www.pedagoglar.uz 20-son 3 –to’plam yanvar 2022
Sahifa: 102
4-sulolaga kelib piramidalar qurish katta davri boshlangan. Misrda 70 dan ortiq
piramida bor. Ular Sakkarax va Dashurdan to Gʼarbdagi Xauvaragacha choʼzilgan.
Har bir piramida faqat bitta firʼavnning qabridan iborat boʼlgan. Joser podsholik
qilgan davrdan soʼng malikalar ham oʼzlarining shaxsiy piramidalariga ega boʼla
boshlaganlar. Bu piramidalar kichikroq va erlarining yonida boʼlgan. Аsosiy
piramidaning atrofida esa oliyjanob va yuqori mansabli kishilar uchun mastabalar
joylashgan. Fikrimizcha, bu kishilar oʼz xoʼjayiniga uning tirikligida qanday xizmat
qilgan boʼlsalar, u oʼlgandan keyin ham unga xuddi shunday xizmat qilishlariga
ishonganlar. Piramidalar ochigʼini aytganda, hamma maqbaralar Nil daryosining
gʼarbiy qirgʼogʼida — botayotgan quyosh mamlakatida joylashgan. Shu qirgʼoqda
joylashgan oʼliklarni har xil nom bilan ataganlar. Ularga «Gʼarbliklar» deb nom ham
berganlar.
Nil daryosi Misrni hozirgi kunda ham ikkiga ajratib turadi va misrliklar oʼzlari
yashab turgan daryoning sharqiy qismini «Tiriklar mamlakati», oʼzlariga qarama-
qarshi boʼlgan daryoning gʼarbiy qismini «Oʼliklar mamlakati» deb ataydilar.
Misrdagi mashhur piramida 4-sulolaning birinchi firʼavni Hufu tomonidan qurilgan.
Uni yunonliklar Xeops deb ataganlar. Bu piramida Qohira yaqinida Nilning gʼarb
tomonidagi toshloq yerda qad koʼtarib turadi. Undan uncha uzoq boʼlmagan
masofada Xeops merosxoʼrlari Xafr (Xefren — yunoncha) va Mikerinoslarning
piramidalari joylashgan. Аna shu uchala piramida birgalikda taʼsirchan arxitektura
uygʼunligini vujudga keltiradi. Xeopsning ulkan piramidasi yagona saqlangan
piramida boʼlib, yunonliklar uni Yetti Iqlim moʼjizasi deb ataganlar. Darhaqiqat, u
yaxlit va yetarli darajada mustahkam inshoot boʼlib, 2.300.000 ta ohaktosh
bloklaridan ishlangan. Jumladan har bir blok hisobda 2,5 tonna ogʼirlikda boʼlgan.
Piramidaning ichida bir nechta bir-biri bilan chalkash yoʼllar bor boʼlib, ulardan biri
shohning jasadi qoʼyilgan xonaga olib boradi lekin bu yerdagi jasad oʼsha Joserning
goʼrxonasidan farq qilgani holda, piramidaning oʼrtasiga joylashgan. Xona granit
bloklar bilan qoplangan. Har biri taxminan 60 tonna keladigan bloklar 900 km
masofadan — Аssuandan keltirilgan. Sarkofag hamda tosh tobutning sirtqi tomoni
mustahkam granitdan ishlangan. Eramizdan 4500 yil avval qad koʼtargan bu bino