Respublika bolalar kutubxonasi Ma’lumot bibliografiya va o’lkashunoslik axborot bo’limi



Download 0,84 Mb.
Sana26.06.2017
Hajmi0,84 Mb.
#16592
Respublika bolalar kutubxonasi

Ma’lumot bibliografiya va o’lkashunoslik axborot bo’limi



Tursunboy Adashboevning

tavallud kuniga bag’ishlangan

virtual ko’rgazma

Toshkent 2014




Tursunboy Adashboev

(1939)
Taniqli bolalar shoiri Tursunboy Adashboev 1939 yilda Qirg’izistonning O’sh viloyatiga qarashli Olabuqa nohiyasidagi Safed Bilol qishlog’ida tug’ilgan. U Toshkent Davlat dorilfununi hamda Moskvadagi Jahon adabiyot institutini bitirgan. “Kamolning olmasi” deb nomlangan birinchi kitobi 1967 yilda talabalik chog’idayoq nashr etilgan. Keyinchalik Toshkentdagi “Yosh gvardiya” Bishkekdagi ‘Mektep’ nashriyotlarida ‘Biz sayohatchilar”, “Ola-Tovlik bo’laman”, “Arslonbob sharsharasi”, “Surnay”, “Nur Daryo”, “Uch bo’taloq va sirli qovoq’ to’plamlari bosilib chiqqan.

Tursunboy Adashboevning kulgiga boy, hazil-mutoyiba bilan yo’g’rilgan asarlari boshqa xalqlar tillariga ham o’girilgan. Masalan, “Песня Жаворонок”, “Olatog’ ohanglari”, “Olti oyoqli ho’tikcha”, “Мельница” singari bir talay asarlari rus, latish, qozoq, tojik tillarida chop etilgan. Eng sara she’rlari esa qirg’iz va o’zbek bolalar she’riyati antologiyalaridan o’rin olgan.

Kichkintoylarga qisqa va lo’nda she’rlar yozish qissadan hissa chiqarish Tursunboy Adashboev ijodining eng muhim fazilatlaridan biridir. Ijodkorning “Sumalak” sarlavhali she’ri shu jihatdan harakterli:

Boychechaklar nish urib,

To turgunvcha o’rnidan.

Bahor qishni tarnovga,

Osib qo’ydi burnidan.
Yoki bolalarning cheksiz hayoloti blan bog’liq bo’lgan “Tugma” deb nomlangan mashqi ziyrak kuzatuvchanlikning mahsulidir:
Ruzvon xola qo’shniga

Chiqqanida elakka.

Kamzulining tugmasi,

Tushib qoldi yo’lakka.

Chumolilar to’planib,

Majlis qurar shoshilib,

-Bir, ikki, uch ko’tardik

Tegirmonning toshini…


Iqtidorli shoirning ravon she’rlarini o’qir ekanmiz, ijodkor quvnoq, yengil kulgi vositasida kichkintoylar dunyosiga xos murakkab holatlarni ochib berishga har doim katta e’tibor berishini ko’ramiz.

Chunonchi “Ahil do’stlar” she’rida Sug’rob bilan Jahongir ismli ikki do’st bitta bog’chaga qatnab, hatto muzqaymoqni ham teng bo’lib yeyishadi. Bu ikki oshna-og’ayniga to’p sovg’a qilinadi. Ko’ngilxiralik bo’lmasligi uchun ular koptokni ham ikki bo’lakka yorib o’ynaydilar:

Sovg’aga kelgan to’pni,

Yotsiramay olishib,

Teng sherikka bo’lishdi,

Shart ikkiga yorishib…

Tursunboy Adashboev jahon bolalar she’riyati vakillarining asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilish borasida ham faol ish olib borayodir. Uolter De Lamer, Yan Bjexva, Korney Chukovskiy, Samuil Marshak, Musa Jong’oziyev she’rlarini yosh kitobxonlar Tursunboy Adashboev tarjimasida sevib o’qishadi.

U haqida adabiyotlar:


  1. Mamasoli Jumaboev, “Bolalar Adabiyoti”-2001 yil. T:O’qituvchi.

  2. Tursunboy Adashboyev, “Uch baqaloq va sirli qovoq”1990yil. T: Cho’lpon

  3. Tursunboy Adashboyev, “Parodiyalar” 2010 yil, T: Cho’lpon.

  4. Tursunboy Adashboyev “Osmondagi darvoza” 2012 yil, T:Sharq.

  5. Tursunboy Adashboyev “Sovg’a” She’rlar. 1986 T: Yulduzcha.

  6. Tursunboy Adashboyev “Oqbura to’lqinlari” 1985 T:

  7. Tursunboy Adashboyev “Olatog’-lolatog” 1978

  8. Tursunboy Adashboyev “Nur daryo” 1975





Sehrli qovoq va uch Bo’taloq”; She’r, ertak va dostonlar;Kichik maktab yoshidagi bolalar uchun .-T.: 1990.-160 b.

Qadrli bolalar!

Sevimli shoirimiz Tursunboy Adashboyevning ushbu kitobi quvnoq va o’ychan she’rlar, hikmatbaxsh ertak va dostonlardan tarkib topdi. U qalbingizga bahor toshqinlariyu, kuz vazminligini, yozning olov nafasi-yu, qor pokligini olib kiradi, deb umid qilamiz.




Orzularim-Qo’sh qanotim”

Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, T.:2003

Qadrli jigarbandlarimiz, adabiyotimizning kenja muhlislari! Avvalo qo’lingizga olgan bu yangi kitobingiz sizga muborak bo’lsin! Siz bu kitobda taniqli shoiringiz Tursunboy Adashboyevning sara she’r va ertaklari bilan tanishasiz. Shoir akangiz bilan birga tabiat mo’jizalaridan zavqlanasiz, tarixga sayohat qilasiz, harf o’yinlarini o’ynab zavqlanasiz, hazillarni o’qib, miriqib kulasiz.




Tursunboy Adashboyev,

Osmondagi darvoza”: She’rlar.-T.: “Sharq”. 2012.-208 b.



O’zbek bolalar adabiyotining taniqli vakillaridan biri Tursunboy Adashboyevning mazkur kitobiga 50 yil davomida yozgan eng sara she’r va dostonlari jamlangan.
Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish