli rivojlangan bo’ladi va ular bu davrda kattalarning e’tibori va yo’l-yo’riq kursatishlariga extiyoj sezadilar. Shu sababdan ota-onalar va bolaning atrofidagi kattalar o’zlarini ularga yaxshi na’muna qilib ko’rsatishlari va ularga hayotni teranroq anglashlari uchun kitob o’qishning va uni eng yaqin do’st deb bilishning zarurligini tushuntirishlari va o’rgatishlari kerak. Yaxshi kitoblar bolalarning ma’naviyatini shakllantirish, ularga milliy mentalitetimizga mos tarbiya berishda eng katta ahamiyatga ega vositadir. Zero sog’lom bolani voyaga etkazish nafaqat moddiy ta’minotga, balki ma’naviy ozuqaning boyligiga va mukammalligiga bog’liqdir. G’ar tomonlama sog’lom va barkamol avlod esa millatning orzusi, faxri va iftixori, jaxon maydonidagi aksidir.Zero, yurtboshimiz har doimo o’z nutqlarida ta’kidlaganidek: “Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jaxon
hamjamiyatidagi obro’-e’tibori avvalambor farzandalarimizxning unib-o’sib, ulg’ayib, qanday inson bo’lib hayotga kirib borishlariga bog’liqdir. Biz bunday o’tkir xaqiqatni xech qachon unutmasligimiz kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. I. V. Grebennikov, Yu.F. Zmanovskiy “Nashi deti” Biblioteka molodoy semi Moskva “Molodaya gvardiya” 1987 5-8, 193 betlar
2. T. Malik “Odamiylik mulki” Toshkent “Sharq” 2008 42, 289, 372, 398 betlar
3. maqolalar.uz.
4. pedagogika-psixologiya.uz



Download 27,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   409




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish