www.pedagoglar.uz
20-son 3 –to’plam yanvar 2022
Sahifa: 324
bo`lmaydi. Mashhur donishmand aytganlaridek, ― O`quv qayda bo`lsa ulug`lik
bo`lur, bilim qayda bo`lsa buyuklik bo`lur‖- Yusuf Xos Hojib.
Boshlang`ich ta`limda ilg`or pedagogik texnalogiyalardan foydalanish, ta`lim
– tarbiya jarayonining samaradorligiga, samaradorlik esa o`z navbatida o`quvchilarni
bilish faoliyatini tashkil etish va faollashtirishga bog`liq bo`ladi. Har bir darsda
o`rganiladigan mavzuni mazmuniga e`tibor berish lozim, masalan, kichik guruhlarda
ishlash yoki yakka tartibda ishlash, bolalarni psixologiyasidan kelib chiqib tanlanadi.
Darslarni muntazam bir –xillik o`quvchini zeriktiradi. Yoki hamma bir teng
tushunavermaydi. Albatta buning uchun darslarni o`yin bilan uyg`unlashtirish lozim.
O`quvchilarda o`z bilimi, kuchi va faoliyatiga ishonch paydo bo`ladi. Agar o`quvchi
o`ziga ishonsagina, shunda uning fikrlash doirasi kengayib boradi. Masalan ―Aqliy
hujum‖ bu o`quvchilarni tezkorlikka va fikrini aniq bildirishga o`rgatadi. O`quvchilar
o`rtasida ijodiy va mustaqil muhit tarkib topadi. Musobaqa hamkorlik, ijobiy raqobat,
o`zaro yordam vaziyatlari vujudga keladi. Ilg`or pedagogik texnologiyalardan
foydalanish o`quvchilarni erkin fikrlay olish, bemalol muloqot, o`z kuchiga ishonish,
o`zaro hurmat, hamkorli, mavzularini mustaqil o`zlashtirishga qiziqish, yangiliklarga
intilish, o`rganilgan mavzularni uzoq vaqt eslab qolish, amalda qo`llash,
xushmuomalalik bilan murojaat etish kabi ijobiy hislatlarni oshiradi. Darsda
o`qituvchi uchun vaqtdan unumli foydalanish, darsni qiziqarli va mazmunli tashkil
etishda, tez va noyob fikrlaydigan o`quvchilarni aniqlashda, o`qituvchi va o`quvchi
o`rtasida hamkorlik , sinfdagi barcha o`quvchilarni faollashtirish. O`quvchilarni
og`zaki va yozma nutqini o`stirish, tezkorlik bilan baholay olishga erishiladi.
Didaktik o`yinlar turi juda ko`p bular:Klaster, Kaskad, Refleksiya, Muzyorar, Zanjir,
Kim Chaqqon, Men kimman, Barchaga konfet, Davom ettir va hokazo.
,,Oltin Qoidalarimiz ,,ni darsdan oldin eslaymiz qaytarib olamiz chunki bu
tartib intizom birinchi o`rinda ekanini eslatib o`tamiz. O`yinlardan foydalanib kichik
guruhlarda ishlash juda katta samara beradi. Chunki ertangi kun darsga tayyorgarlik
jamoa asosida bo`ladi. Ham ko`p o`quvchi qatnashadi. Guruhlarda ishlaganda
qatnashmagan o`quvchi qolmaydi, bo‘sh o`zlashtiruvchi o`quvchilar ham harakat
qiladi. O`quvchilar fikrini bayon qilayotganda yo`q noto`g`ri deb emas ha sizniki
Do'stlaringiz bilan baham: |