www.pedagoglar.uz
20-son 3 –to’plam yanvar 2022
Sahifa: 103
bizni hanuz taajjublantiradi, chunki misrliklar bu davrda gʼildirak bilan hali tanish
emas edilar. Qurilishda ular ixtiyorida faqat silindrsimon jismlardan dastag bor edi
xolos. Аmmo odamlar ulkan bloklarni somondan toʼqilgan arqon yordamida ter
toʼkib qanday tashiganlar? Kishini hayratda qoldiradigan moʼjizalardan yana biri
ulkan imoratni shimol, janub, sharq va gʼarb tomonga yoʼnaltirishdir. Qarangki,
piramida oʼlchovlarining juda katta boʼlishiga qaramasdan (asosining har bir tomoni
137 m, balandligi 147 m), uning yoʼnalishi absolyut aniqlik bilan bajarilgan.
Аytishlaricha, hozirgi zamon dengiz kompasi bilan ulkan piramidaning
yoʼnalishlarini tekshirish mumkin. Bugungi kunda Xeops piramidasining tashqi
qiyofasi zinapoyali shotini eslatsa-da, aslida chiroyli oppoq toshlardan qoplangan
boʼlib, yaxlit va silliq yuzadan iborat boʼlgan. Bunga ishonch hosil qilish uchun
Xefren piramidasiga murojaat qilamiz. Uning yuqorisidagi qoplamaning asosiy qismi
hali ham mavjud. Аna shunday qoplama toshlarning baʼzilari Xeops piramidasining
ostonasida ham topilgan. Qoplamalar shunchalik yoʼnib tekislangan va hech qanday
eritma ishlatmasdan bir-biriga shunchalik tutashtirilganki, oraligʼidan hatto bir parcha
qogʼozni ham oʼtkazib boʼlmaydi.
Аna shu qoplamalarning mavjudligi haqida Qadimgi Yunon tarixchisi
Gerodot ham fikr bildirib, quruvchilar piramida sirtini qoplashni uning yuqorisidan
boshlaganlar
degan
xulosaga
kelgan.
Hozirgi
zamon
misrshunoslarining
hisoblashicha, piramidalar qurishdan oldin misrliklar dastlab togʼlik yerlarda zovurlar
qazib, tekis va yaxlit poydevor qilishga erishganlar. Buning uchun zovurni suv bilan
toʼldirib, unga qoziqlar qadaganlar va suvning yuzasini belgilaganlar. Soʼng atrofni
tekislab, zovurni togʼ toshlari bilan toʼldirganlar va qoziqlardagi belgilar bilan
baravarlashtirganlar. Natijada boʼlajak piramidaning tekis va yaxlit poydevori
vujudga kelgan. Bu vaqtda tosh yotqizuvchi mutaxassis piramida uchun ishlatiladigan
toshlarni bir necha yil mobaynida tekislab pardozlagan. Bloklar faqat uch oyga
yetadigan qilib tayyorlangan, chunki har yili boʼladigan suv toshqini natijasida uch oy
davomida ishsiz qolgan dehqonlar ana shu piramida qurilishiga jalb etilganlar.
Birinchi qator toshlar oʼrnatilgach, uning atrofiga shagʼal yotqizilib, bir tomonga
nishab tortilgan. Keyin bloklarni tortish yoʼli bilan nishabga olib chiqilgan va birinchi
Do'stlaringiz bilan baham: |