Research and publications


Foydalanilgan adabiyotlar ro‟yxati



Download 10,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/217
Sana23.07.2022
Hajmi10,45 Mb.
#841807
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   217
Bog'liq
“TA’LIM FIDOYILARI” JURNALI. 4-SON

Foydalanilgan adabiyotlar ro‟yxati 
1.
SH.M.Mirziyoyev ―Ilm bilan,aql bilan harakat qilsak yanada ulkan marralarga 
erishamiz‖ ―Yangi O‘zbekiston‖gazetasi 22-may 2020-yil 
2.
X.Aybishov ―Biznes reja‖Toshkent moliya 2002-yil 
3.
AbdullayevX.Aybishov ―Biznesni boshqarish sirlari‖O‘quv qo‘llanma Andijon 
2002-yil 


248 
O‟SMIRLARDA AGRESSIV XULQ-ATVORNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK 
XUSUSIYATLARI 
 
Soliyev Abdulhamid Abdullaziz o‘g‘li 
Mirvaliyeva Maxliyo Yoqubjon qizi 
O‘zbekiston Milliy Universiteti magistrantlari, 
 
Annotatsiya. 
Ushbu maqolada o‘smirlarda agressiv xulq-atvorning ijtimoiy-
psixologik xususiyatlari hamda o‘smirlarga oid nazariyalar keng yoritib berilgan. 
O‘smirlik davrining o‘ziga xos xususiyatlariga alohida urg‘u berilgan. 
Аннотация. 
В статье рассматриваются социально-психологические 
особенности агрессивного поведения подростков и теории о подростках. Акцент 
делается на специфике подросткового возраста. 
Annotation. 
This article discusses the socio-psychological characteristics of 
aggressive behavior in adolescents and theories about adolescents. Emphasis is placed 
on the specifics of adolescence. 
 
O‘smirlik davri ayrim psixologik adabiyotlarda ―o‘tish davri‖, ‖inqiroz davri‖ 
kabi nomlar bilan ataladi. Bu davr o‘zining keskinligi, og‘irligi va murakkabligi bilan 
boshqa davrlardan farqlanadi, hamda ko‘plab adabiyotlarda turlicha talqinlar 
keltirilgan. Bu davrda rivojlanishning barcha jihatlari: jismoniy, aqliy, axloqiy, 
ijtimoiy va shu kabilarning mazmun-mohiyati ham o‘zgaradi. O‘smir hayotida, 
ruhiyatida, organizmning fiziologik jarayonlarida, uning ijtimoiy holatida jiddiy 
o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Shaxsning ma‘naviy shakllanishiga ta‘sir etuvchi omillar 
to‘g‘risida gapirilganda birinchi navbatda, shaxsning o‘zi ikkinchidan, kichik ijtimoiy 
guruhlar ya‘ni oila, mahalla, maktab, uchinchidan esa, ishlab chiqarish jamoasi va 


249 
to‘rtinchi navbatda, jamiyat va undagi siyosiy, ideologik, madaniy-ma‘rifiy va 
iqtisodiy sohalarning umumiy holati katta ta‘sir o‘tkazishini ta‘kidlash lozim. Masalan, 
inson butun umri davomida o‘zgarib, rivojlanib boradi.
Bola mana shu yillar mobaynida jismoniy ham ruhiy jihatdan o‘sishi va 
o‘zgarishi tufayli shaxs sifatida kamolga yetadi. Bunda ular harakteriga 
singdirilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq ta‘sir etishi natijasida bola jamiyat a‘zosi 
sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar jarayonida jamiyatda o‘ziga 
munosib o‘rin egallab boradi. Ushbu omillarga alohida-alohida to‘xtalib o‘tadigan 
bo‘lsak, insonning ma‘naviy barkamolligida shaxsning o‘z o‘rni, uning qiziqishlari, 
ijtimoiy mavqei muhim va asosiy omillardan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Chunki, 
inson ijtimoiy munosabatlarning passiv kuzatuvchisi emas balki uning faol 
ishtirokchisi ham ekan, u o‘z shaxsiy intilish va qiziqishlari, aql idroki bilan o‘zini-o‘zi 
tarbiyalashga, yuksak insoniy fazilatlarini shakllantirishga harakat qiladi.
Har bir odam shaxs sifatida turlicha namoyon bo‘ladi. Bir odam boshqasidan 
o‘zining mijozi, fe‘l-atvori, qobiliyati, aqliy rivojlanish darajasi, ehtiyoj va qiziqishlari 
bilan farq qiladi. Bular odamning shaxsiy, ruhiy xususiyatlarining rivojlanishi ma‘lum 
cho‘qqiga erishgandan so‘ng inson shaxs sifatida o‘zini namoyon qila olishi mumkin. 
Ayni vaqtda odam atrof-muhitda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarga nisbatan o‘z 
nuqtai-nazariga ham ega bo‘lishi kerak. Bu ham shaxsni birini-ikkinchisidan 
farqlantiradigan belgilardir. Shaxs ijtimoiy munosabatlarda ham namoyon bo‘ladi, 
aniqrog‘i har bir odamning mehnatga, kishilarga, jamiyatga nisbatan munosabati ham 
turlicha ifodalanadi. Shaxsning ahloqiy va faollik darajasiga xos sifatlari ham uni 
boshqalardan ajratib turadi. Insonning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi 
uchun eng avvalo ijtimoiy hayot tartiblari va yaxshi tarbiya kerak bo‘ladi. Shaxs 
tiplarining tipologiyasini tuzish va tasniflash – dunyoni anglashning qadimgi umumiy 
metodlaridan biridir. Psixologiya fanlari doirasida tip yaratish uchun muayyan bir 


250 
odamlar guruhida barqaror ravishda kuzatilgan xususiyatlar inobatga olinib, aynan 
mana shu guruh uchun ―tipik‖ xususiyat sifatida ko‘rib chiqiladi va qaysidir insonda 
mana shu xususiyat uchrasa, u mana shu guruhga mansub bo‘ladi. Bu guruh umumiy 
xususiyatga mos bo‘lgan xarakter nomi bilan nomlanib, o‘zida qator sifatlarni 
mujassam etadi. Tipologik yondoshuv shaxsni alohida jihatlariga asoslanib emas, 
umumiy tarzda o‘rganishni talab etadi. Umumiylik sinaluvchilarning guruhlashtirilishi 
orqali namoyon bo‘ladi. Shaxs tipologiyasi borasida qator psixologlarning shular 
jumlasidan K.Yung va K.Leongardlarning tipologiyasi mashhurdir. 
Tipologiya – bu anglashning tejamkor usuli bo‘lib, tez va yaqqol natijalarda 
namoyon bo‘ladi, biroq uning kamchiligi har bir insonning individualligi, o‘ziga 
xosligi inobatga olinmaydi. Shuning uchun ham inson bir tipga mansub deb topilgani 
bilan unda bu xususiyatlar bo‘lmasligi mumkin. Fan nuqtai-nazaridan olib qaraganda 
har bir yosh bosqichlarida o‘ziga xos turli hil o‘zgarishlar ro‘y beradi, bu ham salbiy 
ko‘rinishda hamda ijobiy ko‘rinishda yuzaga chiqadi. Ayniqsa, voyaga yetmagan 
yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-psixologik muammolar sezilarli darajada namayon 
bo‘lmoqda. Ulardan biri xulq og‘ishishi va uning oldini olishning ijtimoiy – 
psixologik maslahatlaridir. Ma‘lumki bolalar va o‘smirlar o‘rtasida xulq og‘ishini 
keltirib chiqaradigan hart-sharoit va sabablarini o‘ganish har bir o‘smir uchun 
individual profilaktik tadbirlarni ishlab chiqishga imkoniyat berdi. Xulq og‘ishishi o‘zi 
nima va qanday chora tadbirlar ko‘rish kerak? Jamiyatdaqbul qilingan ijtimoiy 
meyorlarni buzish, qonun-qoida va normalarga rioya qilmaslik-og‘ishgan xulq 
hisoblanadi. Og‘ishgan xulqning kelib chiqishi quyidagi mehanizmlari mavjud; 
-biologik zamini:irsiyat 
-shaxsning individual xususiyatlari 
-ijtimoiy shart-sharoit 
Og‘ishgan xulq ko‘rinishlari: 


251 
-giyohvandlik 
-o‘g‘irlik 
-taksikomoniya 
-zo‘ravonlik 
-buzg‘unchilik 
-ahloqsizlik 
-ma‘daniyatga zid xatti-harakatlar 
Masalaning dolzarbligidan kelib chiqqan holda bugungi kunda butun dunyo 
miqiyosida, shu jumladan, Republikamizda voyaga yetmaganlar o‘rtasida xulq 
og‘ishining oldini olish borasida bir qancha ilmiy hamda amaliy ishlar olib 
borilmoqda. O‘sib kelayotgan yosh avlodning ertangi kunimiz, kelajagimiz 
davomchilari ekanligini hisobga oladigan bo‘lsak, bolalar va o‘smirlar o‘rtasidagi turli 
xil g‘ayriqonuniy, shu jumladan, jinoyatchilik xodisasining oldini olishga qaratigan 
prafilaktik chora- tadbirlarini ishlab chiqish har qachongidan ham dolzarb muammo 
sifatida namayon bo‘ladi. Tadqiqotlar va kuzatuvlardan ma‘lum bo‘lishicha , voyaga 
yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olishda, eng avvalo, jinoyatchilik xulqining 
ijtimoiy-psixologik, 
individual 
psixologik, 
pedagogik-psixologik, 
sotsiologik 
xususiyatlarini hisobga olish talab etadi. O‘smirlarda xulq og‘ishi va jinoyatchilik 
xulqining oldini olishga qaratilgan o‘quv-tarbiyaviy tadbirlar o‘smirlarning oilaviy 
muhiti, tarbiyalanganlik darajasi va shart-sharoitlarini hisobga olgan holda amalga 
oshirilishi lozim. Chunki, oila muhitini bilishlik o‘smir shaxsi haqida, uning 
tarbiyalanganlik darajasi va turmush tarsi, ijodiy va salbiy fazilatlari haqida 
ma‘lumotlar beradi.
Tadqiqotlardan olingan natijalarga ko‘ra, jinoyatchilik xulqiga ega bo‘lgan 
bolalar va o‘smirlar ota-onalarining ma‘lumotlilik va savodhonlilik darajasi xulq 
og‘oshiga ega bo‘lmagan bolalar va o‘smirlar ota-onalarinikiga qaraganda ancha past 


252 
darajani ko‘satadi. O‘smir shaxsining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari shunday o‘ziga 
xos imkoniyatlardan egaki, u bazan shaxsning sog‘lom munosabatlari va sog‘lom 
turmush tarzini belgilasa, bazan esa nosog‘lom xulq-atvorning kelib chiqishi uchun 
imkiniyat yaratadi. Ushbu xususiyatlar o‘smirlarda g‘ayriqonuniy xulq-atvor kelib 
chiqishining oldini olishga qaratilgan psixologik-pedagogik jixatdan ta‘sirchan 
tadbirlarni ishlab chiqish zaruriyatini ko‘satadi. Bu esa amalga oshiriladigan ishlarni 
o‘smirning individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda olib borishini 
taqazo qiladi. Voyaga yetmaganlaro‘rtasida xulqi og‘ishganlik va jinoyatchilikni oldini 
olish tadbirlari samaradorligi va ularning ta‘sirchanligi, eng avvalo o‘smir shaxsdagi 
ijobiy fazilatlar, ijtimoiy foydali extiyoj va qiziqishlarning shakillanganligiga bog‘liq 
bo‘ladi.
Shu ma‘noda o;quv tarbiyaviy tadbirlar va mashg‘ulotlar voyaga yetmaganlar 
jinoyatchiligini oldini olishning dastlabki prifilaktikasi sifatida xizmat qilishi kerak. 
Xulq og‘ishishiga ega bo‘lgan bolalarga prafilaktik tasir ko‘rsatishda o‘smirlarni 
shaxs sifatida shakillanishi jarayonini, uning o‘ziga hos hususiyatlarini hisobga 
olishini taqazo qiladi. Bolalar va o‘smirlarda xulq og‘ishishini oldini olishni yana bir 
muhim bo‘lgan usullardan biri tarbiyaviy jarayonda oila , maxilla va maktab 
hamkorlogi tog‘ri yolga qo‘yish hisoblanadi. Lekin, bugungi kunda bu masalani 
afsuski, talab darajasida deb ayta olmaymiz. Shuning uchun ham bunday paytlarda oila 
, mahalla va maktab hamkorligi, ota-ona o‘qituvchi o‘rtasidagi aloqa uzilishi tufayli 
bolalar va o‘smirlar tarbiyasini, ayniqsa ular xulqidagi o‘zgarishlarni tuzatish ancha 
mushkul kechadi. Tadqiqotlardan malum bo‘lishicha psixologlar va pedagoglar 
tomonidan moslashmagan xulqning olidin olishga qaratilgan bir qator tavsiyalar va
usullar ishlab chiqilgan. 
Tadqiqotchi E.A Gorshkova tarbiyasi qiyin o‘quvchilarni sinf jamoasi bilan 
bo‘ladigan munosabatlarini sog‘lomlashtirish voyaga etmaganlar o‘rtasida 


253 
jinoyatchilik xulqining oldini olishda muhim o‘rnini tutadi, deb takidlaydi. Bulardan 
ko‘rinadiki, shaxs xulqidagi og‘ishishni tuzatishda harakat qilishda, eng avvolo, o‘smir 
shaxsiga, uning ijtimoiy muxitiga nisbatan moslashishiga hamda o‘smirning
mativatsion ehtiyojlar sohasini o‘zgartirishga nosog‘lom turmush tarzini va tarbiya 
muhitini so‘g‘lomlashtirishga etibor qaratish maqsadga muvofiqdir. O‘qituvchi 
o‘quvchi o‘sib voyaga yetayotgan oila muhitini, uning ahloqiy qiyofasini har doim 
ham bilavermaydi. Ba‘zan ayrim o‘qituvchilar bolalar va o‘smirlar bilan olib 
boriladigan tarbiyaviy ishlarni ota-onalar bilan maslahatlashmay, ular haqida 
muayyan ma‘lumotlarga ega bo‘lmay amalga oshiradilar. Bunday hollarda tabiy 
ravishda tarbiyaviy tadbirlarning olib borilishi ko‘zda tutilgan profilaktik choralarning 
ta‘sirchanlik darajasini susaytirishga sabab bo‘ladi. 
O`qituvchi va tarbiyachi uchun bolalarning o`smirlik davri psixologiyasini bilish 
psixologik nuqtai nazaridan ham pеdagogik nuqtai-nazaridan ham muximdir. Bu 
davrni biz yana o`tish davri ham dеb ataymiz. O`smirlik davri asosan 11-15 yoshdagi 
bolalarni o`z ichiga qamrab oladi, ya‘ni 5-8 sinf o`quvchilarini. O`smir o`quvchilarni 
ta‘lim va tarbiya bеrish ishlarida uchraydigan ayrim qiyinchiliklar bu yoshdagi 
bolalarning psixik rivojlanishi va hususiyatlarini ba‘zan yеtarli darajada bilmaslikdan 
yoki inkor qilishdan kеlib chiqadi. Kichik va katta yoshdagi maktab o`quvchilariga 
qaraganda o`smirlik yoshidagi bolalarni tarbiyalashda juda ko`p qiyinchiliklar bo`ladi. 
Chunki, kichik bolaning katta odamga aylanishi jarayoni juda qiyin kеchadi. Bu 
jarayon o`smirlar psixologiyasining odamlar bilan bo`lgan munosabat formalarining 
jiddiy ravishda o`zgarishi, hamda hayot sharoitining o`zgarishi bilan bog`liqdir. Bu 
davrda o`smirlarning o`z shaxsiy fikrlari paydo bo`ladi. Ularda o`z qadr-qimmatlari 
haqidagi tushuncha kеngayadi. Ilmiy psixologiyaning aniqlashi bo`yicha o`smirlarning 
psixik taraqqiyotini xarakatga kеltiruvchi kuchlar, ularning faoliyatlari bilan 
tug`iladigan extiyojlar bilan bu extiyojlarni qondirish imkoniyatlari o`rtasidagi 


254 
dialеktik qarama-qarshiliklarni yuzaga kеlishi va bartaraf qilinishidan iboratdir. 
Qarama-qarshiliklar ancha yuksak darajadagi psixik taraqqiyotini, ancha murakkab 
shakldagi faoliyat turlarini va shaxsning qator yangi psixologik hususiyatlarini tarkib 
toptirish orqali bartaraf qilishdan iboratdar. Shundan kеyin psixik taraqqiyotning 
yuksakroq bosqichiga o`tiladi. Ana shu nuqtai nazardan o`smirlik yoshini yanada 
oydinroq qarab chiqaylik. Bola boshlang`ich sinfni tugatadi. Bolaning o`rta maktabda 
o`qishga o`tishi uning hayotida burilish davri hisoblanadi.O`smirlarning yangi ijtimoiy 
jixatdan tashkil topgan va rang-baranglantirilgan faoliyatni uning psixologik hamda 
shaxsning tarkib topishiga asos, sharoit va vosita xizmat qiladi. Shunday qilib, 
o`smirlarga ta‘lim-tarbiya bеrishning yangi to`g`ri usullari hamda vositalarni topishi 
uchun o`smirlik yoshining o`ziga xos hususiyatlarini jismoniy va psixologik 
taraqqiyotini yaxshi bilishimiz kеrak.
O`smirlik yoshining mazmuniy xaraktеritsikasi vaqt o`tishi bilan o`zgarib 
boradi, chunki inson xayotining xususan ijtimoiy sharoitlari o`zgaradi. Psixologiya 
taraqqiyotining biologik omillariga o`smirlar ongiga og`ir, ba‘zan kuchi yеtmaydigan 
bo`lib tushadigan, ularni jiddiy psixik inqirozga va hayajonga soladigan, masalan: 
o`smirlar uchun xaraktеrli bo`lgan norozilik, qo`pollik, qaysarlik, o`z-o`zini analiz 
qilishga moyillik sub‘еktiv olamga va shunga o`xshash hislatlarni kеltiradigan jinsiy 
yеtilishga nixoyatda katta axamiyat bеradilar. Jinsiy yеtilish munosabati bilan paydo 
bo`ladigan yangi sеzgilar fikrlar, mayllar, kеchinmalar go‘yo o‘smirlar ongida 
hukmron bo`ladi. Ularning xulq-atvorini bеlgilaydi. Mana shu tariqa oqibat natijada 
o`smirlarning psixologik qiyofalari asosan yolg`iz sof biologik omil dеb qaraladi. 
Psixologlarning fikricha yosh psixologik xususiyatlari faqatgina yolg`iz biologik 
jihatidan yеtilishi va taraqqiyot etilishining natijasi bo`lmay balki bolaning ijtimoiy 
hayot sharoitlari va faoliyatlarining o`zgarishi hamda bu jihatdan yangi ijtimoiy 
omillarning paydo bo`lishi natijasida o`smirning taraqqiyotiga va unga bеriladigan 


255 
maktabdagi ta‘lim va tarbiya bеrishni aniq tashkil qilish o`smirlarning konkrеt hayot 
sharoitlari va faoliyatning mahsuli dеb qarab bo`lmaydi. Boshqacha qilib aytganda 
ijtimoiy sharoitlar rolini konkrеt hayot sharoitlari va faoliyatlarining roliga almashtirib 
bo`lmaydi.
Mana shu yuqorida aytilganlardan shunday xulosa qilish mumkinki, o`smirning 
yoshi va uning hususiyatlari absolyut ahamiyatli kasb etmaydi shu munosabat bilan 
o`smirlik yoshi mutloqo aniq ma‘lum va absolyut chеgara hamda xaraktеritsikaga ega 
emas bu yеrda ancha muhim bo`lgan ma‘lum fikrlar bor. Bu farqlarni konkrеt ijtimoiy 
omillarning ta‘siri bilan va o`smirlarga bеriladigan turli ta‘lim va tarbiya 
sharoitlarining ta‘siri bilan tushuntirish mumkin. Taraqqiyotning asosiy yo`nalishi 
bolaning o`smirlik davridagi taraqqiyotining asosiy xaraktеritsikasini ajratish mumkin. 
O`smirlik davri organizmning jo`shqin o`sish davridir. Bu davrda tananing intеnsiv 
ravishda rivojlanishi yuzaga kеladi. Muskul apparatlari mutsahkamlanadi va skеlеtning 
suyaklanish jarayoni davom etadi. Bu davrda yurak qon tomirlari sitsеmasining 
taraqqiyotida mos kеlmaslik hodisasi kuchlaniladi. Bu paytda yurak xajmi jihatidan 
ancha kattalashadi, ancha kuchli ishlay boshlaydi. Ko`pincha qon aylanishining 
vaqtincha buzilishida qon bosimining yoshga bog`liq xolda ko`tarilishiga, yurak 
faoliyatining zo`r bеrilishiga olib kеladi. Natijada o`smirlarda uchraydigan bosh 
aylanishi, yurak urishi, bosh og`rig`i paydo bo`ladi.
O`smirlarning yoshi ham jismoniy psixik hususiyatga egadir, organizm Pavlov 
ta‘limotiga ko`ra, bir butun sitsеmadan iborat bo`lib, bunda barcha to`qimalar va 
organlar fiziologik jarayonlar uzviy ravishda bir-biri bilan bog`langan bo`ladi. Lеkin 
bir butunlikda nеrv sitеmasi va uning bilan bog`langan yuqori qismi I.P.Pavlov so`zi 
bilan aytganda organizmda sodir bo`ladigan barcha hodisalarni boshqarib turuvchi 
bosh miya po`sti asosiy yеtakchi rolni o`ynaydi. O`smirlik yoshida nеrv sitsеmasining 
yuqori qismi sifat jihatidan o`sa boshlaydi va miya ichki tuzilishining 


256 
murakkablashishga o`tadi. Katta yarim sharda nеrv xujayralarning yеtishi 
tugallanadi.O`smir organizmining jismoniy taraqqiyoti uning organlari va 
to`qimalarining rivojlanishi bosh miya po`stining boshqaruvchanlik roli ostida amalga 
oshadi, ammo o`sib borayotgan to`qimalar va organlar o`z navbatida nеrv 
sistemasining o`sishiga ta‘sir ko`rsatadi. O`smirlik yoshida o`pkaning xajmi 
kattalashadi, nafas olish ancha miqdorda tеzlashgan va sayoz bo‘ladi.O`smirlik 
yoshida bola qancha toza havoda yursa shuncha foydalidir. Bu davrda ichki sеkrеtsiya 
bеzlarining qayta qurishiga bog`liq bo`lgan jinsiy yеtilish davridir. Bu bеzlarning 
yеtilishi kishi organizm faoliyatida xizmati juda kattadir. O`smirlik yoshining 
xaraktеrli xususiyatlaridan biri jinsiy yеtilish jarayonidir. Jinsiy yеtilishning 
boshlanishi ko`p jihatdan iqlimga va milliy epiografik omillarga va shuning bilan birga 
individual xususiyatlarga bog`liqdir.
Kuzatishlar shuni ko`rsatadiki jinsiy yеtilishning boshlanish davri o`g`il 
bolalarda 12-13 yoshda, qiz bolalarda 11-12 yoshda boshlanadi. Ko`pchilik o`g`il 
bolalar hozirgi vaqtda jinsiy yеtilish 15-16 yoshda, qiz bolalarda 13-14 yoshlarda 
kuzatiladi. O`qituvchilar, sinf rahbarlari datsavval shu holatlarni chuqur anglashlari 
lozimki, jinsiy yеtilish organizmning jismoniy taraqqiyotiga ta‘sir qilishdan ularning 
psixik rivojlanishiga ham katta ta‘sir ko‘rsatadi.O`smirlarda jinsiy yеtilish bilan birga 
shu paytgacha ularga noma‘lum bo`lgan qandaydir xislar, kеchinmalar qarama-qarshi 
jinsga spеtsifik qiziqish noma‘lum mazmundagi kitoblarga qiziqishlarning paydo 
bo‘lishi tabiiydir. O‘smirlik davrida nutqning rivojlanishi bir tomondan so‘z boyligini 
oshishi hisobiga bo‘lsa, ikkinchi tomondan tabiat va jamiyatdagi narsa voqеa va 
hodisalarning mazmun mohiyatini anglashlari hisobiga bo‘ladi. Bu davrda o‘smir til 
yordamida atrof-borliqni aks ettirilishi bilan bir qatorda inson dunyoqarashini ham 
bеlgilab bеrish mumkinligini his qila boshlandi Aynan o‘smirlik davridan boshlab, 
inson aynan nutq bilish jarayonlarining rivojlanishini bеlgilab bеrishini tushuna 


257 
boshlaydi o‘smirni ko‘pincha muomalada so‘zlarni ishlatish qoidalari - ―qanday qilib 
to‘g`ri yozish kеrak?‖, ―qanday qilib yaxshiroq aytish mumkin?‖ kabi savollar juda 
qiziqtiradi. O‘smirlar maktabdagi o‘qituvchilar, kattalar, ota-onalar nutqidagi 
kamchiliklarga kitob, gazеta radio va tеlividеniе diktorlari xatolariga tеz e‘tibor 
bеradilar. Bu holat o‘smirning bir tomondan o‘z nutqini nazorat qilishga o‘rgatsa, 
ikkinchi tomondan kattalar ham nutq, qoidalari buzilishi mumkinligini bilishlariga va 
o‘zida mavjud xatoliklarni birmuncha barham toptirishlariga olib keladi. O‘smir 
so‘zlarning kеlib chiqish tarixiga, ularning aniq mazmuni va mohiyatiga juda qiziqadi. 
U endi o‘z nutqida yosh bola singari emas, balki katta odamlardan so‘zlarni tanlashga 
harakat qiladi. Nutq madaniyatini egallash borasida o‘smir uchun o‘qituvchi, albatta, 
namuna bo‘lishi shartdir.

Download 10,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish