Research and publications


“Yangi O‟zbekiston – maktab ostonasidan, ta‟lim-tarbiya



Download 10,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/217
Sana23.07.2022
Hajmi10,45 Mb.
#841807
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   217
Bog'liq
“TA’LIM FIDOYILARI” JURNALI. 4-SON

“Yangi O‟zbekiston – maktab ostonasidan, ta‟lim-tarbiya 
tizimidan boshlanadi”,
degan g‘oya asosida keng ko‘lamli islohotlarni amalga 
oshiramiz‖. 
1


52 
_________________ 
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi. 2020-yil. 5-bet.
Davlatimiz rahbarining ushbu murojaatnomasida ham har tomonlama yetuk, 
ilmli, yuksak axloqiy fazilatlarga ega yoshlarni tarbiyalash, ularga barcha shart- 
sharoitlarni yaratib berish kabi ustuvor yo`nalishlar tilga olingan. Shu nuqtai nazardan 
kelib chiqsak ,bugun jamiyatimiz, davlatimiz, kelajak avlod oldida ulkan vazifalar 
turibdi. Bu vazifa, maqsadni amalga oshirish uchun yoshlarimiz nafaqat ilmiy 
salohiyatli, intiluvchan bo`lmog`i, balki ma‘naviy jihatdan yetuk, yuksak axloqiy 
fazilatlarga, ham ega bo`lishi kerak. Shu o‗rinda shaxsning ma'naviyatini 
shakllantirishda tarbiyaning o‗rniga to‗xtalish lozimdir. Tarbiya insonni inson 
qiladigan azaliy qadriyatdir. Aslida, ta‘lim ham, tarbiya ham ong mahsulidir, lekin 
ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini belgilaydigan, ya'ni xalq ma'naviyatini 
shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta'lim-tarbiya tizimini 
va shu asosda ongni o‗zgartirmasdan turib, ma'naviyatni yuksaltirib bo‗lmaydi. 
Abdulla Avloniy ―Turkiy Guliston yoxud axloq‖ asarida ta‘kidlaganidek, bolaning 
yetuk tarbiya topishida ijtimoiy muhit, oilaning o‗rni, shuningdek, sog‗lom insonni 
tarbiyalash, tafakkurini rivojlantirish, o‗quvchini fikrlashga o‗rgatish, yanada muhimi 
– axloq tarbiyasi – yaxshi xulq va odatlarni tarkib toptirish bugungi kunda dolzarb 
masalalardan hisoblanadi. Bu haqda fikr yuritganda, Abdulla Avloniyning «Tarbiya 
biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat 
masalasidir» degan chuqur ma‘noli so‗zlarini yodga olish mumkin. Buyuk 
ma‘rifatparvar bobomizning bu so‗zlari hozirgi vaqtda ham biz uchun muhim va 
dolzarb ahamiyatga ega. Shoir, yozuvchi, dramaturg, pedagog Abdulla Avloniy 
faoliyatining ilk bosqichidan to umrining so‗nggi damlarigacha o‗qituvchilik qildi, 
pedagogika fanining ham nazariy, ham amaliy masalalari bilan muttasil shug‗ullandi, 
darsliklar yaratdi.
1
Aytish mumkinki,u musulmon sharqi pedagogikasining katta bilimdoni, shu 
bilan birga, XX asr zamonaviy o‗zbek pedagogikasining asoschilaridan, o‗zbek tili va 
adabiyotini o‗qitish metodikasi fanining tamal toshini qo‗ygan mutafakkirlardan 
biridir. Qadim zamonlardan boshlab barkamol insonni shakllantirishning asosiy 


53 
mezoni sifatida aqliy yetuklik, sog‗lom fikr, yuqori iste'dod, ijodkorlik, yaxshi 
xulq, nafosat tarbiyasini shakllantirish tushunilgan. Har qanday jamiyat o‗z 
rivojlanishining turli bosqichida muayyan tartiblarga rioya qilishning alohida 
mexanizmlariga muhtojdir. Axloq ijtimoiy manfaatlar bilan bir vaqtda individual 
manfaatlarning ham ta'minlanishini nazarda tutadi. Shuning uchun ham jamiyatning 
axloqiy normalari bir paytning o‗zida ham ijtimoiy, ham individual taraqqiyot uchun 
uyg‗unlashtiruvchi zaruriyat sifatida mavjuddir. Xalqimizning tarixiga nazar tashlasak, 
eng qimmatli an'analar: halollik, rostgo‗ylik, or-nomus, sharm-u hayo, mehr-u oqibat, 
mehnatsevarlik kabi barcha insoniy fazilatlar eng avvalo oilada shakllangan. Odobli, 
bilimdon va aqlli, mehnatsevar, imon-e‘tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki 
butun jamiyatning eng katta boyligidir. Demak bola oilada millatning qiyofasini 
ko‗radi, shu muhitda uning tabiati, dunyoqarashi va axloqiy qiyofasi shakllanadi. 
Kishilarning fe'l-atvori, yurish-turishi, xatti-harakati, gap-so‗zi ularning xulqiga 
bog‗liq. Yaxshi xulq egasi bo‗lgan kishi odamlarga yaxshilik qila oladi. Abdulla 
Avloniy yaxshi xulqlar qatoriga: matonat, diyonat, islomiyat, nazokat, g‗ayrat, riyozat, 
qanoat, shijoat, ilm, sabr, hilm, intizom, vijdon, vatanni suymak, haqqoniyat, nazari 
ibrat, iffat, idrok va zako, hifzi lison, iqtisod, viqor, itoat, haqshunoslik, xayrixohlik, 
munislik, sadoqat, muhabbat, avf kabilarni kiritadi. ―Emdi bu yaxshi xulqlarni qo‗lga 
olmak uchun ota-ona, muallim, ustodlarimiz hazratlarining hikmatli nasihatlarini jon 
qulog‗i birla tinglab, doim xotirda tutmoq, axloqi yaxshi kishilar birla ulfat bo‗lmak, 
axloqi buzuq, yomon kishilardan qochmoq lozimdur‖ 
(―Turkiy guliston yoxud axloq‖. Toshkent, ―O‗qituvchi‖, 1992-yil, 16-bet). 
Abdulla Avloniy inson xulqini ikkiga ajratadi yaxshi xulq va yomon xulq deb. 
Agar kishi yoshlikdan nafsi buzilib, tarbiyasiz bo`lib o`sdimi undan yaxshilik kutmak 
yerdan turib yulduzga qo`l uzatmoq bilan barobar deydi- adib. Xulq ham birdan 
shakllanib qolmaydi unga ham ma‘lum bir sharoit, muhit kerak. Abdulla Avloniy 
qarashlariga ko`ra tarbiya xususiy ish emas, balki ijtimoiy masala.
Bugungi kundagi davlatimizda ham yoshlarni ma‘nan yetuk, yuksak axloqli 
qilish uchun oila va maktab, oila va mahalla kabi jamoat tashkilotlari bilan birgalikda 
farzandalarimiz tarbiyasiga alohida e‘tibor qaratilayapti. Adib fikr tarbiyasiga ham 
to`xtalib o`tib bu tarbiya ustoz-muallimlarning yordamiga muxotoj, fikrning kengligi 
va quvvati o`qituvchi tarbiyasiga bog`liq deb aytib o`tgan. Bu o`rinda Avloniy ustoz-


54 
murabbiylarimiz haqida ham aytib o‘tgan, agar ustoz axloqli, tarbiyali, madaniyatli 
bo‘lsagina o‘z shogirdlarini ham madaniyatli, axloqli qilib tarbiylaydi deb hisoblaydi. 
Avloniy ma‘naviy-axloqiy qarashlarida iffat haqida ham bayon etilgan. Iffatli kishi
nafsini buzuq va gunoh ishlardan saqlaydi. Insonga til iffati juda muhim deb 
hisoblaydi Avloniy. Insonning boshiga keladigan turli ofatlar , balolar insonning tili 
orqali kelishini aytib o`tgan. Inson tilini yomon so‘zlardan, g‘iybatdan saqlasa, iffatli 
bo`lsa qarindoshlariga yaqinlariga, va jamiyatga yaxshilik tilashi va bu orqali 
gunohlardan ham holi bo`lishi ifodalangan. ―Iffat erkak kishidan ko`ra ayol kishiga 
olmosdan qimmat, injudan qadrliroq hislatdir‖. Abdulla Avloniyning bu fikrlari 
bugungi kunda ham o`z ahamiytini yo‘qotmagan, G`arbdan kirib kelayotgan ommaviy 
madaniyatga ergashib millatimizga, jamiyatimizga xos bo`lmagan, yurish-turish 
qoidalariga amal qilmagan yoshlarga qarata aytilgan bir chaqriq desak bo`ladi.
Abdulla Avloniy hifzi lison ya‘ni har bir millatning milliy tilini saqlamoq haqida 
aytib o`tgan. ―Milliy tilni yo`qotmak millatni yo`qotmakdir‖- deb butn millat uchun 
qayg`urib o‘z ona tilimizni asrab-avaylash kerakligini uqtiradi o`z qarashlarida 
ma‘rifatparvar bobomiz. Rus tilini bilmoq hayot va saodat uchun kerak, ammo uni o`z 
o`rnida qo`llamoq kerak deydi, zig`ir yog`i solib moshkichri qilganday aralash-
quralash qilmasdan o‘z o‘rnida ishlata bilish kerak so‘zlarni.
Adib adabiy til bilan birga og‘izdagi so‘zlarni ya‘ni, shevalarni ham asrash 
kerak deydi. Insonning so`zi uning daraja va kamolini ilmini so‘zidan bilib olishgan. 
Bugungi kunda yoshlarimiz o`rtasida ham boshqa tildagi so`zlarni qo`shib gapirish va 
bu orqali o`z ona tilimizga hurmatsizlik qilishmoqda. Ma‘rifatparvar bobomiz 
aytganlaridek bobolarimizga yetushg`on va yaragan til va adabiyot bizga ham yetadi. 
Buning uchun o`z ona tilimizdan unumli foydalasak kifoya. Agar o`z ona tilimizni 
asrab- avaylab, uning obro`sini yanada oshirib kelajak avlodga boyitib yetkazib bersak 
biz yoshlar millatimiz, davlatimiz va kelajak avlod oldidagi bir qarzimizni uzamiz.
Adibning bizga qoldirgan boy merosi nafaqat talabalarga balki butun millat yoshlariga 
aytilgan bir chaqriqdir. Ma‘rifatparvar bobomizning asarlarida axloqli kishining 
sifatlari, fazilatlari juda ham keng va tushunarli qilib yoritib berilgan. 
Muhtasar qilib aytganda, Komil inson bo‗lish, halollik va adolat bilan hayot 
kechirish kabi olijanob fazilatlarning ma'no-mazmunini nafaqat chuqur anglash, balki 
ana shunday xususiyatlarga ega bo‗lish, ularga amal qilib yashash – odamzotning 


55 
ma'naviy boyligini belgilab beradigan asosiy mezondir. Uchinchi Renessans poydevori 
bo‘lgan yoshlar nafaqat ilmiy salohiyatli, intiluvchan balki yuksak axloqli bo‘lishi ham 
kerak. Shu ma‘noda Abdulla Avloniyning bizga qoldirgan adabiy merosi dastur-ul 
amal bo‘lib xizmat qiladi. Yaxshi xulqlarga ega bo`lgan bunday yoshlar albatta o‘z 
Vatanini sevib, sodiqlik bilan xizmat qilib, yurtimizni yanada rivojlantirib dovrug‘ini 
olamga yoyadi. 

Download 10,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish