REPUBLIKA AHOLISINI KITOBXONLIKKA KENG KO'LAMDA QAMRAB OLISH
Tursunov Doniyorbek Erkin o'g'li. Talaba.
Toshkent temir yo'llar muhandislik instituti. Toshkent shahar
Hozirda insonlarni kitobxonlikka targ'ib etish, davlat siyosatidagi masala qatoriga ko'tarildi. Chunki prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev aytganlaridek bugun bitta kitob o'qigan inson, ertaga o'nlab bekor yurgan insonga yordami tegadi, aytish joiz bo'lsa ularni boshqaradi. Bu gap bitta kitob misolida. Agarda minglab kitoblar o'qilsachi, bu orqali millionlab insonlarga manfaat keltira oladigan insonga aylanish mumkin. Bundan ko'rinib turibdiki, hozirgi kundagi eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu tashabbusni amaliy ijrosini ta'minlash maqsadida turli xil dasturlar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy qilinmoqda. Bularni quyidagilar misolida ham ko'rishimiz mumkin:
Kutubxonalar, kitob shaxobchalar va kitoblarning sonini orttirish bilan bir qatorda ularni qulay joylarga joylashtirish ishlari o'tkazdirilmoqda. Masalan yangi badiiy, diniy, ilmiy ommabop kitoblar olib kelinmoqda. Kitoblardan bir emas, bir nechta nusxalarda ko'paytirilmoqda. Kutubxonalar ko'rimsiz chekka joylarda emas, balki insonlarni e'tiborini torta oladigan tinch qulay joylarga qurilmoqda;
Kutubxonalar, kutubxonachilarning o'z ishiga nisbatan e'tiborli va ma'suliyatli bo'lish choralari ko'rilmoqda. Hamma tashkiliy ishlar bir biriga uzviy bog'liq, yuqorida bajarilgan birinchi tashabbus o'z o'rnida bu tashabbusni rivojlanishiga imkoniyat yaratib beradi. Misol uchun kutubxonalardagi sharoitlar yaxshilanishi, kitobxonlarni fikrini ijobiy tarafga o'zgartirmay qolmaydi. O'z navbatida kutubxonachilar kelgan kitobxonlarning barcha iltimosini bajara olishganidan so'ng, ularda ishlariga nisbatan o'zgacha hurmat va ma'suliyat uyg'onadi;
Kitoblarni uyda turib o'qish yoki xarid qilish yo'llari ko'paytirilmoqda. Misol o'rnida turli xil kitobga oid saytlarda online xaridlar soni oshirilmoqda, kitobni hatto viloyatlarga yetkazib berish xizmati yo'lga qo'yilgani keltirishimiz mumkin;
Kitoblar bilan bog'liq qator loyiha va tadbirlar ishlab chiqilib va amaliyotga keng joriy qilinmoqda. Yosh kitobxon respublika tanlovi, har haftada bir kitob loyihasi, shuningdek telegram ijtimoiy tarmog'ida amalga oshirilib kelinayotgan kitob muhokamasi, asarlar uchun iqtibos tanlovi, hikoya va badiiy adabiyot yuzasidan turli xil o'yin va viktorinalar shular jumlasidandir.
Bu islohotlar bilan kun sayin rivojlanayotgan zamonda bemalol hamnafas bo'lishimiz mumkin, lekin buni o'zi kamlik qiladi. O'zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov aytganlaridek: doim marralarni katta qo'ying. Bizga shu ham bo'laveradi deganlar, bizning dushmanlarimizdir. Shu sababli zamon bilan hamnafaslikning o'zi kamlik qiladi. Zamonamiz soat emas, hatto soniya sayin rivojlanmoqda. Qilinayotgan o'zgarishlarga bir chetda qarab turolmay men ham o'z taklifimni bildirib o'tishni joiz deb topdim. Istalgan narsaning rivojlanishida va keng ko'lamda tarqalishida eng katta kuch bu reklama. Hatto kitob targ'ibotida ham shu narsani qo'llashni taklif qilaman. Respublika miqyosida kuzatishlar shuni ko'rsatadiki insonlar eng ko'p bo'ladigan va ularni nazaridan chetda qolmaydigan joy bu mashina orqa o'rindig’ining yuqori qismi hisoblanar ekan. Albatta bunga ko'pchilik e'tibor bermagan, lekin dunyo olimlari tekshirish ishlari buni ayni haqiqat ekanini ko'rsatib turibdi. Ana shu yerga asarlardagi eng kuchli iqtiboslarni qisqa qilib yozib, kitob nomi va muallifini ko'rsatishni taklif qilaman. Bu moliyaviy jihatdan ham juda arzon tushadigan va amalga oshirish nihoyatda qulay bo'lgan usul hisoblanadi. Natijasiga keladigan bo'lsak, buni dunyo hamjamiyatidagi o'rni beqiyos va bu o'zini oqlagan eng katta loyihalardan biri hisoblanadi. Hatto juda qisqa vaqt ichida rivojlangan dunyodagi to'rtta davlatdan biri Janubiy Koreya bu masala rivojlanishga katta hissa qo'shganini aniqlagan holda, hozirgi kunda ular o'rindiqning yuqori qismiga planshet telefonlar joylashtirishgan. Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko'rsatadiki, bu yo'l katta reklama tarixidagi eng hamyonbop loyihalardan biri hisoblanar ekan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
http://www.ziyouz.com/
https://kun.uz/
Do'stlaringiz bilan baham: |