Республика илмий-амалий масофавий онлайн конференцияси


TARBIYA JARAYONIDA SHAXSGA YO`NALTIRILGAN TA’LIM TEXNOLOGIYASINING AFZALLIKLARI



Download 27,87 Mb.
bet366/409
Sana25.02.2022
Hajmi27,87 Mb.
#276065
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   409
Bog'liq
ТЎПЛАМ SAYT

TARBIYA JARAYONIDA SHAXSGA YO`NALTIRILGAN TA’LIM TEXNOLOGIYASINING AFZALLIKLARI
Рустамова Дилором Бобоқуловна,
Гулистон шаҳар 16-умумтаълим мактаби 2-тоифали бошланғич синф ўқитувчиси

Hozirgi pedagogikaga oid adabiyotlarda muammoli o`qitishning turli ta’rif va tavsiflar bor. Bizningcha, nisbatan to`liq va aniq ta’rif M.I.Maxmutova tomonidan berilgan bo`lib, unda muammoli o`qitish mantiqiy fikrlar tadbirlari (tahlil, umumlashtirsh) hisobga olingan o`rgatish va dars berish usullarini qo`llash qoidalari va talabalarning tadqiqot faoliyatlari qonuniyatlarining (muammoli vaziyat, bilishga bo`lgan qiziqish va talab...) tizimi sifatida izohlanadi. Muammoli o`qitishning mohiyatini o`qituvchi tomonidan talabalarning o`quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o`quv vazifalarini, muammolarini va savollarini hal qilish orqali yangi bilimlarni o`zlashtirish bo`yicha ularning bilish faoliyatini boshqarish tashkil atadi. Bu esa bilimlarni o`zlashtirishning ilmiy-tadqiqot usulini yuzaga keltiradi.


Ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashgan davrda o`qitish samaradorligi, asosan, o`quvchining o`qitish jarayonidagi o`rni, pedagogning unga bo`lgan munosabatiga bog`liq bo`ladi. Bu erda o`qitish texnologiyasining ikki turini ajratib ko`rsatish mumkin: avtoritar va shaxsga yo`naltirilgan ta’lim.
Pedagogik paradigma (yunoncha “paradeigma” – misol, namuna) pedagogika fani rivojining ma’lum bosqichida ta’limiy va tarbiyaviy muammolarni hal etish namunasi (modeli, standarti) sifatida ilmiy pedagogik hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan nazariy hamda metodologik ko`rsatmalar to`plami bo`lib, u ta’limning kontseptual modeli sifatida qo`llaniladi. An’anaviy-konservativ paradigma (bilim paradigmasi) (J.Majo, L.Kro, J.Kapel va boshqalar). Unga ko`ra ta’limning asosiy maqsadi –“bilim, qanchalik qiyin bo`lmasin bilim olish”. An’anaviy paradigma maktabining maqsadi yosh avlodga individual rivojlanishi hamda ijtimoiy tartibni saqlab qolishga yordam beruvchi madaniy meroslarning muhim elementlari – bilim, ko`nikma va malakalar, ilg`or g`oyalar va qadriyatlarni saqlab qolish hamda ularni yoshlarga yetkazish muhim ekanligini yoritadi. Bilim olish paradigmasining asosiy maqsadi: ta’lim olish, taraqqiyot vamadaniyatning eng muhim elementlarini avloddan-avlodga yetkazish.Bunda o`qitish metodlarini to`g`ri tanlash muhim ahamiyat kasb etadi.
O`qitish metodi o`qitish jarayonida o`qitish, tarbiyalsh va rivojlantirish masalalarini yechishga yo`naltirilgan ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning tartibli bir-biriga bog`langan faoliyatini anglatadi.
Ratsionalistik (bixevioristik) paradigma (P.Blum, R.Gane, B.Skinner va boshqalar). Ratsionalistik paradigma diqqat markazida ta’lim mazmuni emas, balki o`quvchilar tomonidan turli bilimlarni o`zlashtirilishini ta’minlovchi samarali usullari yotadi. Ta’limning ratsionalistik modeli asosini B.Skinerning ijtimoiy injeneriya bixevioristik (inglizcha behavior– xulq) kontseptsiyasi tashkil qiladi P.Blum barcha o`quvchilar faqat o`zlashtiribgina qolmay, balki muvaffaqiyatli o`qishlari mumkin deb hisoblaydi. O`quvchining optimal qobiliyatlari ma’lum sharoitlarda, o`quvchiga ta’lim berish natijasi uning sur’ati bilan aniqlanadi. Olimning fikricha, ta’lim oluvchilarning 95 foizi ta’lim muddatlariga
O`quv maqsadlari taksonomiyasi Benjamin Blum – tomonidan ishlab chiqilgan bo`lib, u o`z ichiga bilish, tushunish, amaliyotga qo`llash, tahlil qilish, sintezlash, baholash kabilarni o`z ichiga oladi
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo`nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda o`qituvchilar sinf rahbarlari, ota-onalari sinf faollariga uslubiy yordam ko`rsatish; bo`lgan cheklashlar olib tashlanganda o`quv kursining butun mazmunini o`zlashtirib olishga qodir. Ana shu nuqtai nazardan o`quvchilar tomonidan bilimlarning muvaffaqiyatli o`zlashtirishini ta’minlovchi metodika ishlab chiqiladi.
Avtoritar texnologiyada, pedagog yagona sub’ekt sifatda namoyon bo`ladi, o`quvchilar esa faqatgina «obyekt» vazifasini bajaradi xolos. Bunda o`quvchining tashabbusi va mustaqilligi yo`qoladi, o`qitish majburiy tarzda amalga oshiriladi. An’anaviy o`qitish asosan bilim, ko`nikma va malakalarni o`zlashtirishga qaratilgan bo`lib, shaxsning rivojlanishini ko`zda tutmaydi. An’anaviy o`qitish quyidagi xususiyatlarga ega: zo`ravonlik pedagogikasi, o`qitishning tushuntiruv-ko`rgazmali usuli, ommaviy o`qitish.
An’anaviy o`qitishda avtoritarlik quyidagi shaklda namoyon bo`ladi: o`quvchi bu hali to`la shakllanmagan shaxs, u faqat bajarishi zarur, pedagog esa – bu sardor hakam, yagona tashabbuskor shaxs. Shaxsga yo`naltirilgan ta’limda esa o`quvchi shaxsi pedagogik jarayon markaziga qo`yiladi, uning rivojlanishiga va tabiiy imkoniyatlarini ro`yobga chiqarishga qulay shart-sharoitlar
yaratiladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida O`zbekiston Respublikasidagi ta’lim tizimining milliy modeliga alohida e’tibor qaratilgan. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarningvazifalariga quyidagilar kiradi:
Darsqan tashqari tarbiyviy ishlarni rejalashtirish va amalgam oshirishni nazorat qilish;O`quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ko`p qirrali ishlarni o`quvchilar tashkilotlari sinf faollari yordamida yo`lga qo`yish; Umummaktab va maktablararo o`tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish; O`quvchilarning bo`sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish. Bu borada tashkilotchilar faolligini uchta asosiy tomonini ko`rish mumkin; tashkilotchilik, uslubiy va ma’muriy.
Sinf rahbari o`quvchilarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalar ekan, u o`z faoliyatida quyidagi talablarga rioya qilishi kerak:
- sinf rahbari o`quvchi ota-onasining mansabi, boyligiga qarab bolaga muomala qilmasligi lozim.
-sinf rahbari bolalarga ahloqiy normalarni o`rgatishi kerak.
-gerdayishi, manmanlik, ta’magirlik, nodonlik kabi illatlar o`qituvchi ahloqiga yod sifatlardir.
-xalq nazarida olim hisoblanadigan o`qituvchilar yomon ishlardan, fisku-fasoddan o`zlarini tiya bilishlari zarur. Yoshlarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalash tuziminitakomillashtirishda boshlang`ich maktab muhim o`rin egallaydi.
Ma’naviy ahloqiy tarbiya-ma’naviy ongni bir maqsadni ko`zlab tarkib toptirish, ahloqiy tuyg`ularni rivojlantirish hamda xulq-atvor ko`nikmalari va odatlarini hosil qilishdan iborat.
Sinf rahbari o`quvchilarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning quyidagi vazifalarini hal etishi kerak.
1) Tug`ilib o`sgan joyiga, O`zbekiston Respublikasiga yuksak muhabbat tuyg`ularini, uning tabiati va kishilar haqida, Vatanning himoyachilari va mehnat qahramonlari to`g`risida, ota-bobolarimiz, ularni dunyo sivilizitsiyasiga qo`shgan hissalari to`g`risida ko`proq bilishga intilishni tarbiyalash.
2) O`quvchilarda Vatanimizning boy tarixi, shuningdek boshqa mamlakatlar to`g`risda, tinchlik uchun kurash haqida chet ellardagi bolalar tashkilotlari haqida dastlabki tasavvurlarni hosil qilish.
3) Bolalarda o`rtoqlik tuyg`usini, boshqalarga yordam ko`rsatish ishtiyoqini, umumiy foyda yo`lida birgalikda faoliyat ko`rsatishga intilishni tarkib toptirish. Bolalar o`rtasida, o`g`il va qiz bolalar o`rtasida do`stona munosabatlarni rag`batlantirish, sohta o`rtoqlik ko`rinishlariga qarshi kurash olib borish lozim.
4) O`z so`zi va va’dasi uchun, o`qituvchi va kollektiv topshiriqlarining bajarilishi uchun ma’suliyat tuyg`usini tarbiyalash.
5) Bolalarda kishilarga to`g`ri munosabatni, keksalar, bemorlar, invalidlarga nisbatan e’tibor va g`amhurlikni, xushfe’l va betartib, kamtar va haqgo`y bulishini tarbiyalash.
Sinf rahbari quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. O`ziga yuklatilgan sinfdagi tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi. Bu vazifani bajarayotganda u yolg`iz emas, shu sinfda dars berayotgan turli fan o`qituvchilari bilan hamkorlikda va ularga suyangan holda o`quvchilarda milliy dunyoqarash asoslarini shakllantiradi, axloqiy tarbiyasini rivojlantiradi. O`quvchilarni darsdan tashqari tadbirlarni tashkil etadi va sinf jamoasini mustahkamlaydi.
2. O`quvchilarning bilimga bo`lgan qiziqiish va qobilyatini o`stirish har bir o`quvchining indivudial-psixik xususiyatlarini hisobga olgan holda kasbga yo`naltirish va hayotiy maqsadlarini shakllantirish sinf rahbarining alohida vazifasidir. Ayni paytda har bir o`quvchining sog`ligini mustahkamlashga ham e’tibor beradi.
3. Sinf rahbarining diqqat markazida o`quvchilarning yuqori darsda o`zlashtirishini ta’minlash masalasi turadi. Buning uchun u har bir o`quvchining kundalik o`zlashtirishida voqif bo`lib turadi. Orqada qolayotganlarga o`z vaqtida, kechiktirmay yordam uyushtiradi.
4. Sinfdagi o`quvchilarning o`z-o`zini boshqarish ishlarini yo`naltiradi, ular ishtirokida sinf jamoasining ijtimoiy foydali ishlardagi ishtirokini ta’min etadi, maktab miqiyosida uyushtirilayochtan muhim tadbirlarda o`z sinfining faol qatnashishini ta’minlaydi.
5. Sinf o`quvchilarining ota-onalari, o`quv kuni uzaytirilgan guruhlarining tarbiyachilari, korxonalar va muassasalardagi, turar joylardagi otaliqqa oluvchilar bilan yaqin aloqaga o`rnatadi.
6. Sinf rahbari shu sinfda dars berayotgan barcha fan o`qituvchilari o`rtasida o`quvchilarga nisbatan yagona talablar o`rnatilishiga erishadi, ota-onalarga pedagogik bilimlar tarqatib, oila bilan maktab o`rtasidagi aloqani mustahkamlaydi.
7. Sinf rahbari o`z sinfidagi turli hujjatlarini; sinf jurnali, o`quvchilarning kundaliklari, tabellar, shaxsiy ma’lumotlari, turli xil reja va hisobotlarni yuritadi.
Ko`rinib turibdiki, vazifa keng va murakkab, ularni muvaffaqiyatli hal qilish sinf rahbarining shaxsiy sifatlariga ham bog`liqdir. Sinf rahbarining shaxsiy sifatlariga qo`yiladigan talablar o`qituvchiga qo`yiladigan talablardan farq qilmaydi. Lekin, sinf rahbari asosiy tarbiyachi, bolalar ma’naviy jihatdan andoza oladigan shaxs bo`lganligi uchun ham, bu talablar uning shaxsiy fazilatiga aylanib ketishi bilan tarbiyada alohida rol o`ynaydi.
Tarbiyaviy ishlarning sifat va samaradorligi, avvalo tarbiyachining g`oyaviy ishonchiga va siyosiyligining darajasiga bog`liq. Buning uchun sinf rahbari fan yangiliklarini muntazam, egallab borishi bilan o`zining bilimini, ongini oshiradi.
Sinf rahbarining axloqiy obro`si g`oyat darajada yuqori bo`lishi ham bu o`rinda muhimdir. Sinf rahbari ana shundagina tarbiyaviy ta’sir ko`rsatishga ega bo`ladi.



Download 27,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   362   363   364   365   366   367   368   369   ...   409




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish