307
BOSHLANG„ICH SINFLARDA O`QISH MALAKALARINI
SHAKLLANTIRISH
Nabiyeva Dilfuza va Dehqanova Hidoyat
Namangan viloyati Chortoq tumani
24- oʻrta maktab Boshlangʻich taʼlim o‟qituvchilari
Annotatsiya:
Bugungi kunda yurtimizda boshlang‘ich siniflarda o‘qish sifatini
rivojlantirish, ona tilini o‘qitishga bo‘lgan e‘tibor kuchayib bormoqda. Shu bois,
ushbu maqola sinflarda o`qish malakalarini shakllantirish orqali
komil inson qilib
tarbiyalash yo‘llari yoritilgan.
Kalit so‟zlar:
tarbiya, ma‘naviyat, mehnat, ilmiy yangiliklar,o‘zbek adabiyoti,
o‘qish malakasi.
O‗zbek
adabiy tilining asoslarini, uning og‗zaki va yozma shakllarini puxta
o‗zlashtirish jarayonida pedagogika institutlarining boshlang‗ich ta‗lim va
defektologiya fakultetlari uchun nashr etilgan mavjud darslik, qo‗llanmalar
materiallariga ijodiy yondashish talab etiladi. Shuningdek, bunda o‗zbek tilining davlat
tili maqomini olishi hamda ta‗lim haqidagi qonun materiallariga tayanish bilan bog‗liq
bo‗lgan o‗zgartishlar kiritish taqozo etiladi.
Zamonaviy boshlang`ich ta`lim jarayonida
bolalarni rivojlantiruvchi xarakterga ega bo`lgan ta`lim tizimi tadbiq qilinadi . Unda
kichik maktab yoshidagi bolalar o`z yosh xususiyatlari va tafakkur hamda ruhiy
taraqqiyot darajalari o`zlashtirish imkonini beradigan ta`limiy faoliyatga kirishadilar.
Qaysiki , bu faoliyat o`quvchilar uchun yetakchi faoliyat bo`lib hisoblanadi .
Kichik maktab yoshidagi bolalarda o`qish hamda o`rganishda
qaratilgan
faoliyatning shakllanishida , har bir o`quv predmeti bo`yicha nazariy bilimlarni
egallash arayonida ularning ongi va tafakkuri jadal tarzda rivojlanadi . Bu ong va
308
tafakkur o`z xarakteriga ko`ra nazariy hamda ilmiy tushunchalarni o`zlashtirish
natijasida vujudga kelgan ong va tafakkur bo`lib , bolaning
jadal tarzda taraqqiy
etishini, dunyoqarashining rivojlanishini ta`minlaydi. Shu asosga ko`ra, boshlang`ich
ta`limning bosh maqsadi kichik maktab yoshidagi o`quvchilarda ta`lim olishga,
o`rganishga qaratilgan faoliyatni shakllantirish asosida ularni tarbiyalash hamda
shaxsiy imkoniyatlarni ro`yobga chiqarishdan iborat. Boshlangich ta`lim O`zbekiston
Respublikasining ―Ta`lim to`g`risida‖gi qonunida va ―Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi‖ da belgilangan qoida , talab va prinsiplar asosida amalgam oshiriladi.
Dars
orqali ilmiy yangiliklar va axloqiy tarbiya oʼquvchilarga yetkaziladi.
Bugungi kunda
darslarimizni zamonaviy ruhda tashkil etib, noanʼanaviy usullardan foydalanmay, har
bir darsni sanʼat darajasiga koʼtarmay turib, belgilangan natijaga, koʼzlangan
maqsadga erishib boʼlmaydi. Oʼzbek xalqi yoshlarini har tomonlama barkamol inson
etib tarbiyalash, yangi zamon kishisini shakllantirish hozirgi kunning eng dolzarb
masalalaridan biridir.
Sir emaski, yosh avlodni toʼgʼri tarbiyalash va yuksak fazilatli
insonni voyaga yetkazish juda murakkab va mashaqqatli ishdir. shuning uchun
masʼuliyatli masalaga har bir davrda zamonananing ilgʼor shaxslari masʼuliyat bilan
yondashganlar va taʼlimtarbiyaning qulay usullarini qidirganlar.
Shunga ko`ra
O`zbekiston Respublikasida boshlang`ich ta`limning mazmuni
va asosiy vositalari
quyidagi prinsiplarga asoslangan holda tanlanishi maqsadga muvofiqdir :
jamiyat taraqqiyoti bilan barobar rivojlanib boruvchi ta`lim tamoyillariga;
ijtimoiy buyurtmalarga ;
o`quvchilarning bilishga bo`lgan qiziqishlarining istiqbolliligiga ;
ijtimoiy so`rovlarning ilmiy jihatdan ta`minlanganligiga ;
ta`limning hammabopligiga ;
ta`limning umumiyligiga ;
boshlang`ich ta`limning ochiqligiga ;
309
boshlang`ich ta`limning ilmiyligiga ;
boshlang`ich ta`limning dunyoviyligiga ;
boshlang`ich ta`limning reprezentativligiga ;
boshlang`ich ta`limning optimalligiga ;
boshlang`ich ta`limning milliyligiga ;
boshlang`ich ta`limning insonparvarligiga va umuinsoniyligiga;
boshlang`ich ta`limning innovatsionligiga ;
boshlang`ich ta`lim shakllari va o`quv predmetlari orasidagi aloqalarning
o`zaro ta`minlanganligiga tayangan holda tashkil etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlanib brogan sari
boshlang`ich ta`lim ham takomillashib boradi. Ilmiy tadqiqotlar boshlang`ich
ta`limning samarali rivojlanishiga asos bo`lmog`i kerak. Xulosa o‘rnida shuni aytish
mumkinki, bu soxadagi asosiy yo`nalish va muammolar qatorida quyidagilarni ko`rish
mumkin:
O`zbekiston Respublikasining
ijtimoiy-iqtisodiy , tarixiy , milliy , ma`naviy
xusuiyatlarga mos ravishda boshlang`ich a`limning ilmiy nazariya asoslarini ishlab
chiqish ;
Markaziy Osiyo xalqining boshlang`ich ta`lim soxasidagi tarixiy tajribasini
o`rganish ;
Jahon pedagoglarining boshlang`ich ta`lim sohasida mavjud bo`lgan tajribalarini
o`rganish;
Mazkur konsepsiya ilgari surilgan qarashlar o`zining
amaliy tadbirini
topgandagina davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimining birinchi bo`g`ini oldiga
qo`ygan talablarni bajarish imkoniyati vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: