TARBIYA JARAYONIDA SHAXSGA YO`NALTIRILGAN TA’LIM TEXNOLOGIYASINING AFZALLIKLARI
Rustamova Dilorom Boboqulovna,
Guliston shahar 16-umumta’lim maktabi 2-toifali boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Hozirgi pedagogikaga oid adabiyotlarda muammoli o`qitishning turli ta’rif va tavsiflar bor. Bizningcha, nisbatan to`liq va aniq ta’rif M.I.Maxmutova tomonidan berilgan bo`lib, unda muammoli o`qitish mantiqiy fikrlar tadbirlari (tahlil, umumlashtirsh) hisobga olingan o`rgatish va dars berish usullarini qo`llash qoidalari va talabalarning tadqiqot faoliyatlari qonuniyatlarining (muammoli vaziyat, bilishga bo`lgan qiziqish va talab...) tizimi sifatida izohlanadi. Muammoli o`qitishning mohiyatini o`qituvchi tomonidan talabalarning o`quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o`quv vazifalarini, muammolarini va savollarini hal qilish orqali yangi bilimlarni o`zlashtirish bo`yicha ularning bilish faoliyatini boshqarish tashkil atadi. Bu esa bilimlarni o`zlashtirishning ilmiy-tadqiqot usulini yuzaga keltiradi.
Ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashgan davrda o`qitish samaradorligi, asosan, o`quvchining o`qitish jarayonidagi o`rni, pedagogning unga bo`lgan munosabatiga bog`liq bo`ladi. Bu erda o`qitish texnologiyasining ikki turini ajratib ko`rsatish mumkin: avtoritar va shaxsga yo`naltirilgan ta’lim.
Pedagogik paradigma (yunoncha “paradeigma” – misol, namuna) pedagogika fani rivojining ma’lum bosqichida ta’limiy va tarbiyaviy muammolarni hal etish namunasi (modeli, standarti) sifatida ilmiy pedagogik hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan nazariy hamda metodologik ko`rsatmalar to`plami bo`lib, u ta’limning kontseptual modeli sifatida qo`llaniladi. An’anaviy-konservativ paradigma (bilim paradigmasi) (J.Majo, L.Kro, J.Kapel va boshqalar). Unga ko`ra ta’limning asosiy maqsadi –“bilim, qanchalik qiyin bo`lmasin bilim olish”. An’anaviy paradigma maktabining maqsadi yosh avlodga individual rivojlanishi hamda ijtimoiy tartibni saqlab qolishga yordam beruvchi madaniy meroslarning muhim elementlari – bilim, ko`nikma va malakalar, ilg`or g`oyalar va qadriyatlarni saqlab qolish hamda ularni yoshlarga yetkazish muhim ekanligini yoritadi. Bilim olish paradigmasining asosiy maqsadi: ta’lim olish, taraqqiyot vamadaniyatning eng muhim elementlarini avloddan-avlodga yetkazish.Bunda o`qitish metodlarini to`g`ri tanlash muhim ahamiyat kasb etadi.
O`qitish metodi o`qitish jarayonida o`qitish, tarbiyalsh va rivojlantirish masalalarini yechishga yo`naltirilgan ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning tartibli bir-biriga bog`langan faoliyatini anglatadi.
Ratsionalistik (bixevioristik) paradigma (P.Blum, R.Gane, B.Skinner va boshqalar). Ratsionalistik paradigma diqqat markazida ta’lim mazmuni emas, balki o`quvchilar tomonidan turli bilimlarni o`zlashtirilishini ta’minlovchi samarali usullari yotadi. Ta’limning ratsionalistik modeli asosini B.Skinerning ijtimoiy injeneriya bixevioristik (inglizcha “behavior” – xulq) kontseptsiyasi tashkil qiladi P.Blum barcha o`quvchilar faqat o`zlashtiribgina qolmay, balki muvaffaqiyatli o`qishlari mumkin deb hisoblaydi. O`quvchining optimal qobiliyatlari ma’lum sharoitlarda, o`quvchiga ta’lim berish natijasi uning sur’ati bilan aniqlanadi. Olimning fikricha, ta’lim oluvchilarning 95 foizi ta’lim muddatlariga
O`quv maqsadlari taksonomiyasi Benjamin Blum – tomonidan ishlab chiqilgan bo`lib, u o`z ichiga bilish, tushunish, amaliyotga qo`llash, tahlil qilish, sintezlash, baholash kabilarni o`z ichiga oladi
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar yo`nalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda o`qituvchilar sinf rahbarlari, ota-onalari sinf faollariga uslubiy yordam ko`rsatish; bo`lgan cheklashlar olib tashlanganda o`quv kursining butun mazmunini o`zlashtirib olishga qodir. Ana shu nuqtai nazardan o`quvchilar tomonidan bilimlarning muvaffaqiyatli o`zlashtirishini ta’minlovchi metodika ishlab chiqiladi.
Avtoritar texnologiyada, pedagog yagona sub’ekt sifatda namoyon bo`ladi, o`quvchilar esa faqatgina «obyekt» vazifasini bajaradi xolos. Bunda o`quvchining tashabbusi va mustaqilligi yo`qoladi, o`qitish majburiy tarzda amalga oshiriladi. An’anaviy o`qitish asosan bilim, ko`nikma va malakalarni o`zlashtirishga qaratilgan bo`lib, shaxsning rivojlanishini ko`zda tutmaydi. An’anaviy o`qitish quyidagi xususiyatlarga ega: zo`ravonlik pedagogikasi, o`qitishning tushuntiruv-ko`rgazmali usuli, ommaviy o`qitish.
An’anaviy o`qitishda avtoritarlik quyidagi shaklda namoyon bo`ladi: o`quvchi bu hali to`la shakllanmagan shaxs, u faqat bajarishi zarur, pedagog esa – bu sardor hakam, yagona tashabbuskor shaxs. Shaxsga yo`naltirilgan ta’limda esa o`quvchi shaxsi pedagogik jarayon markaziga qo`yiladi, uning rivojlanishiga va tabiiy imkoniyatlarini ro`yobga chiqarishga qulay shart-sharoitlar yaratiladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida O`zbekiston Respublikasidagi ta’lim tizimining milliy modeliga alohida e’tibor qaratilgan. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarningvazifalariga quyidagilar kiradi:
Darsqan tashqari tarbiyviy ishlarni rejalashtirish va amalgam oshirishni nazorat qilish;O`quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ko`p qirrali ishlarni o`quvchilar tashkilotlari sinf faollari yordamida yo`lga qo`yish; Umummaktab va maktablararo o`tkaziladigan eng muhim tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish; O`quvchilarning bo`sh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish. Bu borada tashkilotchilar faolligini uchta asosiy tomonini ko`rish mumkin; tashkilotchilik, uslubiy va ma’muriy.
Sinf rahbari o`quvchilarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalar ekan, u o`z faoliyatida quyidagi talablarga rioya qilishi kerak:
- sinf rahbari o`quvchi ota-onasining mansabi, boyligiga qarab bolaga muomala qilmasligi lozim.
-sinf rahbari bolalarga ahloqiy normalarni o`rgatishi kerak.
-gerdayishi, manmanlik, ta’magirlik, nodonlik kabi illatlar o`qituvchi ahloqiga yod sifatlardir.
-xalq nazarida olim hisoblanadigan o`qituvchilar yomon ishlardan, fisku-fasoddan o`zlarini tiya bilishlari zarur. Yoshlarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalash tuziminitakomillashtirishda boshlang`ich maktab muhim o`rin egallaydi.
Ma’naviy ahloqiy tarbiya-ma’naviy ongni bir maqsadni ko`zlab tarkib toptirish, ahloqiy tuyg`ularni rivojlantirish hamda xulq-atvor ko`nikmalari va odatlarini hosil qilishdan iborat.
Sinf rahbari o`quvchilarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning quyidagi vazifalarini hal etishi kerak.
1) Tug`ilib o`sgan joyiga, O`zbekiston Respublikasiga yuksak muhabbat tuyg`ularini, uning tabiati va kishilar haqida, Vatanning himoyachilari va mehnat qahramonlari to`g`risida, ota-bobolarimiz, ularni dunyo sivilizitsiyasiga qo`shgan hissalari to`g`risida ko`proq bilishga intilishni tarbiyalash.
2) O`quvchilarda Vatanimizning boy tarixi, shuningdek boshqa mamlakatlar to`g`risda, tinchlik uchun kurash haqida chet ellardagi bolalar tashkilotlari haqida dastlabki tasavvurlarni hosil qilish.
3) Bolalarda o`rtoqlik tuyg`usini, boshqalarga yordam ko`rsatish ishtiyoqini, umumiy foyda yo`lida birgalikda faoliyat ko`rsatishga intilishni tarkib toptirish. Bolalar o`rtasida, o`g`il va qiz bolalar o`rtasida do`stona munosabatlarni rag`batlantirish, sohta o`rtoqlik ko`rinishlariga qarshi kurash olib borish lozim.
4) O`z so`zi va va’dasi uchun, o`qituvchi va kollektiv topshiriqlarining bajarilishi uchun ma’suliyat tuyg`usini tarbiyalash.
5) Bolalarda kishilarga to`g`ri munosabatni, keksalar, bemorlar, invalidlarga nisbatan e’tibor va g`amhurlikni, xushfe’l va betartib, kamtar va haqgo`y bulishini tarbiyalash.
Sinf rahbari quyidagi vazifalarni bajaradi:
1. O`ziga yuklatilgan sinfdagi tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi. Bu vazifani bajarayotganda u yolg`iz emas, shu sinfda dars berayotgan turli fan o`qituvchilari bilan hamkorlikda va ularga suyangan holda o`quvchilarda milliy dunyoqarash asoslarini shakllantiradi, axloqiy tarbiyasini rivojlantiradi. O`quvchilarni darsdan tashqari tadbirlarni tashkil etadi va sinf jamoasini mustahkamlaydi.
2. O`quvchilarning bilimga bo`lgan qiziqiish va qobilyatini o`stirish har bir o`quvchining indivudial-psixik xususiyatlarini hisobga olgan holda kasbga yo`naltirish va hayotiy maqsadlarini shakllantirish sinf rahbarining alohida vazifasidir. Ayni paytda har bir o`quvchining sog`ligini mustahkamlashga ham e’tibor beradi.
3. Sinf rahbarining diqqat markazida o`quvchilarning yuqori darsda o`zlashtirishini ta’minlash masalasi turadi. Buning uchun u har bir o`quvchining kundalik o`zlashtirishida voqif bo`lib turadi. Orqada qolayotganlarga o`z vaqtida, kechiktirmay yordam uyushtiradi.
4. Sinfdagi o`quvchilarning o`z-o`zini boshqarish ishlarini yo`naltiradi, ular ishtirokida sinf jamoasining ijtimoiy foydali ishlardagi ishtirokini ta’min etadi, maktab miqiyosida uyushtirilayochtan muhim tadbirlarda o`z sinfining faol qatnashishini ta’minlaydi.
5. Sinf o`quvchilarining ota-onalari, o`quv kuni uzaytirilgan guruhlarining tarbiyachilari, korxonalar va muassasalardagi, turar joylardagi otaliqqa oluvchilar bilan yaqin aloqaga o`rnatadi.
6. Sinf rahbari shu sinfda dars berayotgan barcha fan o`qituvchilari o`rtasida o`quvchilarga nisbatan yagona talablar o`rnatilishiga erishadi, ota-onalarga pedagogik bilimlar tarqatib, oila bilan maktab o`rtasidagi aloqani mustahkamlaydi.
7. Sinf rahbari o`z sinfidagi turli hujjatlarini; sinf jurnali, o`quvchilarning kundaliklari, tabellar, shaxsiy ma’lumotlari, turli xil reja va hisobotlarni yuritadi.
Ko`rinib turibdiki, vazifa keng va murakkab, ularni muvaffaqiyatli hal qilish sinf rahbarining shaxsiy sifatlariga ham bog`liqdir. Sinf rahbarining shaxsiy sifatlariga qo`yiladigan talablar o`qituvchiga qo`yiladigan talablardan farq qilmaydi. Lekin, sinf rahbari asosiy tarbiyachi, bolalar ma’naviy jihatdan andoza oladigan shaxs bo`lganligi uchun ham, bu talablar uning shaxsiy fazilatiga aylanib ketishi bilan tarbiyada alohida rol o`ynaydi.
Tarbiyaviy ishlarning sifat va samaradorligi, avvalo tarbiyachining g`oyaviy ishonchiga va siyosiyligining darajasiga bog`liq. Buning uchun sinf rahbari fan yangiliklarini muntazam, egallab borishi bilan o`zining bilimini, ongini oshiradi.
Sinf rahbarining axloqiy obro`si g`oyat darajada yuqori bo`lishi ham bu o`rinda muhimdir. Sinf rahbari ana shundagina tarbiyaviy ta’sir ko`rsatishga ega bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |