FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Qudratxo'jayev Sh. Internet va axborot: xizmatlar, foydalanish asoslari. O'quv qo'llanma. Toshkent "Istiqlol" nahsriyoti 2013 y.
Ayupov R.X. Ommapob Internet. T.: TMI 2011 y
https://novainfo.ru/article/
PIRLS XALQARO BAHOLASH DASTURINING BOSHLANG’ICH SINFLARDA TUTGAN O’RNI
D.Z.Baxritdinova Qashqadaryo VXTXQTMOHM
Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi katta o‘qituvchisi
Asal12@gmail.com
Annotatsiya
Ushbu tezis boshlang‘ich sinf o’quvchilarining o’qish savodxonligini aniqlashda PIRLS Xalqaro baholash dasturi xususida bo’lib, unda PIRLS xalqaro tadqiqotining mazmun-mohiyati, ushbu tadqiqotda ishtirok etayotgan davlatlar qanday savollarga javob olishi xususida, Ta’lim sifatini baholash xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etish O‘zbekiston Respublikasiga nima berishi to‘g‘risida fikr-mulohazalar keltirib o‘tilgan.
Annotation
This thesis is about the PIRLS International Assessment Program for Determining the Literacy of Primary School Students, which outlines the content of the PIRLS International Survey, the basic concepts and tasks for assessing reading literacy.
Aннотация
Этот тезис о Международной программе оценки PIRLS для определения грамотности учащихся начальных школ, в которой излагается содержание международного исследования PIRLS, основные концепции и задачи для оценки грамотности чтения.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida, davlat va jamiyat ahamiyatiga molik dolzarb masalalar qatorida ta’lim sifatini oshirishga, 2021-yildagi xalqaro baholash jarayonlariga munosib tayyorgarlik ko‘rish masalasini alohida ta’kidlab o‘tdi. Ma’lumki, o‘zgarishlar davrida ta'lim tizimi ijtimoiy jarayonlardan kelib chiqqan holda shiddat bilan rivojlanishni taqozo etadi. Ta'lim orqali jamiyatda kelajakdagi vazifalarni bajarishga qodir bo‘lgan yangi avlod shakllantiriladi. So‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk mutaxassislarga bo‘lgan talabni yanada oshirmoqda. Bu o‘z-o‘zidan o‘quvchilarimizning darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va o‘qituvchilarning har tomonlama ta’lim tarbiyaga e’tiborini kuchaytirishni talab etadi. Yuqoridagi talablarning ta’lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat xorijiy davlatlardagi kabi ta’lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg‘or tajribalarni sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi.
Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish yo’lida xorijiy ilg‘or tajribalarni o’rganish, xalqaro standartlar talablarining joriy etilishi muhim ahamiyatga ega. Bu borada O’zbekiston Respublikasida qo’yilayotgan amaliy qadamlarga xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarning tashkil etilishi to’g‘risida hukumat qarorining qabul qilinishi Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasidek (IEA) nufuzli tashkilot bilan hamkorlik aloqalarining yo’lga qo’yilishini misol sifatida keltirish mumkin.
Qariyb 60 yildan ko’proq vaqt mobaynida IEA tashkiloti ta’limni qiyosiy o’rganish sohasida yetakchi tashkilot bo’lib kelmoqda. Mazkur tashkilot ta’lim tizimida davlat siyosati va amaliyotning ta’sirini chuqurroq o’rganish maqsadida ta’lim sohasida keng miqyosli tadqiqotlar olib boradi. Bu tadqiqotlar ta’lim jarayonlari va natijalarini ko’rib chiqib, ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi o’zaro bog‘liq omillarni qiyosiy tahlil qiladi. 1958-yildan buyon ushbu tashkilot ta’lim sohasiga oid ko’plab mavzular bo’yicha o’ttizdan ortiq qiyosiy tadqiqotlarini o’tkazdi. Jumladan, matematika va tabiiy fanlar (TIMSS), o’qish (PIRLS), fuqarolik va fuqarolik ta’limi (ICCS), kompyuter va axborot texnologiyalari bo’yicha savodxonlik (ICILS) kabi yo’nalishlarda o’quvchilarning bilim va ko’nikmalari, umuman olganda ta’lim olish jarayonida erishgan yutuqlarini baholab kelmoqda.
Ushbu xalqaro tadqiqotlardan PIRLS xususida ma’lumot beradigan bo’lsak, PIRLS - (inglizcha –Progress in International Reading Literacy Study – matnni o’qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot ) mazkur xalqaro tadqiqotning maqsadi turli xil ta’lim tizimidan iborat bo’lgan davlatlarni boshlang‘ich maktab o’quvchilarining matnni o’qish va qabul qilish bo’yicha tayyorgarligi hamda o’quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab bo’luvchi ta’lim tizimidagi o’ziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat. Albatta bunday tadqiqot xalq ta’limi sohasidagi xodimlar, olimlar, metodistlar, o’qituvchilar, ota-onalar va jamoat vakillari uchun katta ahamiyatga egadir.
PIRLS tadqiqotida ishtirok etayotgan davlatlar dastlab o’z oldiga bir qator savollarga javob olishga harakat qiladi:
boshlang'ich maktab bitiruvchilari boshqa mamlakatlardagi tengdoshlari bilan solishtirganda qanchalik yaxshi o’qiydilar?
boshlang‘ich sinf o’quvchilarining o’qish savodxonligi qanday darajalarga ega?
o’qish holati so’nggi 5 yilga nisbatan yaxshilandimi?
to’rtinchi sinf o’quvchilari o’qishni yoqtirishadimi?
jamiyat asosi bo’lmish oila savodxonlikka qanday hissa qo’shadi?
bugungi kun maktablarida “O’qish” fanini o’qitish jarayoni qanday tashkil etilgan?
boshqa davlatlarga nisbatan “O’qish” fanini o’qitish jarayoniga ko’ra farqli xususiyatlar bormi?
agar boshqa davlatlarga nisbatan farq qiladigan xususiyatlar bo’lsa, bu xususiyatlar qanday?
turli davlatlarda faoliyat yuritayotgan boshlang'ich sinf o’qituvchilari tomonidan qo’llaniladigan o’qitish usullari hamda o’z mamlakatining boshlang‘ich sinf o’qituvchilar tomonidan qo’llaniladigan o’qitish usullarini taqqoslash?
Bundan ko’rinib turibdiki, PIRLS - boshlang‘ich sinf o’quvchilarining o’qib tushunish ko’nikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma’lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, o’qish va o’qitishni yaxshilash uchun ta’lim sohasidagi davlat siyosatiga oid ma’lumotlarni taqdim etadigan yirik xalqaro baholash dasturi. O’quvchilarning o’qish savodxonligi - jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma tilning shakllarini idrok etish va amaliyotda qo’llay olish qobiliyatidir. Ushbu nuqtayi nazar o’quvchilarning o’qishdan olingan ma’lumotlardan foydalanish qobiliyatiga tobora ko’proq e’tibor qaratadigan zamonaviy jamiyatda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Asosiy e’tibor tushunishni namoyon qilishdan o’zlashtirilgan ma’lumotlarni qanday qilib yangi loyihalar va vaziyatlarda qo’llay olish qobiliyatlarini namoyon qilishga qaratilmoqda.
PIRLS yosh o’quvchilarning sinfdan va sinfdan tashqari o’qishining ikkita keng qamrovli maqsadiga qaratilgan. Bular badiiy tajriba orttirish hamda ma’lumot olish va ulardan foydalanish uchun o’qishdir.
O‘z-o‘zidan savol tug‘iladi: Ta’lim sifatini baholash xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etish O‘zbekiston Respublikasiga nima beradi?
milliy ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim mazmunini, pеdagog kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturlarini takomillashtirish hamda mutaxassislar tomonidan darsliklarning yangi avlodini yaratishda qo‘llaniladi;
tadqiqotlarda olingan natijalar mamlakatdagi ta’lim sifati va uning xalqaro standartlarni hisobga olgan holda egallagan o‘rni to‘g‘risida xulosalar chiqarish imkonini bеradi;
xalqaro tadqiqotlar ta’lim sohasidagi milliy tadqiqotlarni sifatli o‘tkazishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;
xalqaro standartlar darajasida yuqori iqtisodiy samaraga asoslangan milliy baholash tizimini yaratish imkonini bеradi;
O‘zbеkistonda turli tashkilotlarning yеtakchi mutaxassislarini jalb qilgan holda xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish orqali mahalliy mutaxassislarimizda monitoring tadqiqotlarini o‘tkazish madaniyati rivojlanadi, ta’lim sifatini baholashning xalqaro standartlarga moslashuviga olib kеladi;
milliy ta’lim sifatini baholashdagi nazorat matеriallarini xalqaro tadqiqotlarda qo‘llaniladigan nazorat matеriallari sifati darajasida ishlab chiqish imkonini bеradi;
Xalqaro baholash dasturlarida ishtirok etish, nafaqat O‘zbekiston, balki, jahon hamjamiyatida o‘quvchilarning o‘quv dasturlarini yodda saqlab qolganligini baholashdan ularning kompetensiyalarini baholash, ya’ni maktabda egallagan bilimlarini real hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olishi, ijodiy va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va uni baholashga o‘tishda muhim vosita bo‘lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |