Respublika bolalar kutubxonasi Ilmiy-uslubiyot va maktab armlari mutaxassislarini malakasini oshirish bo‘limi



Download 0,56 Mb.
bet2/4
Sana03.04.2022
Hajmi0,56 Mb.
#525703
1   2   3   4
Bog'liq
navroz-olam

deb nomlangan tadbir
ssenariysi


Tadbir o‘tkaziladigan joy nihoyatda go‘zal, bayramona tarzda bezatilgan. Bir so‘z bilan aytganda – bahor nafasi, Navro‘z nashidasi aks etgan dargohga aylangan. Xonandalarning xonishi, qushlarning chug‘ur-chug‘uri, tadbir qatnashchilarining yuzidagi tabassum, xush kayfiyat barcha-barchani shodiyona ayyomga chorlab turibdi. Qo‘shiq asta-sekin pastlab, sahnada jarchilar paydo bo‘lishadi. Ular jo‘rlikda ikki tomonga peshvoz borib:

Bor ho, kel ho,


Hamalam ha,
Yo‘l qayda?
Tezda chopib kel,
Yo‘lni topib kel.
O‘ynagani kel,
Quvnagani kel, –


deya go‘yo Navro‘zni olqishlashadi:



  • Odamlar-u odamlar,

Bog‘da bitgan bodomlar.
Eshitmadim, demanglar,
Eshitganlar, jilmangla-ar,
Barcha yaxshi odamlar,
Bayramga tez kelingla-ar.
He-he-he-hey-y!


Davraga bayramona – shohona, bahoriy liboslari bilan Navro‘zoy yuzlarida tabassum balqib chiqib keladi:

Oppoq o‘rik gullarim bilan,


Quvnoq qo‘shiq, kuylarim bilan
Mehmon bo‘lib keldim, odamlar,
Armug‘onim sizga, bolalar.
Men Navro‘zoy – go‘zal bahorman,
Sizga sevinch bilan boqarman.


U shunday deya ko‘ylaklarini hilpiratib, yurib emas, uchib o‘tayotgandek davrani boshlovchilarga beradi. An’anaviy ravishda sahnaga juda go‘zal kiyingan ikki boshtovchi zo‘r kayfiyatda chiqib kelishadi.


1-boshlovchi:_Uyg‘onib_tanti_tabiat,_Barcha_shodondir_bu_kun._Sep_yozib_Navro‘zi_olam,_Yurtda_mehmondir_bu_kun.___2-boshlovchi'>1-boshlovchi:
Uyg‘onib tanti tabiat,
Barcha shodondir bu kun.
Sep yozib Navro‘zi olam,
Yurtda mehmondir bu kun.


2-boshlovchi:
Dov-daraxtlar barg yozibon
Kasb etar ajib chiroy.
Charx urib bog‘lar aro
Qushlar g‘azalxondir bu kun.



  1. boshlovchi: Assalomu alaykum, qadrli ustozlar, muhtaram mehmonlar, aziz o‘quvchilar! Navro‘z ayyomingiz muborak bo‘lsin!

2- boshlovchi: Bu qadim va navqiron zaminimizda necha-necha ming marotaba muborak va muqaddas Navro‘zimiz tonglari otgan. Bugungi ayyomimiz yasharish, uyg‘onish fasli bo‘lgan so‘lim Bahorga, Navro‘zga bag‘ishlanadi.


1-boshlovchi: Bahor bilan ayolni egizak, deyishadi. Shu bois onalar haqidagi, zaminimiz ayollari haqidagi chiqishlarimiz ham bugungi dasturimizdan o‘rin olgan.


2-boshlovchi: Ko‘klam nafasi ufurib turgan davramizga xush kelibsiz, muhtaram tomoshabinlar, qadamlaringizga hasanot!


Tadbirga taklif etilgan yuqori sinf o‘quvchi qizlari kelin va yangalar kiyimida chiqib, «Salom» boshlashadi. Yangalar har «Salom» deganda «kelin» engashib, «vazifasini» bajo keltiradi.



Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish